|
Izolatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalari
|
bet | 6/30 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 89,06 Kb. | | #115944 |
Izolatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalari
2.1.6. Izolatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalariga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 20494-75 da qayd etilgan.
2.1.7. Izolatsiyalovchi shtangalar operativ ishlarni, o‘lchov ishlarini (izolatsiya holatini va elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalardagi ulagichlarni tekshirish uchun), razryadnik detallarini o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangandir. Izolatsiyalovchi shtangalar, har xil vazifalarni bajarish uchun almashtirib olib qo‘yishga mo‘ljallangan kallakli (ishchi qismli) universal bo‘lishi mumkin.
2.1.8. Izolatsiyalovchi shtangalar ishchi, izolatsiyalovchi qismlardan va dastakdan iborat. Ishchi qismining konstruksiyasi ushbu shtanga bilan bajariladigan ishlarga muvofiq aniqlanadi. O‘lchov shtangasining ishchi qismi o‘lchov qurilmasidir.
Shtanganing izolatsiyalovchi qismi 1.1.6-bandda ko‘rsatilgan materiallardan yasalishi zarur. Dastak esa shtanga bilan yaxlit yoki alohida bo‘lak holida yasalishi mumkin.
2.1.9. Elektr yoyini o‘chirish qurilmasi bilan jihozlangan shtangalar 110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining fazalarini alohida ta’mirlashda o‘chirilgan fazani yerga ulash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, shtanga ushbu fazani yerga ulash jarayonida hosil bo‘ladigan elektr yoyini o‘chirish vazifasini ham bajaradi. Hamma shtangalar yerga ulagich shtangalariga qo‘yilgan talablarni qondirishi zarur.
Elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan shtangalar izolatsiyalovchi qismdan, dastak, elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali ishchi qism va ilgak (pantografik va boshqa konstruksiyadagi), hamda strubsinali yerga ulovchi simdan tashkil topgan. Izolatsiyalovchi qism va dastakning uzunligi 2.1-jadvalda keltirilgan.
Yerga ulovchi simning ko‘ndalang kesimi mexanik mustahkamligi bo‘yicha 25 mm2 dan kam bo‘lmasligi lozim. Elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali shtangada ishlatilishi mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘ini kuchlanishi va elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmaning nominal toki ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
2.1.10. Izolatsiyalovchi shtangalar o‘lchami 2.2-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‘lmasligi, yerga ulagich shtangalar o‘lchami esa 2.1-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‘lmasligi shart. 15 kV kuchlanishgacha mo‘ljallangan chinni izolyatorli va elektroizolatsiyalovchi materialdan qilingan uzaytirgichlar shtangalarning minimal izolatsiyalovchi qism uzunligiga (2.2-jadval) izolyator uzunligi va uzaytirgichning izolyatordan dastakkacha bo‘lgan qismi kiradi.
|
| |