• Tayanch tushunchalar
  • Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar
  • 7-mavzu. Amaliy dasturlarning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi




    Download 420.59 Kb.
    bet1/12
    Sana15.10.2023
    Hajmi420.59 Kb.
    #87765
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    7-maruza Kt va DT !
    BAHOLASH USULLARI, MEZONLARI, VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILGAN TALABLAR, Esse topshiriq, muhammad

    7-mavzu. Amaliy dasturlarning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi.
    Reja

    1. Axborotlarni taxlil qilish uchun elektron jadvaldan foydalanish

    2. Elektron jadvalda funksiyalar, formulalar, ma’lumotlarni saralash va filtrlash.

    3. Taqdimotlarni loyixalash va jixozlash texnologiyasi.

    4. Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan Pagemaker dasturi va uning imkoniyatlari .



    Tayanch tushunchalar: Elektron jadvallar, formulalar, funksiyalar, ma’lumotlarni saralash, filtrlash,taqdimot.

    7.1. Axborotlarni taxlil qilish uchun elektron jadvalfdan foydalanish Elektron jadvallar deb jadvallarni qayta ishlashga mo’ljallangan ADP elektron jadvaliga aytiladi.
    Jadvaldagi ma’lumotlar ustun va qatorlar kesishgan joydagi katakchalarda saqlanadi. Bu katakchalarda sonlar, ramziy ma’lumotlar va formulalar saqlanishi mumkin. Formulalar bir katakchadagi narsani boshqasidan mustaqil tutadi.
    Bu sinfdagi eng ommabop ADP larga: Microsoft Excel, Lotus 1-2-3, Quattro Pro va boshqa shu kabi mahsulotlar kiradi.
    U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o‘zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko‘lamli masalalarni yechishda qo‘llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi.


    Microsoft Excel elektron jadval dasturi haqida umumiy ma‘lumotlar
    Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.
    Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, QuatPrio va shunga o’xshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
    Windows muxiti yaratilgandan keyin, ayniksa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining elektron jadvalli dasturi Microsoft Excel elektron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
    Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook- книга) deb yuritiladi.
    Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart holda 3 ta varaqdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi hohishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi.
    Excel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta qator (row- “1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 ta ustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataklarning nomlari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi.


    Download 420.59 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 420.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Amaliy dasturlarning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi

    Download 420.59 Kb.