|
Texnik topshiriqni ishlab chiqish
|
bet | 7/11 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 51,01 Kb. | | #253618 |
Bog'liq 8 maruza Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimida xavfsizlik auditiTexnik topshiriqni ishlab chiqish
Texnik topshiriqni ishlab chiqish — muayyan ko‘nikmalarni talab qiluvchi sermehnat jarayon qoidaga ko'ra, asosiy bo‘limlarni: kirish, dasturiy mahsulot ahamiyati va dasturiy mahsulotga talablarni aniq shakllantirish eng murakkabdir. Misol tariqasida qisqartirilgan sxema bo'yicha tuzilgan kurs loyihalashini bajarishga ikkita texnik topshiriqni hamda davlat budjetidagi ilmiytadqiqot ishini bajarishga nisbatan to'liq texnik topshiriqni ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Loyihalashtirish boshlang‘ich bosqichlarining prinsipial yechimlari
Loyihalashtirishning boshlang'ich bosqichlarida ushbu jarayonni, ishlanma sifati va murakkabligini belgilovchi muhim qarorlar qabul qilinishi lozim. Bu quyidagi qarorlardir:
dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash;
foydalanuvchining interfeys turini va hujjatlar bilan ishlash texnologiyasini tanlash;
ishlanmaga tuzilmaviy va obyektiv yondashuvni tanlash;
dasturlash tili va muhitini tanlash;
Boshqacha aytganda, bu qarorlar qanday iste’mol tavsifi va qanday vositalar bilan loyihalanishini belgilab beradi.
Qarorlarning bir qismi texnik vazifalarda, texnologik talablar guruhini tashkil etgan holda belgilanishi, qolganlari esa loyihalashtirish jarayoni uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lgani sababli oldinroq qabul qilinishi lozim.
Dasturiy ta’minot arxitekturasi
Dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash. Dasturiy ta’minot arxitekturasi deb, uning tuzilishining bazaviy konsepsiyalari rnajmuiga aytiladi. U yengiladigan vazifalar murakkabligi, ishlab chiqiladigan dasturiy ta ’minot universalligi darajasi va uning bir nusxasi bilan ishlovchi foydalanuvchilar soni bilan belgilanadi va quyidagilarni farqlaydi:
bitta foydalanuvchi arxitekturasini.
Bunda dasturiy ta ’minot personal kompyuterda ishlovchi bitta foydalanuvchiga mo‘ljallangan:
lokal yoki global tarmoqda ishlashga mo‘ljallangan ko‘p foydalanuvchi arxitekturasi.
Bundan tashqari bitta foydalanuvchi arxitekturasi quyidagilarni farqlaydi:
dasturlar;
dasturlar paketi;
dasturiy komplekslar;
dasturiy tizimlar.
Ko‘p foydalanuvchili arxitektura mijoz-server tamoyili bo‘yicha tuzilgan tizimlarni amalga oshiradi.
“Dastur”
Dastur deb aniq bir masalani yechish uchun bajarilish ketmaketligi kompyuterda aniq va ravshan bayon etilgan instruksiya (yo‘riqnoma)lar to`plamiga aytiladi. Dastur tuzilmali (strukturali) yondashuvda aniq bir masalani yechisb jarayonida bir-birini chaqiruvchi dastur ostilari (tag, dastur (dastur qismi)lari) iyerarxiyasini namoyon etadi, obyektli yondashuvda esa, realizatsiya uchun maxsus yaratilgan sinflardan iborat obyektlarning xabarlar bilan almashinuvi majmuasidan iborat. Dastur bunday holatda alohida jamlanuvchi dasturiy birlikni namoyon etadi. U standart kutubxona dastur ostisidan foydalanishi mumkin, ammo o'zinikini tashkil etmaydi. Bu eng sodda arxitektura turi bo‘lib, odatda kichik vazifalarni yechishda foydalaniladi.
|
| |