• 2.3-jadval. Izolatsiyalovchi qisqichlarning minimal o‘lchamlari
  • Elektr o‘lchovchi qisqichlar
  • 8-ma’ruza elektr uskunalaridan foydalanaladigan himoya vositalarini qo’llash va sinash. Reja




    Download 89,06 Kb.
    bet9/30
    Sana11.12.2023
    Hajmi89,06 Kb.
    #115944
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
    Izolatsiyalovchi qisqichlar
    2.1.22. Izolatsiyalovchi qisqichlar saqlagichlar bilan ishlash uchun, izolatsiyalovchi qoplamalar va to‘siqlarni o‘rnatish hamda olish va shunga o‘xshash ishlarni bajarishda qo‘llaniladi1.
    1 Izolatsiyalovchi qisqichlar o‘rniga zaruriy hollarda universal kallakli izolatsiyalovchi shtangalarni qo‘llash lozim.
    2.1.23. Qisqichlar ishchi (qisqich tishlari), izolatsiyalovchi qismdan va dastakdan tashkil topgan. Izolatsiyalovchi qisqichning gabarit o‘lchamlari 2.3-jadvalda keltirilgan.

    2.3-jadval. Izolatsiyalovchi qisqichlarning minimal o‘lchamlari

    Elektr uskunalarining nominal kuchlanishi, kV

    Uzunligi, mm

    izolatsiyalovchi qismi

    dastak

    1 gacha

    Cheklanmaydi, qo‘llashga qulay holda belgilanadi

    6 dan 10 gacha

    450

    150

    10 dan yuqori, to 35 gacha

    750

    200

    Elektr o‘lchovchi qisqichlar
    2.1.24. Elektr o‘lchovchi qisqichlarga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 9071-79 da keltirilgan.
    2.1.25. Elektr o‘lchovchi qisqichlar elektr uzatish tarmoqlarida ularning yaxlitliligini buzmasdan tarmoqdagi tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash uchun ishlatiladi.
    2.1.26. 10 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan elektr o‘lchovchi qisqichlar ishchi, izolatsiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Qisqichning ishchi qismi ochilib-yopiladigan magnit o‘tkazgichdan, cho‘lg‘amdan va olib qo‘yiladigan yoki ichiga o‘rnatilgan o‘lchov asbobidan tashkil topgan. Izolatsiyalovchi qismi va dastagi esa elektroizolatsiyalovchi materialdan tayyorlanishi va minimal uzunligi 380 mm, dastagi 130 mm bo‘lishi lozim.
    2.1.27. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalari zanjirlarida o‘lchovchi qisqichlar bilan foydalanilganda chiqariladigan asboblarni ishlatish, shuningdek, o‘lchov chegarasini tok o‘tkazuvchi qismlardan qisqichlarni olmay turib almashlab ulash man qilinadi. O‘lchash ishlari olib borilayotganda qisqichni osilib turgan holda ushlash lozim.
    2.1.28. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘llaniladigan qisqichlar ishchi qismdan (ajratgichli magnit o‘tkazgich, cho‘lg‘am va o‘lchov asbobidan) hamda bir vaqtning o‘zida izolatsiyalovchi qismli tayanch va dastak vazifalarini bajaruvchi korpusdan iborat.

    Download 89,06 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




    Download 89,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-ma’ruza elektr uskunalaridan foydalanaladigan himoya vositalarini qo’llash va sinash. Reja

    Download 89,06 Kb.