Misol 2. A: ”0 soni 1 sonidan kichik”
B: “Bugun havo iliq”.
Ta’rif 3. Sodda mulohazalardan mantiqiy bog`lovchilar yoki mantiqiy amallar
yordamidahosil qilingan mulohazaga murakkab mulohaza deyiladi.
Misol 3. C: “7 tub son va 6 toq son”
D: “Oy Yer atrofida aylanadi yoki O`zbekiston Yevropada joylashgan”
Mulohaza ikkita qiymatdan birini “rost”, ya`ni “1” yoki “yolg‘on”, ya`ni “0” ni qabul
qiladi. Bu qiymatlarga mulohazaning rostlik qiymatlari deyiladi.
Ta’rif 4. Mulohazaning rostlik qiymatlaridan tuzilgan jadvalga rostlik jadvali deyiladi.
Asosiy mantiqiy bog‘liqliklar. Sodda mulohazalardan murakkab mulohazalarni hosil qilish uchun
mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo`lgan mantiqiy amal(bog’liqlik)larning
belgilaridan foydalaniladi.
Mulohazalar ustida quyidagi asosiy 5 ta mantiqiy amal bajariladi: inkor qilish
amali, kon’yunktsiya amali, diz’yunktsiya amali, implikatsiya amali va ekvivalentlik
amali.
Mulohazalar ustida maxsus amallar bajariladi va buning natijasida yana
mulohazalar xosil buladi. Bu amallarga logik (mantiqiy) amallar deb nom berilgan. Bu
amallar quyidagilardir
1. Inkor qilish amali. x mulohazaning inkori deb atalgan х mulohaza shu bilan
harakterlanadiki x mulohaza 1 (chin) qiymatni qabul qilganda, mulohaza
х 0
(yolg‘on) qiymatni qabul qiladi va aksincha x ning qiymati 0 bo’lganda
х ning
qiymati 1 bo’ladi, inkor amali
х belgilanganda bu tarif quyidagi jadval ko’rinishida
bo’ladi.
х х 1
0
0
1
x mulohazani «emas» so’zi vositasi bilan inkor qilish natijasida hosil bo’lgan
mulohaza xuddi x ning
х inkoriga mos keladi.
Masalan: x – Toshkent O‘zbekistonning poytaxti. – chin.
х - Toshkent
O‘zbekistonning poytaxti emas - yolg‘on
yoki y=sin
- uzluksiz funksiya emas – yolg‘on. y =sin
-uzluksiz funksiya – chin.