• 2.4-jadval. Kuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari
  • V dan yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar




    Download 89,06 Kb.
    bet10/30
    Sana11.12.2023
    Hajmi89,06 Kb.
    #115944
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
    1000 V dan yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar
    2.1.29. 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ko‘rsatgichlariga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 20493-75* da keltirilgan.
    2.1.30. Elektr uskunalarda kuchlanish bor yoki yo‘qligini aniqlashga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar qo‘lda olib yuriladigan kuchlanish ko‘rsatgichlaridir. Kuchlanish ko‘rsatgichlarining ishlashi gazorazryadli indikator lampadan sig‘im toki o‘tganda yonish prinsipiga asoslangan.
    2.1.31. Kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi, izolatsiyalovchi qismlar va dastakdan tashkil topgan. Ishchi qismga uchlik - kontakt, gazorazryadli lampa va kondensatorlar kiradi. Izolatsiyalovchi qism ishchi qism bilan dastak oralig‘ida joylashgan bo‘lib, bir necha elementdan yasalgan bo‘lishi mumkin. Teleskopik konstruksiyalarni ishlatishga ham ruxsat beriladi.
    2.1.32. Kuchlanish ko‘rsatgichining o‘lchamlari 2.4-jadvalda keltirilgan o‘lchamlardan kam bo‘lishi mumkin emas.
    2.1.33. Kuchlanishi 10 kV dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida 2.2-jadvaldan uzunlikka mos bo‘lgan izolatsiyalovchi shtangalarga mahkamlangan. 2 — 10 kV kuchlanish uchun mo‘ljallangan kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalanish mumkin.
    2.1.34. Kuchlanish ko‘rsatgichining sezgirligi uning lampasi minimal kuchlanishida yonishi bilan, ya’ni signal lampasining barqaror nurlanishi bilan xarakterlanadi.
    1000 V dan yuqori kuchlanishda qo‘llaniladigan ko‘rsatgichning yonish kuchlanishi ushbu elektr uskunalari nominal kuchlanishining 25 foizini tashkil qilishi zarur.
    2.1.35. Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatishdan oldin uning ishga yaroqliligi maxsus asboblar bilan yoki yaqin yerda joylashgan va oldindan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirish bilan tekshiriladi.

    2.4-jadval. Kuchlanish ko‘rsatgichining minimal o‘lchovlari

    Elektr uskunalarning nominal kuchlanishi, kV

    Uzunligi, mm

    izolatsiyalovchi qism

    dastak

    1 gacha birgalikda

    Cheklanmaydi

    1 dan yuqori, to 10 gacha birgalikda

    230

    110

    10 dan yuqori, to 20 gacha birgalikda

    320

    110

    35

    510

    120

    110

    1400

    600

    110 dan yuqori, to 220 gacha birgalikda

    2500

    800

    2.1.36. Kuchlanish ko‘rsatgichini ishlatish jarayonida, uni tok o‘tkazuvchi qismlarga lampasida nurlanish paydo bo‘ladigan masofaga qadar yaqinlashtirish kerak. Yaqinlashtirilgan vaqtda lampada nurlanish paydo bo‘lmagan hollardagina asbobni tok o‘tkazuvchi qismga bevosita tegizish mumkin. Kunduzgi yorug‘ vaqtda ochiq, taqsimlovchi uskunalarda, havo elektr uzatish tarmoqlarida va hokazolarda ishlash jarayonida lampa nurlanishini yaxshi kuzatish uchun ular oftobdan to‘suvchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim.
    2.1.37. Qoida bo‘yicha havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligi UVNB tipidagi kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichi bilan tekshirilishi lozim. Kuchlanish yo‘qligi havo elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlaridan yoki teleskopik minora (gidroko‘targach)dan UVN-10 va shunga o‘xshash kuchlanish ko‘rsatgichlari bilan tekshirilganda, ularning ishchi qismi tayanchdagi tushirilgan yerga ulagichning bo‘lishidan va teleskopik minora (gidroko‘targich) shassisi yerga ulanganligidan qat’i nazar, yerga ulanishi kerak (metall tayanchlarda ishlashdan tashqari). Kuchlanish ko‘rsatgichining ishchi qismi uning ishchi ko‘ndalang kesimi 4 mm2 bo‘lgan yumshoq misli sim bilan tunukadan tayyorlangan maxsus halqasimon uchlikka ega bo‘lgan mis sim yordamida yerga ulanadi. Kuchlanish ko‘rsatgichining yerga ulagich simini havo elektr uzatish tarmog‘i simlarini yerga ulashda foydalanilgan, avvaldan yerga ulangan ko‘chma yerga ulagichga va havo elektr uzatish kuchlanishi indekatsiyasi uchun ustundan tushirilgan yerga ulagichga ulash uchun ruxsat beriladi. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish va himoya yerga ulagichni o‘rnatishda yerdagi ulagich simiga (tushirilgan yerga ulagichga) tegish mumkin emas.

    Download 89,06 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




    Download 89,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V dan yuqori kuchlanishni ko‘rsatuvchi gazorazryadli indikator lampali asboblar

    Download 89,06 Kb.