|
Topshiriq
OpenSSL kutubxonasidan foydalangan holda RSA algoritmi asosida ERI hosil qilish amalga oshirilsin
Nazorat savollari
|
bet | 3/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #247334 |
Topshiriq
OpenSSL kutubxonasidan foydalangan holda RSA algoritmi asosida ERI hosil qilish amalga oshirilsin
Nazorat savollari
RSA shifrlash algoritmida shifr ma’lumotni deshifr qilish uchun qaysi kalitdan foydalaniladi.
Qalbakilashtirish hujumi qanday amalga oshiriladi.
Nima sababdan ochiq kalitli kriptotizimlarda kalitlarning autentifikasiyasi asosiy xavfsizlik muammosi hisoblanadi.
9- amaliy ish
Mavzu: OpenSSL kutubxonasidan foydalangan holda DSA algoritmi asosida ERI hosil qilish.
Ishdan maqsad: DSA algoritmi asosida ERI hosil qilish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga erishish.
Nazariy qism
DSA ERI algoritmi. 1991 yilda NIST (National Institute of Standard and Technology) tomonidan DSA (Digital Signature Algorithm) algoritmiga asoslangan DSS (Digital Signature Standard) ERI standarti yaratildi. Ushbu algoritm chekli maydonda diskret logarifmlash muammosiga asoslangan. Xesh funksiya sifatida SHA1 standartidan foydalanilgan.
Ochiq va yopiq kalitlar
Mahfiy kalit
Imzoni shakllantirish:
1. Imzolanuvchi M ma'lumotni imzolashda quyidagi ketma – ketliklar bajariladi:
p – tub son tanlanadi (21023< p <21024 va bit uzunligi 64 ga karrali);
q – tub son tanlanadi (2159< q <2160 va p-1 ning bo’luvchisi);
0 < h < p va h(p-1)/q mod p >1 shartlarni qanoatlantiruvchi h kattalik asosida
g = h(p-1)/q mod p butun son hisoblanadi;
x – maxfiy kalit orqali, y = qx mod p ochiq kalit hisoblanadi (bu yerda: 0
Ma’lumot jo’natuvchisi tasodifiy k sonini tanlaydi (0shart bilan). Ushbu kattalik imzo shakllantirilgandan so’ng o’chirib tashlanadi.
M ma'lumotni imzolari quyidagilarga teng bo‘ladi:
r = gk mod p mod q,
s = k-1(xr + H(M)) mod q.
Hosil qilingan kattaliklar (r, s) ma’lumot M ga qo’shib imzoni tekshiruvchi tomonga yuboriladi.
Imzoni tekshirish jarayoni:
Qabul qilingan M’ ma’lumot va unga qo’yilgan imzo (r’, s’) asosida imzoni tekshirish jarayoni amalga oshiriladi. Bu ikki bosqichdan iborat. Agar imzo birinchi bosqichdagi tekshiruvdan o‘ta olmasa, unda ikkinchi bosqichga o‘tmaydi.
Qabul qilingan imzolar uchun 0 < s’ < q yoki 0 < r’ < q shart tekshiriladi. Bu shart bajarilsa ikkinchi bosqichga o‘tiladi.
Ikkinchi bosqich quyidagilardan iborat:
v = (s’)-1(mod q) hisoblanadi.
z1 = H(M’) v mod q, z2 = r’ v mod q qiymatlar hisoblanadi.
Shundan so’ng u = mod p mod q qiymat hisoblanadi.
Agar r’ = u tenglik bajarilsa, u holda qo’yilgan elektron raqamli imzo haqiqiy (M = M’) bo’ladi. Aks holda imzo qalbaki deb topiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Topshiriq
OpenSSL kutubxonasidan foydalangan holda RSA algoritmi asosida ERI hosil qilish amalga oshirilsin
Nazorat savollari
|