|
V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlari
|
bet | 11/30 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 89,06 Kb. | | #115944 |
1000 V dan yuqori kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlari
2.1.38. Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichlarining ish prinsipi elektrostatik induksiya prinsipiga asoslangan. Asbobning cho‘g‘lanish lampasi uning signal elementi hisoblanadi. Ushbu asbob 6 — 35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida, 6 — 35 kV kuchlanishli ochiq va yopiq taqsimlovchi elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.
2.1.39. Ushbu kuchlanish ko‘rsatgichi ishchi qism, zaryadlovchi uskuna va 110 kV kuchlanishli izolatsiyalovchi teleskopik shtangadan tashkil topgan. Kuchlanish ko‘rsatgichi kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismi a yaqinlashtirilgan sari chastotasi ko‘payib boruvchi uzuq-uzuq yorug‘lik signali bera boshlaydi. Kuchlanish ko‘rsatgichi uning sozligini tekshiruvchi biriktirilgan qurilma va tok manbaiga ega hamda zaryadlovchi uskuna bilan jihozlangan bo‘ladi.
2.1.40. Kontaktsiz kuchlanish ko‘rsatgichi hamda gazorazryadli lampali kuchlanish ko‘rsatgichi bilan kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish tartibi bir xildir. Ushbu asbobni yerga ulash talab qilinmaydi.
Fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichlari
2.1.41. Ushbu asboblar havo va kabel elektr uzatish tarmoqlari hamda 3 — 110 kV kuchlanishli transformatorlarning ishchi kuchlanish ostida fazalarini sozlash uchun mo‘ljallangan.
2.1.42. Asbob konstruktiv jihatdan izolatsiyasi kuchli egiluvchan sim bilan bir-biriga ulangan elektr izolatsiyalovchi trubkada ikki korpusni tashkil qiladi. Uning elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampa, kondensator va rezistrlardan iborat. Asbobning izolatsiyalovchi qismi minimal uzunligi 2.4-jadvalga mos kelishi zarur.
2.1.43. Ushbu asboblarni ishlatish tartibi ishlatish yo‘riqnomasi asosida aniqlanadi.
1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari
2.1.44. 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun nazorat lampasi (cho‘g‘lanuvchi lampali va ikki o‘tkazuvchi simli patron)dan foydalanish man etiladi. Chunki nazorat lampasidan foydalanilganda fazalararo kuchlanishga ulanish natijasida uning portlashi va buning natijasida ishchilarning elektr yoyi va shisha bo‘laklaridan jarohat olish xavfi bor.
2.1.45. 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish uchun 2 tipdagi asbobdan: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun - aktiv tok ta’sirida ishlaydigan ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan, o‘zgaruvchan tokli elektr uskunalari uchun sig‘im toki ta’sirida ishlaydigan bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichidan foydalaniladi.
2.1.46. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi elektr sxemasi elementlari joylashgan ikki korpusdan tashkil topgan. Korpuslar bir-biri bilan havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlatish uchun uzunligi 1 m dan kam bo‘lmagan, qolgan elektr uskunalari uchun uzunligi 0.6 m dan kam bo‘lmagan mustahkam izolatsiyali egiluvchan mis sim bilan ulangan. Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi bir korpusga joylashgan. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichi esa stryelkali asbob turida ham bajarilishi mumkin (masalan, cho‘ntakda olib yuriladigan IN-92 turidagi voltmetr).
2.1.47. Ikki qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi gazorazryadli indikator lampadan, lampaga parallel ulangan rezistor, qo‘shimcha rezistorlar va kontakt-uchliklardan tashkil topgan.
Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichining elektr sxemasi qo‘shimcha rezistorli gazorazryadli indikator lampadan, kontakt-uchlikdan va operatorning qo‘li tegib turuvchi korpusning yon tomoniga joylashgan kontaktdan iborat.
2.1.48. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichida indikator lampasining yonish vaqtidagi kuchlanishi 90 V dan oshmasligi lozim.
2.1.49. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichining konstruksiyasi kontakt-uchlikning o‘qi bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Kontakt-uchlikning izolatsiya qilinmagan qismi uzunligi 20 mm dan oshmasligi lozim. Ikkilamchi zanjirlarda ish bajarish jarayonida uchlikning izolatsiya qilinmagan qismidan 5 mm gacha qoldirib, qolgan qismiga elektr izolatsiyalovchi materialdan qilingan trubka kiygizib qo‘yish tavsiya qilinadi.
2.1.50. Bir qutbli kuchlanish ko‘rsatgichini ikkilamchi zanjir sxemalarini tekshirganda, elektr schyotchiklarni ulaganda faza simini aniqlashda, elektr lampa patronlarini, o‘chirgichlar, saqlagichlar va boshqalarni ulash uchun ishlatish tavsiya qilinadi. Bunda, kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish jarayonida indikator lampasi tashqi kuchlanish ta’siri doirasida ham yonishi mumkinligini e’tiborga olish zarur.
|
| |