|
Himoya vositalarini saqlash tartibi
|
bet | 3/30 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 89,06 Kb. | | #115944 |
Himoya vositalarini saqlash tartibi
1.2.6. Himoya vositalarining sozligi va ishlatishga yaroqliligi ta’minlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. Shuning uchun ular namlikdan, ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
1.2.7. Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur.
Rezinadan qilingan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yog‘, benzin va rezinani emiradigan boshqa moddalardan hamda to‘g‘ridan to‘g‘ritushadigan quyosh nuri va isitkich asboblari ta’sirini himoyalangan bo‘lishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qo‘yilgan rezinadan tayyorlangan himoya vositalarining harorati 0 — 25° S bo‘lgan quruq xonalarda saqlanishi kerak.
1.2.8. Izolatsiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik hamda egilmaslik choralari ko‘rilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish ko‘rsatgichi va elektr o‘lchovchi qisqichlar jild yoki g‘iloflarda saqlanishi lozim. Ko‘chma yerga ulagichlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus joylarga tartib raqami qo‘yiladi, ularning raqamlari ko‘chma yerga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi kerak.
1.2.9. Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan bo‘lib, quruq xonalarda saqlanishi shart.
1.2.10. Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda, odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shitlarida joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining ro‘yxati bo‘lishi kerak. Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, ko‘chma yerga ulagichlar, xavfsizlik plakatlari va belgilari uchun kronshteyn yoki ilgaklar bo‘lishi, shuningdek, dielektrik qo‘lqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik qalpoq, izolatsiyalovchi taglik va qoplama, qo‘lqop, himoya belbog‘i va arqonlari, himoya ko‘zoynagi, protivogaz va kuchlanish ko‘rsatgichlar va boshqalar uchun shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
1.2.11. Tezkor chiqadigan va ta’mirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki shaxsiy foydalanishda bo‘lgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda saqlanishi lozim.
1.2.12. Kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi, ularni tashqarida va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalovchi qurilmalar va moslamalarni ishlatishdan oldin quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi. Izolatsiyalovchi vositalar namiqqan bo‘lsa, ularni quritish va navbatdan tashqari elektr sinovidan o‘tkazish darkor.
|
| |