Himoya gazlarida yoyli payvandlash usullari




Download 1.68 Mb.
bet2/3
Sana02.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#68989
1   2   3
Bog'liq
Himoya gazlari muhitida yoy bilan pay
12-20 бек, Holiqova M soha iqtisodiyoti (1), Holiqova M TFKU Izobar. Izoxor, izotermik, Документ Microsoft Word (2), aerologiya, Ergashe123455a 1k-21 Met, stol tenis, 11D BEHRUZA, charos, 9 tajriba ishi Namuna tarkibidagi ruxni atom absorbsion usulda aniqlash, ANNOTATSIYA, aldegit, zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (1), zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi, zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish texnologiyasi knauf - butlovchi tizimlari jamlanmasi (5)
Himoya gazlarida yoyli payvandlash usullari
Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlashda ish unumi yuqori bo’ladi, bu ishni oson avtomatlashtirish mumkin va metallarni elektrod qoplamalari hamda flyuslar ishlatmasdan birikishga imkon beradi.
Payvandlashning bu usuli po’lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan konstruksiyalar yasashda keng qo’llanila boshlandi.
Himoya gazlari muhitida payvandlashning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Flyus yoki qoplamalar ishlatisha, binobarin, choklarni shlaklardan tozalashga hojat yo’q;

  • Yuqori ish unumi va manba issiqligining yuqori darajada konsentratsiyalanishi strukturaviy o’zgarishlar sohasini ancha qisqartirishga imkon beradi;

  • Chok metali havo kislorodi va azoti bilan juda kam ta’sirlashadi;

  • Payvandlash jarayonini kuzatib turish qulay;

  • Jarayonlani mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkoni bor;

Himoya gazlari muhitida yoy bilan payvandlash usullari tasnifi 5.1-rasmda ko’rsatilgan.

Himoya gazlari muhitida payvandlashning eriydigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan bajarish mumkin.
Payvand sohasini himoyalash uchun geliy va argon kabi inert gazlar, ba’zan, azot, vodorod va karbonat angidrid kabi faol gazlardan foydalaniladi. Shuningdek, turli proporsiyalardan alohida gazlarning aralashmasi ham ishlatiladi. Gaz bilan ana shunday himoya qilinganida payvandlash sohasi atrofidagi havo siqib chiqariladi. Payvandlash sohasini gaz bilan himoyalash samaradorligi payvandlanadigan birikmaning turiga va payvandlash tezligiga bog’liq. Himoyaga, shuningdek, soploning o’lchami, himoya gazining sarfi va sopoldan buyumgacha bo’lgan masofa (u 5 - 40 mm bo’lishi kerak) ham ta’sir qiladi.
Payvandlash sohasining yaxshi himoyalanishi gazning issiqlik fizik xossalari, shuningdek, gorelkaning konstruktiv xususiyatlari va payvandlash rejimiga bog’liq. 5.2 – rasm.

Eriydigan elektrod bilan payvandlashda yoy buyum bilan payvandlash sohasiga uzatiladigan eriydigan payvandlash simi orasida yonadi. Erimaydigan (volfram) elekrodlari bilan payvandlashda payvandlash yoyi bevosita yoki bavosita ta’sir qilishi mumkin. Volfram elekrodi va yoy sohasiga uzluksiz uzatib turadigan payvandlash simi orasida ynadigan yoy bavosita ta’sir etadigan yoyning bir turidir.

Download 1.68 Mb.
1   2   3




Download 1.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Himoya gazlarida yoyli payvandlash usullari

Download 1.68 Mb.