• Kerakli jihoz va materiallar
  • 7-amaliy mashg‘ulot mavzusi




    Download 43.48 Kb.
    bet1/2
    Sana27.02.2024
    Hajmi43.48 Kb.
    #163058
      1   2
    Bog'liq
    7-amaliy


    7-amaliy mashg‘ulot mavzusi: Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda komptensiyaviy yondashuv. O‘quv dasturi tahlili.(1-sinf) masalalar yechish.
    Maqsad: Talabalarga Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda komptensiyaviy yondashuv. O‘quv dasturi tahlili.(1-sinf) masalalar yechish usullari va yo‘l-yo‘riqlari haqida ma’lumotlar berish.
    Kerakli jihoz va materiallar: ma’ruza matni, 1-4 sinf matematika darsliklari, Matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha adabiyotlar.
    Asosiy matn:
    Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
    1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
    2) Hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foyda- lanishlarini ta'minlash: a) "sonni qicmlari bo‘yicha (bittalab yoki gruppalab) qo‘shish va ayirish” usuli b) Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foyda- lanib qo‘shish usuli; v ) Sonlami ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yi- cha ikkinchi qo‘shiluvchini topish malakasidan foydala- niladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikga asoslangan ayirish usuli;
    3) Qo‘shish va ayirish, ko‘ paytirish va bo‘lish ko“nikma malakalarini shakllantirish (vod olishga etkazish) 10 ichida qo‘shish vaayirislini o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin.
    O‘quvchilarda og‘zaki va vozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib topdirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallamio‘rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli hil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi.
    Masalan, ”o‘nlik”mavzusini qo‘shish va ayirish amallarining ma’nosi 2 to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan uning qicmlarini ajratish kabi amaliy amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bogllanishlarni o‘rganish esa bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Demak, o‘qitishning 1-bosqichida abstrakt bo‘lgan) narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo‘lib xizmat qiladi. Turli hisoblash usullarining o‘zlashtirishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
    Masalan, 1-sinfda o‘n ichida qo‘shish va ayirishm o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtrish xossalari bilan tanishadilar. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o‘rganishdan tashqari animetik amal hadlari va natijalari orasidagi bog‘lanishlarm tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. Bu ish amallarni tekshirish va tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega.
    Masalan. 6*4=24 bo‘lsa. uni bo‘lishga bog‘lab 24:6=4, 24:4=6 kabi hollar hosil qilinadi. Muhim vazifalardan biri hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Og‘zaki va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning har bir mavzusida o‘z aksini topgan. Masalan,og‘zaki 276+432=(200+400)+(70+30)+(6+2)=600+100+8=708
    yozma, 276 432 Shundav vaziyatga yetkazish kerakki, arifmetik amallarni bajarish avtomatizmga (yodda) aylansin.
    Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin o‘quvchilar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil to‘plamiari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi. O‘quvchiiarni qo‘shish va ayirish amallarining ma'nosi bilan tanishiirish ikki to‘plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to‘plamdan uning qicmlarini ajratish kabi amaliy munosabatlar orqali amalga oshiriladi. Qo‘shish amali sonlarni ko‘paytirish amallari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Ko‘paytirish uning komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida boiish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Arifmetik amallarni o‘rganishdagi masalalardan biri og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o‘zlashtirish. Hisoblash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liqdir.
    Og‘zaki hisoblashlaming asosiy ko‘nikmalari I va II sinflarda shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo, og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
    Og‘zaki hisoblashlar: 1. Hisoblashlar yozuvlarsiz ( ya'ni xotirada bajariladi) voki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin. bunda vechimlarni: a) tushuntirishlarni to‘g‘ri yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki mustahkamlash bosqichida) berish mumkin. masalan: 34 + 3 = (30 + 4 ) + 3 = 30 + ( 4 + 3) = 37, 9 + 3 = 9 + ( 1 + 2 ) = (9 + l) + 2 = 12va hokazo.
    b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin. Masalan. 34 + 4 = 37, 9 + 3 = 12.
    v) hisoblash natijalarini nomerlab yozish mumkin. Masalan, 1) 37, 2) 12 ..
    2. Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi. masalan, 430 - 210 = ( 400 + 30 ) - - ( 200 + 10 ) = = ( 400 - 200 ) f ( 30 -10 ) = 200 + 20 = 220
    3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi,
    4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. Masalan, 26 * 12 = 26 * ( 10 + 2 ) = 26 * 10 + 26 * 2 = 260 + +252 = 312:26 * 12 - ( 20 + 6 ) * 12= 20
    5. Amallar 10 va 100 yengilroq hollarda. 1000 ichida va ko‘p xonali son lar ustida hisoblashlarning og‘zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan: 54024:6=9004
    Yozma hisoblashlar: 1. Hisoblashlar yozma bajariladi yozma hisoblashlarda yechimini vozish ustun qilib bajariladi. masalan:
    2. Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi. (yozma bo‘lish bundan mustasno).
    87 - 9 = 8 7 - 7 - 2 = (87 - 7) - 2 = 80
    3. Oraliq natijalar darhol yoziladi.
    4.Hisoblashlar o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha. Shu bilan birga bitta yagona usul bilan bajariladi.
    Ba'zi misollarni og‘zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda o‘quvchilar yechimlami taqqoslab arifmetik amallaming mazmunini va sonlar ustida baja- rilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar.



    Download 43.48 Kb.
      1   2




    Download 43.48 Kb.