|
8-Laboratoriya ishi: Mantiqiy masalalarni graf, jadval, Eyler-Venn va rostlik jadvali yordamida yechish. Laboratoriya mashg’ulotining maqsad va vazifalari
|
bet | 3/3 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 204,71 Kb. | | #255290 |
Bog'liq Mantiqiy masalalarYechish:
Avvalambor, jadval tuziladi: chap tomonda shartdagi barcha mulohazalar, yuqori qismida esa mumkin bo‘lgan javob variantlari yoziladi.
Keling, birinchi javob variantini ko‘rib chiqamiz:
Yozilgan mulohazalarni tahlil qilib, jadvalni to‘ldiramiz.
Mulohaza
|
Mumkin bo‘lgan javob variantlari
|
To‘pni kim uloqtirdi
|
Qosim
|
Rashid
|
Kamol
|
Qosim: “To‘pni Rashid uloqtirdi”
|
-
|
+
|
-
|
Kamol: “To‘pni men uloqtirdim”
|
-
|
-
|
+
|
Rashid: “ To‘pni men uloqtirmadim ”
|
+
|
-
|
+
|
Shartga ko‘ra, uchta sportchidan faqat bittasi yolg'on gapirganligi sababli, to‘ldirilgan jadvalda biz javob variantini tanlaymiz, unda bitta yolg'on gap bo‘ladi (ustunda bitta "-" mavjud). Uchinchi ustun. Demak, to‘g'ri javob shundan iboratki, to‘pni Kamol tashlagan.
Algebraik usullar yordamida mantiqiy misol yechish
№4. Misol: “Jinoyatchi kim”
Ikki mulohaza asosida jinoyat ishtirokchisini aniqlang:
1) “Agar Ikrom ishtirok etmagan bo‘lsa yoki Po’lat ishtirok etgan bo‘lsa, u holda Siroj ishtirok etgan”;
2) “Agar Ikrom ishtirok etmagan bo‘lsa, u holda Siroj ishtirok etmagan”.
Ushbu oddiy muammoning yechimini rostlik jadvali va algebraik qonunyatlardan foydalanib ko‘rib chiqamiz:
1 - usul. Keling, mulohazalar tuzamiz:
I – “Ikrom jinoyatda qatnashgan”;
P – “Po’lat jinoyatda qatnashgan”;
S – “Siroj jinoyatda qatnashgan”
Mulohazalarni formulalar shaklida yozamiz:
˥I˅P → S va ˥I → ˥S
Jadvalga yaxshilab e’tibor bersak, barcha jinoyat sodir etilgan holatda (1) Ikrom jinoyatda qatnashganligini ko’rish mumkin. Javob Ikrom jinoyatchi.
2-usul. Mantiq algebra qonunlaridan foydalangan holda masalani yechishga harakat qilib ko‘ramiz:
(˥I˅P→S)&(˥I→˥S)=(˥(˥I˅P)˅S)&(I˅˥S)=(I&˥P˅S)&(I˅˥S)=I&˥P˅I&S˅I&˥P&˥S˅0=
=I&˥P˅I&S=I&(˥P˅S)
So‘nggi iboradan, agar I = 1 bo‘lsa, bu jinoyatchi Ikrom ekanligini ko‘rish mumkin.
Laboratoriya topshirig’i
1-misol. A, B, C va D do‘konlarining xaridorlari bitta xaridni amalga oshirdilar va joystick, disketa, qog'oz va kartrij sotib oldilar.
- D da disketa ham joystick ham yo‘qligi ma'lum bo‘lgan;
- mijoz disketa va qog'oz sotib olgandan keyin C ga kirgan;
- joystick va kartrij A dan sotib olinmagan;
- kartrij sotib olinganda mijoz B ga etib keldi va D ni kartrijsiz qoldirdi. Mijoz qaysi do‘konning qaysi mahsulotni sotib olgan? Javobingizni izoxlang.
(A-disketa, B-joystick, C-kartrij, D-qog’oz)
2-misol. Auditoriyada jami 42 ta talaba bor. Ular matematika, fizika va kimyo
to‘garaklariga boradilar. Shundan, matematikaga 17 kishi, fizikaga - 16, kimyoga - 14 nafar. Bundan tashqari, barcha 3 ta to‘garakka 3 kishi qatnashadi, matematika va fizikaga 7 ta , matematika va kimyoga 4 ta, ham fizika, ham kimyoga 5 ta. Savol? Qancha talaba to‘garaklarga bormaydi? Javobingizni izoxlang.
(8 nafar)
3-Misol."Ob-havo ma'lumoti"
Ertaga ob-havo qanday bo‘ladi, degan savolga, bashoratchi shunday javob berdi:
1. Agar shamol bo‘lmasa, ob-havo yomg'irsiz bulutli bo‘ladi.
2. Yomg'ir yog'sa, bulutli va shamolsiz bo‘ladi.
3. Agar ob-havo bulutli bo‘lsa, yomg'ir yog'adi va shamol bo‘lmaydi.
Xo‘sh, ertaga ob-havo qanday bo‘ladi?
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. http://mtcol.ru/elt/logics/project/p18aa1.html
2. http://inf61.blogspot.com/p/blog-page_7805.html
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
8-Laboratoriya ishi: Mantiqiy masalalarni graf, jadval, Eyler-Venn va rostlik jadvali yordamida yechish. Laboratoriya mashg’ulotining maqsad va vazifalari
|