• Atmosfera havosini zararli gazlardan tozalash (Adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya, katalitik va termik tozalash) usullari. Sorbtsiya – bu atrof
  • Tashkillashtirilgan tashlamalarga




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,53 Mb.
    #113579
    1   2
    Bog'liq
    7-Лабаратория 2022

    Tashkillashtirilgan tashlamalarga korxonalarning statsionar o‟rnatilgan 
    mo‟rilaridan, ventilyatsiya qurilmalaridan, neft mahsulotlarini saqlash 
    rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan chiqqan
    gazlar kiradi. 
    Tashkillashtirilmagan tashlamalarga esa – texnologik rejimlarni izdan 
    chiqishi, avariya, quvurlardagi germetizatsiyani buzilishi, suyuq moddalarni 
    to‟kilishi va ularni bug‟lanishi natijasida hosil bo‟luvchi chiqindi gazlar kiradi.
    Atmosferaga 
    tashlanuvchi 
    chiqindi 
    gazlarning 
    tashlanishini 
    oldini 
    olish uchun texnologiyalar mukamallashtiriladi, qurilma germetizatsiyasi 
    yaxshilanadi, tozalash inshooti quriladi, chiqindilarning tashlanishi ustidan qat‟iy 
    nazorat o‟rnatiladi.
    Atmosfera havosini zararli gazlardan tozalash (Adsorbsiya, absorbsiya, 
    xemosorbsiya, katalitik va termik tozalash) usullari. Sorbtsiya – bu atrof-
    muhitdan kerakli moddalarni qattiq jism yoki suyuqlik yordamida shimib olish 
    jarayonidir. Agar havo yoki gazni qattiq jism o’ziga yutib olsa, unda bu 
    jarayonni adsorbtsiya deyiladi. Demak,o‟ziga yutib oluvchi moddalarni 
    adsorbentlar deyiladi. Adsorbentlar sifatida faollashtirilgan ko‟mirlar (masalan, gaz 
    tozalash moslamalar (Protivogazlarda ishlatiladigan ko‟mirlar), silikagellar, 
    sintetik seolitlar, Polimer plyonkalari va tolalari hamda boshqa moddalar 


    ishlatiladi. 
    Sanoatda adsorbtsiya usuli gazlarni turli zaharli moddalardan tozalash uchun 
    qo‟llaniladi. Adsorbtsiya usuli yordamida changli havo aralashmalaridan havoni 
    tozalab olish mumkin. Bundan tashqari, adsorbtsiya usuli yordamida ba‟zi bir 
    qimmatbaho moddalarni ushlab qolib, boshqa qolgan moddalarni texnologik 
    jarayonga qaytarish mumkin.
    Adsorbentlar kerakli moddani yutib olish qobiliyati bilan, ya‟ni adsorbtsiya
    kattaligi bilan ifodalanadi. Adsorbtsiya kattaligi esa, g/100g bilan ifodalanadi. 
    Buning ma‟nosi shundan iboratki, u 100 g. adsorbent necha gramm gaz yoki 
    suyuqlikni o‟ziga yutib olganini ko‟rsatadi. Adsorbtsiya kattaligining qiymati 
    qancha katta bo‟lsa, demak adsorbent siftida qo‟llanilgan modda shuncha yaxshi 
    adsorbent hisoblanadi.
    Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, adsorbentning kimyoviy tarkibiga, 
    xossalariga va zaharli modda (ya‟ni, adsorbat)ning xossalariga bog‟liq bo‟ladi. 
    Bundan tashqari, Adsorbatsiya kattaligi tashqi omillarga, ya‟ni tozalanayotgan 
    havo yoki gaz tarkibidagi zaharli moddaning bug‟ bosimiga va haroratiga bog‟liq 
    bo‟ladi.
    1
    Adsorbtsion tozalash usuli chiqindi gaz tarkibidagi gazsimon va 
    bug‟simon zararli aralashmalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bunda gaz tarkibidagi 
    zararli aralashmalar g‟ovaksimon qattiq moddalar –adsorbentlarga yuttirilib, 
    atmosferaga tashlanayotgan gaz oqimidan ajratib olinadi.
    Ushbu 
    usulning 
    afzalligi – yuqori tozalash samarasiga egaligi, kamchiligi esa gaz tozalash 
    jarayonida changli gazlarni tozalash imkoni yo‟qligidadir, chunki changli zarralar 
    adsorbentlarning g‟ovaklariga tiqilib, uni tez ishdan chiqaradi. 
    Adsorbtsiya kattaligining bosimga bog‟liqligi quyidagi adsorbtsiya
    izotermalari tenglamasi bilan ifodalanadi: 
    bu yerda a ma‟lum holatdagi adsorbtsiya kattaligi, mol/g; 
    a
    max 
    – qo‟llanilgan adsorbent uchun adsorbtsiya kattaligining maksimal 
    qiymati, mol/g; 
    B – adsorbtsiya koeffitsienti, 1/Pa; 
    p – zaharli moddaning bug‟ bosimi, Pa R, kPa.
    Misol tariqasida faollashtirilgan ko‟mirga dioksid uglerod gazining 
    adsorbtsiya bo‟lish izotermalari ko‟rsatilgan. Ushbu rasmdan ko‟rinadiki, gaz 
    tarkibidagi zaharli moddaning Parsial bosimi ortishi bilan (ya‟ni, R ni ortishi 
    bilan), adsorbtsiya kattaligi a ortib boradi. Ammo harorat oshgan sari uning 
    qiymati kamayib, desorbtsiya jarayoni (ko‟mirning “terlashi”) boshlanadi. 
    1
    В. А. Зайцев. Промьшленная экология. Москва 2002 
    p
    в
    p
    B
    a
    a
    *
    1
    *
    *
    max



    Download 0,53 Mb.
    1   2




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish