• “ALGOL”, “BOOLEAN”, “C++”
  • Sodda va murakkab mulohazalar




    Download 163,45 Kb.
    bet2/8
    Sana12.01.2024
    Hajmi163,45 Kb.
    #136164
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    amaliy 8

    Sodda va murakkab mulohazalar.
    Ta’rif 1. Rost yoki yolg‘onligi aniq bo‘lgan darak gap mulohaza deyiladi.
    So`roq va undov gaplar mulohaza hisoblanmaydi, ya`ni: “Bugun kinoga kiramizmi?” yoki “Kitobga tegma!”
    Mulohazalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi: A, B, C, ….
    Agar mulohaza rost bo`lsa A=1, yolg‘on bo`lsa A=0 deb belgilaymiz, ba`zi adabiyotlarda, shuningdek, “Informatika va hisoblash texnikasi” fanining “ALGOL”, “BOOLEAN”, “C++” dasturlash tillarida rost mulohazaga “T”, ya`ni “true” so´zining, yolg`on mulohazaga “F”, ya`ni “false” so`zining bosh harflari ishlatiladi.
    8.1. Misol . 1. А=”Ikki ko`paytiruv olti 14 ga teng”=0
    2. В=”Ikki qo`shuv ikki 4 ga teng”=1
    3. С=”Qor oq”=1
    4. Д="Bugun dushanba bo`lsa, u holda ertaga seshanba bo`ladi”=1
    5. Z=”agar 1+1=3 bo`lsa, u holda jumadan keyin yakshanba keladi”=?
    5-mulohazaning rost yoki yolg`onligi haqida hozircha bir nima deyish qiyin, biroq mantiqiy amallarni kiritganimizdan keyin bu savolga osongina javob topasiz.
    Shunday fikrlar borki, ular tuzilishi bo`yicha mulohazaga o`xshaydi, lekin mulohaza emas. Masalan, ikki varaq qog`oz olamiz-da, ularni 1- va 2- deb raqamlaymiz. Birinchi qog`ozga “Ikkinchi varaqda yolg`on yozilgan” deb, ikkinchi qog`ozga esa “Birinchi varaqda rost yozilgan” degan mulohazani yozamiz. Bir qaraganda sodda mulohazaga o`xshaydi, biroq …! Savol beramiz, bu mulohazalar rostmi yoki yolg`onmi? Bu fikrlar ziddiyatga olib keladi, ya`ni ularni rost yoki yolg`onligi haqida aniq gapirib bo`lmaydi. Bunday mulohazalar matematikada mantiqiy paradoks deyiladi.
    Demak, ko`rinishidan mulohazaga o`xshagan har qanday gap ham mulohaza bo`lavermaydi.
    Mulohazalar sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
    8.2-Ta’rif . Agar A mulohazaning o‘zi bir tasdiq bo‘lib, ma’nosi bo’yicha u bilan ustma - ust tushmaydigan bir qismini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘lmasa, u holda A mulohazaga sodda mulohaza deyiladi.

    Download 163,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 163,45 Kb.