• Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, YAIM (yalpi ichki mahsulot), o’sish sur’atlari,foizlar, ekstensiv, intensiv. Kirish
  • Asosiy qism
  • O‘zbekistonda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari o ‘sish sur’ati foizda% Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘zbekistonning iqtisodi mavzusida tezis Qo`qon Universiteti eks-2-20 gurux talabasi Odilov Boburjon




    Download 64,76 Kb.
    Sana15.01.2024
    Hajmi64,76 Kb.
    #137553
    Bog'liq
    BOBUR


    O‘zbekistonning iqtisodi mavzusida tezis
    Qo`qon Universiteti EKS-2-20 gurux talabasi Odilov Boburjon
    Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy o‘sishi . Iqtisodiy Oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil koʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
    Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot, YAIM (yalpi ichki mahsulot), o’sish sur’atlari,foizlar, ekstensiv, intensiv.
    Kirish: Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy Oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi. Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Masalan, mamlakat aholisining Oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi.
    Asosiy qism: Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy Oʻsishning miqdoriy omillariga kiradi (masalan, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy Oʻsish ekstensiv oʻsish deb ataladi.
    Iqtisodiy Oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.
    Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv oʻsishning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fan texnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy koʻrsatkichlar iqtisodiy oʻsish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yuqori dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi.
    Iqtisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.

    O‘zbekistonda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari o ‘sish sur’ati foizda%

    Xulosa: O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi yuqorilaganligini hisobga olgan holda inflyatsiya darjasini pasaytirish choralarini ko ‘rish, 2023-yilda ichki talabning faol saqlanib qolishiga qaramay iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekistonda qqtisodiy o‘sish 2022-yildagiga nisbatan pastroq, ya’ni 5,3 foizga prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy faollikning tiklanishi hisobiga mos ravishda 2024—2025-yillarda iqtisodiy o‘sish 5,6 va 6 foizgacha ko‘tariladi. Biroq, noaniqliklar saqlanib qolinayotgan sharoitda turli omilli xatarlar mavjudligi hisobiga ushbu prognozlar beqarorligicha qolmoqda. qtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlarida o‘sish sur’ati sekinlashishi kutilmoqda. Sanoatning o‘sishi 2023-yilda 5,1 foizgacha, qurilish 6 foizgacha va xizmatlar sohasi 6,7 foizgacha sekinlashadi. Keyingi yillardagi prognozlarga ko‘ra, iqtisodiyotning xizmatlardan boshqa barcha asosiy tarmoqlarida o‘sish ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshiroq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    German,M.A,Market.D.B,Facebook,BBC,Kun.uz
    Download 64,76 Kb.




    Download 64,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonning iqtisodi mavzusida tezis Qo`qon Universiteti eks-2-20 gurux talabasi Odilov Boburjon

    Download 64,76 Kb.