63
2-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING
O‘QUVCHILARDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6567387
Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna,
BuxDUPI dotsenti
Idiyeva Niginabonu Erkin qizi,
BuxDUPI 1-kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada yangi nashrdan chiqqan 2-sinf
matematika darsligi mazmuni,
foydalaniladigan interfaol metodlarning ahamiyati, berilgan topshiriqlarning o‘quvchilarda axborot
kompetentlikni oshirishdagi vazifalari va ularning tahlili haqida fikr va mulohazalar yoritib berilgan.
Tayanch soʻzlar: Milliy dastur,
matematik tushunchalar, ta’lim metodlari, interfaol metodlar,
kompetentlik,
axborot kompetentligi, axborot bilan ishlash, tushunchalar tahlili, kubik,
qizil va yashil
kartochkalar bilan ishlash, FSMU metodi.
Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi,
yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
V.O. Distervig
Ta’lim tizimini rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv
dasturida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va ta’limi rivojlantirishini yangi sifat
bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni
asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish
konsepsiyasi”, 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy
nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-sonli
Qarori, 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori, 2020-yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
matematika fani va ta’limini har tomonlama tako- millashtirish va rivojlantirish
yuzasidan qator salmoqli
vazifalar belgilangan.
Hammamizga ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan
maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib- intizomlilikka o‘rgatadi va
eng muhimi fikr-mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi.
Muhtaram Prezidentimiz
Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli,
keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Bu yo‘nalishlarda o‘quvchilar uchun yangi, zamonaviy elektron darsliklar
zamon talablari asosida
tuzilib, nashrdan chiqarilmoqda. 2021-yilda nashrdan chiqarilgan Matematika darsligining rang- barangligi va
topshiriqlarning kognitiv va kreativligi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
“Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham
oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va
mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon
ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz.
Bunda bizning eng
yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi,” –
deya ta’kidlaydi Shavkat Mirziyoyev.
Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar
va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.
Ta’lim metodlari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining qanday bo‘lishini, o‘qitish
jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi, ya’ni o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o‘quvchilar tomonidan o‘sha nazarda
tutilgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish faoliyatida qo‘llaniladigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim metodlarini biz 3ga ajratamiz:
-
Og‘zaki metod;
-
Ko‘rgazmali metod o‘z o‘rnida 2 ga bo‘linadi: demonstratsiya va illustratsiya;
64
-
Amaliy metod.
Interfaol metodlar esa ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
1-rasm. Interfaol metodlarning ahamiyati
Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hozirda ta’lim metodlarini
takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlaridan biri interfaol ta’lim va tarbiya
usullarini joriy qilishdan
iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars jarayonida interfaol usullaridan borgan sari kengroq foydalanib
kelmoqdalar.
2-rasm. Interfaol metodlarning turlari.