• Mashg‘ulotning jihozi: Aerofotosuratlar tasviri. Topshiriq
  • Vegetatsiya.
  • Ochiq tuproq (yer).
  • 8-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Obyektlarning spektral xususiyatlari. Maqsad




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana04.06.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #259948
    Bog'liq
    RF.8-Amaliy mashg\'ulot



    8-AMALIY MASHG‘ULOT.
    Mavzu: Obyektlarning spektral xususiyatlari. 
     
    Maqsad:
    Talabalarga obyektlarning spektral xususiyatlarining xususiyatlari 
    to‘g‘risida tushuncha berish va ko‘nikma hosil qilish. 
    Mashg‘ulotning jihozi:
    Aerofotosuratlar tasviri. 
    Topshiriq:
    1. Spektrli qaytish egri chiziqlari. 
    2. Vegetatsiya. 
    3. Ochiq tuproq (yer). 
    4. Suv.
    Topshiriq matni: 
    Spektrli qaytish egri chiziqlari. 
    Ma’lum bir materialdan tashkil topgan yuzani misol qilib olamiz. Yuzaga 
    yetib kelgan energiya nurlanganlik deb ataladi. Yuzadan qaytgan energiya nur 
    taratish deb ataladi. Nurlanganlik va nur taratish Wm bilan ifodalanadi.
    Har bir material uchun alohida qaytish egri chiziqlarini yaratish mumkin. Bu
    egri chiziqlar to‘lqin uzunliklari vazifasida qaytayotgan nurlanish qismlarini 
    ko‘rsatadi. Bunday egri chiziqlardan har bir to‘lqin uzunliklari (masalan, 400 nm, 
    401 nm, 402 nm, ... to‘lqin uzunliklarida) uchun qaytish darajasini aniqlash 
    mumkin.
    Aksariyat masofadan zondlash sensorlari kattaroq to‘lqin uzunliklariga 
    sezuvchan bo‘ladi, masalan 400-480 nm va egri chiziqlar bu oraliqlardagi umumiy 
    qaytishni baholash uchun ishlatilishi mumkin.
    Qaytish egri chiziqlari elektromagnit spektrning optik qismi uchun
    yaratilgan (2,5 nm gacha). Bugungi kunda spektr kutubxonasida turli egri chiziqlar 
    kollektsiyasini yig‘ish uchun katta loyihalar amalga oshirilmoqda.
    Qaytishni o‘lchash laboratoriya xonalarida yoki dalada dala spektrometrini 
    ishlatib amalga oshirilishi mumkin.
    Quyidagi bo‘limlarda yer qoplami asosiy turlarining qaytish xususiyatlari 
    muhokama qilingan.
    Vegetatsiya. 
    O‘simliklarning qaytarish xususiyatlari barglarning tuzilishi, yo‘nalishi va 
    barglar bilan qoplanganlikka bog‘liq. Qaytgan nurlanishni spektrning turli qismlari 
    bo‘ylab taqsimlanishi barglar pigmentatsiyasi, qalinligi, tarkibi (to‘qimalarining 
    tuzilishi) va barglar tarkibidagi suv miqdori bilan bog‘liq. 8.1-rasmda sog‘lom 
    o‘simlikning qaytarish egri chizig‘i keltirilgan.
    Spektrning ko‘zga ko‘rinuvchi qismida ko‘k va yashil yorug‘likning 
    qaytaruvchanligi nisbatan kamroq, sababi bu qismlardagi yorug‘lik o‘simlik 
    tomonidan fotosintez uchun yutiladi (asosan xlorofill tomonidan) va vegetatsiya 
    ko‘proq yashil yorug‘likni qaytaradi. Yaqin-infraqizil oraliqda qaytaruvchanlik eng 
    yuqori bo‘ladi, lekin qaytaruvchanlik miqdori barglarning rivojlanganligi va 
    to‘qimalarining tuzilishiga bog‘liq.
    O‘rta-infraqizildagi qaytaruvchanlik barg tarkibidagi suv orqali aniqlanadi
    suv ko‘proq bo‘lsa qaytaruvchanlik kamroq bo‘ladi.


    Shuning uchun bular suvga yutiluvchi oraliqlar deb ataladi. 
    “8.1-rasm”. Sog„lom o„simlikning qaytarish egri chizig„i. 
    Barglar quriganda, masalan ekinlarni yig‘im terim paytida o‘simlikning
    rangi o‘zgaradi (masalan sariq rangga).
    Bu davrda spektrning qizil qismida qaytaruvchanlikning oshishiga sabab 
    bo‘ladigan fotosintez yuz bermaydi. Shuningdek, barglarning qurishi o‘rta-
    infraqizil oraliqda qaytaruvchanlikning oshishiga va yaqin-infraqizil oraliqda esa 
    qaytaruvchanlikning kamayishiga olib keladi.
    Natijada, optik masofadan zondlash axborotlari o‘simlikning turi va uning
    sog‘lomligi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
    Ochiq tuproq (yer). 
    Ochiq yerning qaytaruvchanligi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, unga bir 
    turdagi tuproq qaytaruvchanlik egri chizig‘ini yaratish juda murakkab vazifadir. 
    Biroq, tuproq qaytaruvchanligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tuproq rangi
    namligi, karbonatlarning mavjudligi vatemir oksidiga bog‘liq.
    8.2-rasmda AQShdagi beshta asosiy turdagi tuproqning qaytaruvchanlik
    egri chiziqlari keltirilgan. Egri chiziqlarning shakliga e’tibor bering, ular 500-1300 
    nm oraliqdagi qavariq shakllar hamda 1450 va 1950 nm da botiq shakllarni
    ifodalaydi. Bu botiqlar, suvga yutiluvchi oraliqlar deb nomlanadi va tuproq namligi 
    sababli sodir bo‘lgan.
    Tarkibida temir mavjud bo‘lgan tuproqlarning qaytaruvchanlik egri chizig‘i 
    biroz boshqacharoq, bu esa uzun to‘lqin uzunliklarining temirga yutilishi sababli 
    sodir bo‘lgan.


    “8.2-rasm”. Besh xil turdagi mineral tuproqning yuza qaytaruvchanlik spektri 
    namunasi: a) tarkibida organik moddalar ko„p bo„lgan; b) minimal o„zgartirilgan; 
    c) temir miqdori o„zgartirgan; d) organik ta‟sirga uchragan va e) tarkibida temir 
    ko„p bo„lgan tuproq. 
     
    Suv. 
    Suv o‘simliklar va tuproq bilan taqqoslaganda ancha kam qaytaruvchan 
    hisoblanadi. O‘simliklar 50 % gacha, tuproq 30-40% gacha va suv esa maksimum 
    10% gacha tushayotgan nurlanishni qaytarishi mumkin. Suv ko‘rinuvchi spektrdan 
    yaqin-infraqizilgacha elektromagnit energiyani qaytaradi. 1200 nm dan yuqoridagi 
    barcha energiya yutiladi. Turli xil suvlarning qaytaruvchanlik egri chiziqlari 8.3-
    rasmda keltirilgan. Loyqa suvda va tarkibida o‘simliklar mavjud bo‘lgan suv yashil
    to‘lqin uzunligidagi xlorofill qaytaruvchanlik bilan birgalikd aeng yuqori 
    qaytaruvchanlikni tashkil etadi.
    “8.3-rasm”. Xlorofill va loyqaning suvni qaytaruvchanligiga ta‟siri: a) okean 
    suvi; b) loyqa suv; c) xlorofilli suv. 
     

    Download 0,54 Mb.




    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Obyektlarning spektral xususiyatlari. Maqsad

    Download 0,54 Mb.
    Pdf ko'rish