• MOOClar material va topshiriqlarni taqdim etishiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: • task-based MOOCs (topshiriqqa asoslangan MOOClar).
  • MOOC platformalari C oursera (https://www.coursera.org/)
  • Kurslar
  • xMOOCs (ingl. «eXtended MOOC» – kengaytirilgan MOOC




    Download 9.01 Mb.
    bet6/16
    Sana09.09.2023
    Hajmi9.01 Mb.
    #80961
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    7-ma\'ruza
    Edraw Max dasturida hisoblash blok, 1masala BuilderC , rasm, В статье проведен анализ сферы мобильных приложений в системе образования, 5-ma\'ruza, 4-ma\'ruza, 14-ma\'ruza, 14-ma\'ruza, 13-ma\'ruza, 2-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 1-amaliy mashg\'ulot
    xMOOCs (ingl. «eXtended MOOC» – kengaytirilgan MOOC) — nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilgan ochiq onlayn kurslar. MOOC kurslari ta’lim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan ta’lim muassasasi dasturlari asosida yaratiladi va oʻqish belgilangan grafik asosida olib boriladi. Bunday kurslar oʻquv jarayonini tashkil etish uchun juda qulay va ta’lim modeli jihatidan an’anaviy oʻqitishga oʻxshab ketadi. Kurslarda ta’lim oluvchilar topshirishi kerak boʻlgan vazifalar, ularning bajarilish muddati, kurs oxirida imtihon belgilangan boʻlib, barcha jarayon oʻqituvchi tomonidan nazorat qilinadi.
    MOOClar material va topshiriqlarni taqdim etishiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
    task-based MOOCs (topshiriqqa asoslangan MOOClar). Bu kurslar topshiriqlarga asoslangan boʻlib, ta’lim oluvchidan belgilangan turdagi vazifalarni bajarish talab etiladi. Ular berilgan masalani yechish yoki loyiha ustida guruh bilan hamkorlikda ishlashni taklif etadi. Ta’lim oluvchilar belgilangan sondagi topshiriqni muvaffaqiyatli bajarganlaridan keyin, kursning maqsadida koʻrsatilgan natija va koʻnikmalarga ega boʻlishadi;
    content-based MOOCs (kontentga asoslangan MOOClar). Bu kursda asosiy faoliyatni oʻqituvchilar olib borishadi. Bu kurslarda ta’lim oluvchilar an’anaviy usulda baholanadi. Bunda belgilangan topshiriqlarni bajarishdan tashqari, oʻzlashtirilgan bilimlar ham muhim oʻrin tutadi;
    network-based MOOCs (tarmoqqa asoslangan MOOClar). Kurslarda ta’lim olish natijasida nafaqat belgilangan kontentni oʻzlashtirish, koʻnikmaga ega boʻlish, balki boshqa ta’lim oluvchilar bilan muloqot natijasida qandaydir samaraga ham erishish mumkin. Aynan shu jihatidan cMOOCsdagi jamoa va hamkorlikdagi ta’lim nazariyasiga asoslangan.
    MOOC platformalari
    C oursera (https://www.coursera.org/) — MOOC platformalarining yuzi hisoblanadi. Platforma 2012-yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi birinchilardan boʻlmasa-da, oʻqitish strategiyasining toʻg‘ri tanlanganligi hamda tijoratga yoʻnaltirilganligi bilan bugungi kunda onlayn ta’limda yetakchiga aylandi. 190 dan ziyod ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari mana shu platforma resurslari bilan ishlaydi. Kurslar: fizika, muhandislik, tibbiyot, gumanitar fanlar, matematika, biznes, informatika va boshqalar. Interfeys tili: ingliz. Kurs tili: ingliz (asosiy) va boshqa tillar, deyarli barcha kurslarda subtitrlar mavjud

    Download 9.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 9.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    xMOOCs (ingl. «eXtended MOOC» – kengaytirilgan MOOC

    Download 9.01 Mb.