Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniqlansa, u dezaktivatsiyalanadi (q.
Dezaktivatsiya). Agar suvda noxush hid bo’lsa, faollashgan kumir, ozon, kaliy
permanganat yoki xlor ko’sh oksid bilan ishlanadi (q. Sorbsiya).Oqova
suvlar
(sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan chiqadigan iflos suvlar)
va yog’in suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi
hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid va erigan moddalar
tindirgichlarda cho’ktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi
(q. Biologik suzgich, Suvni zararsizlantirish), korxonalardan
chiqayotgan suvlar
tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni tozalashning fizikkimyoviy, termik va
boshqa usullari ham bor.Tabiiy suvlarni sanoatda qo’llanadigan usullar yordamida
mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yo’q. Shu sababli
ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan ma’lum me’yordan ko’p bo’lmasligi
talab etiladi. Masalan, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy
soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan
oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000
mg/l gacha, vodorod ko’rsatkichi — r-n 6,0 dan 9,0 gacha bo’lishi kerak. Ayrim
hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l
gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha
bo’lishiga ruxsat etiladi. Xalq xo’jaligida va aholi sog’lig’ini saqlashda juda muhim
tadbir hisoblanadi.
O’zbekiston shahar va tumanlarida suv ta’minoti markazlashtirilgan. Aholiga
beriladigan ichimlik suvi yuqorida
aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya
ko’rigidan o’tkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitariyaepidemiya st -
yalari (SES) shug’ullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari
mahalliy tozalash inshootlarida tozalab chiqariladi. Yuqorida aytilgan usullarga
yana bir usulni qo’llasak suv tarkibidagi ko’p mikroorganizmlardan xolos bo’lar
edik. Suv tarkibida mikroorganizmlarni kamayishi xisobiga bir qancha kassaliklarni
bartaraf etgan bo’lamiz. Bu usulda kumush nanozarrachalarida foydalaniladi. Suv
tarkibini tozalash mobaynida kumush nanozarrachalari yuborilsa kumushning
antibakterial xusussiyati xisobiga bir qancha mikroorganizmlar o’ladi.
Oqova
suvlarni zararsizlantirishning anerob usuli ishlab chiqarish oqova suvlarini
biokimyoviy tozalashda hosil bo`lgan cho`kmani bijg`itishda ishlatiladi. Bundan
tashqari,
undan
kuchli
konsentrlangan
tarkibida
bijg`itish
jarayonida
anaerobbakteriyalar yordamida parchalanadigan organik moddalar bo`lgan oqova
suvlarning tozalash birinchi bosqichi sifatida ham foydalaniladi. Bijg`itish jarayoni
metan tenklarda olib boriladi. Metantenk-germetik yopiq, mahkamlangan rezervuar
bo`lib, u bijg`itilmagan cho`kmani kirgizishga va chiqarishga mo`ljallangan
moslamalar bilan jihozlangan.