• Tayanch so’z va iboralar
  • 7 mavzu : geoinformatsion tizimlar. Reja




    Download 491,29 Kb.
    bet1/5
    Sana13.01.2024
    Hajmi491,29 Kb.
    #136357
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ma\'ruza № 7 (3)


    7 - MAVZU : GEOINFORMATSION TIZIMLAR.


    REJA :

    1. Geoinformatsion tizimlar asosiy tushunchalar, sinflanishi.

    2. Modellarning xususiyatlari va qo’llash uslubiyati.

    3. GISning boshqa fanlar va texnologiyalar bilan aloqadorligi

    4. Geologiya, Surpos, Arc GIS dasturlarida modellashtirish va loyixalash



    Tayanch so’z va iboralar: Geoinformatsion tizimlar, GPS, GIS, Geologiya, Surpos, Arc GIS, kartograflar, teodolit, taxeometr, lenta, ERGEODEZKADASTR,Fotogrammetrik ishlov berish.


    Oxirgi bir necha o‘n yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan kechirmoqda. U yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko‘plab manbalardan olinadigan axborotlardan foydalanish mobaynida topografik, turli mavzuli geografik kartalar va atlaslarni tuzish, aero- va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha boy tajribaga egalar.
    Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez-tez o‘zgarib turishi, oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin. SHu o‘rinda zamonaviy GIS – bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan. GISda tuzilgan karta oddiy qog‘ozli kartadan yaxshi bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o‘zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo‘yoq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish, o‘chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning shaxsan o‘zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosida karta tuzib ko‘rishi kerak.
    Ta’lim muassasalarining «Geodeziya, kartografiya va kadastr», «Er tuzish va er kadastri», «Ekologiya va atrof muxit muhofazasi», «Suv resurslari va ulardan foydalanish», «Geografiya va gidrometeorologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Geografik axborot tizimlarida manbalarni to‘plash, ma’lumotlar bazasini hosil qilish, mavzuli kartalarni tuzish yo‘llari batafsil bayon etilgan. Darslikdan oliy ta’lim talabalari, magistrlar, aspirantlar, o‘qituvchilar va geografik axborot tizimlari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy xodimlar ham foydalinishlari mumkin.
    Innovatsion texnologiyalar tabiiy ofatlar bilan kurashishda va hosildorlikni oshirishda yordam beradi. Qozog‘istonda birinchi marta geoinformatsion tizimlar markazi ochildi, deb xabar qiladi khabar.kz sayti.
    Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi. Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
    Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi:
    1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
    2. YAratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
    3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.
    Geodeziya, kartografiya va kadastr, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Suv resurslari va ulardan foydalanish, Geografiya va Gidrometeorologiya yo‘nalishlari uchun mutahassislar tayyorlash uchun tuzilgan ―Geoaxborot tizimi va texnologiyalari o‘quv dasturiga mos keladi.
    Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi: Erda geodezik ishlarni olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini deshifrovka qilish (o‘qish) natijasida. Bunday rasmlar Erning turli sun’iy yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolyotlar va vertolyotlardan olingan yarim tonalli (rangliga o‘xshash) yoki oq-qora kosmik va aerofotosuratli tasvirlaridan iborat.
    Er resurslarini kompleks kartaga olish ishlarining texnologik jarayoni 1 rasmda keltirilgan.


    Download 491,29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 491,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7 mavzu : geoinformatsion tizimlar. Reja

    Download 491,29 Kb.