• Yer shari atrofida xarakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshlar
  • Yer resurslari kartasini yaratish blok sxemasi




    Download 491,29 Kb.
    bet2/5
    Sana13.01.2024
    Hajmi491,29 Kb.
    #136357
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ma\'ruza № 7 (3)

    Yer resurslari kartasini yaratish blok sxemasi.


    Ushbu chizmada bir nechta yirik tizimlar ajratilgan, masalan: – fotogrammetrik tizim. Oq-qora va rangli fotosuratlarni EHM xotirasiga kiritish, ularni raqamli ko‘rinishga aylantirish va ma’lum darajada ularga ishlov berish, so‘ngra ortofotoplanlarni (joy uchastkasi tasvirining ortogonal proeksiyasida tuzilgan plan) yoki shtrixli kadastr planlarini hosil qilish; - ortofotoplan va kartalarni raqamlash tizimi – bu tizim yordamida plan va kartalar raqamli ko‘rinishga (vektorli holatga) o‘tkaziladi; - kartografik ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash va tasvirlash tizimi – joy yoki xududning rastrlangan tasviri orqali ularning raqamli modelini tuzish, vektorli ko‘rinishga aylantirish, mavzuli qatlamlarni tuzish, ma’lumotlar va elektron kartalar maxsus bazasiini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, rangli er kadastri va boshqa turdagi mavzuli kartalarni tuzish. Oxirgi ikki tizim mazkur qo‘llanmaning keyingi boblarida batafsil ko‘rib chiqiladi, bu erda esa fotogrammetrik tizim tarkibiga kiruvchi alohida jarayonlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz.
    Bularga:
    1. Joyni aero- va kosmik suratga olish.
    2. Tayanch nuqtalarni planli va balandlikli bog‘lash bo‘yicha olib boriladigan geodezik ishlar.
    3. Ma’lumotlarga fotogrammetrik ishlov berish jarayonlari kiradi.

    Yer shari atrofida xarakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshlar
    Ular yordamida xududning yoki biror joyning raqamli tasvirini olish va keyinchalik uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritish mumkinligi nafaqat rasmlarga kimyoviy ishlov berish, hatto skanirlash bosqichida tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish jarayonlari chetlab o‘tilmoqda. Ular oddiy fotokameralar kabi ishlaydi, lekin ularda fototasvirni elektr signallarga aylantirvchi fotosezgir elementlar ishlatiladi (1.3-rasm). Signallar kodlangach, ular fotokamera xotirasida saqlab qolinadi va istalgan paytda tasvirlar kompyuterga yozib olinishi mumkin. Keyinchalik fototasvirlarga maxsus grafikli redaktorlar yordamida ishlov berilib, ular printer yoki plotterlarda nashr qilinishga uzatiladi. Agar ishga sifatli fotokameralar jalb qilinsa, skanerlar va nusxa ko‘chirish qurilmalaridan voz kechsa ham bo‘ladi. Hozirgi paytda fototasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, asosan, fotomateriallarni skanerlash bilan amalga oshirilmoqdi. Fotomateriallar sifatida negativlar, diapozitivlar va rulonli aerofilmlar ishlatilmoqda.


    Download 491,29 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 491,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer resurslari kartasini yaratish blok sxemasi

    Download 491,29 Kb.