|
Funksional tavsiflarning talablari
|
bet | 5/11 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 51,01 Kb. | | #253618 |
Bog'liq 8 maruza Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimida xavfsizlik auditiFunksional tavsiflarning talablari
Dasturga yoki dasturiy jihozga talablar bo'lishi quyidagi tagbo‘limlarni o‘z ichiga olishi darkor:
funksional tavsiflarga talablar;
ishonchlilikka talablar;
ishlatish sharoitlari;
texnik vositalar tarkibiga va parametrlariga talablar;
axborot va dasturiy mutanosiblikka talablar;
rusumlashtirish va o‘ramlashtirishga talablar;
transportlashtirish va saqlashga talablar;
maxsus talablar.
Yuqorida sanalganlar qatorida funksional tavsiflarga talablar tag bo'limi eng muhimdir. Ushbu bo'limda bajariluvchi funksiyala sanalishi va boshlang‘ich ma’lumotlar hamda natijalaning tarkibi, tavsifnomalari, taqdim etish shakllari bayon etilishi shart.
Xuddi shu bo‘limda zaruratga ko'ra samaradorlik mezonlari: tizim javobining maksimal mumkin bo‘lgan vaqti, foydalaniluvchi operativ yoki tashqi xotira hajmi va boshqalar ko‘rsatiladi.
Eslatma !!!
Eslatma. Agar ishlab chiqilgan dasturiy ta’minlash texnik topshiriqda ko‘rsatilgan funksiyalarni bajara olmasa, u texnik topshiriqqa nomuvofiq, ya’ni sifat mezonlari nuqtayi nazaridan noto‘g‘ri hisoblanadi. Bo‘lg‘usi loyihaning universalligi ham odatda maxsus ta ’kidlab o‘tilmaydi, lekin ko‘zda tutiladi.
Ishonchlilikka talablar tag bo‘limida ishlab chiqilayotgan tizim ta’minlashi shart bo‘lgan ishonchlilik darajasi va izdan chiqishdan so‘ng tizimning tiklanish vaqti ko‘rsatiladi. Tizimlar uchun ishonchlilikka odatiy talablar bilan birga ushbu bo‘limda ba’zan ishlab chiqilayotgan mahsulotning natijalar ishonchliligini orttirish bo‘yicha harakatlari (kirish va chiqish axboroti nazorati, oraliq natijalarning zaxira nusxalarini yaratish va hokazo) reglamentlanadi.
Ishlatish sharti tag bo`limida ishlatish shartlariga qo‘yiladigan maxsus talablar: atrof-muhit haroratiga, havoning nisbiy namligiga va hokazolarga alohida talablar ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, agar ishlab chiqilayotgan tizim nostandart shartsharoitlarda tasarruf qilinadigan yoki maxsus tashqi qurilmalardan, masalan axborotni saqlash uchun qurilmadan foydalaniladigan bo‘lsa, shunday talablar qo`yiladi. Xuddi shu joyda xizmat ko‘rsatish turi, xodimlarning zaruriy miqdori va malakasi ko‘rsatiladi. Aks holda talablar qo`yilmayotganligini ko'rsatishga ruxsat etiladi.
|
| |