|
8-ma’ruza. Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimida xavfsizlik auditi Reja
|
bet | 6/11 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 51,01 Kb. | | #253618 |
Bog'liq 8 maruza Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimida xavfsizlik auditiTexnik vositalarning tavsiflari
Texnik vositalarning tarkibi va paratnetrlariga talablar tag bo‘limida texnik vositalarning zaruriy tarkibi ularning quyidagi asosiy texnik tavsiflari aniqlanadi: Tashqi qurilmalar mavjduligi va boshqalar qayd etilgan holda ko‘rsatiladi, bunda ko'pincha konfiguratsiyaning ikki varianti: minimal hamda tavsiya etiluvchi konfiguratsiya ko‘rsatiladi.
Axborot va dasturiy mutanosiblikka talablar tag bo‘limida zaruratga ko‘ra hal etish usullarini berish, ishlab chiqish uchun dasturlash tilini yoki muhitni belgilash, shuningdek foydalaniluvchi operatsion tizimni hamda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta ’minot o‘zaro harakatlanishi shart bo'lgan boshqa tizimiy va foydalanuvchilik dasturiy vositalarini ham belgilash mumkin. Xuddi shu bo'limda zaruratga ko‘ra axborot himoyasining qanday darajasini ko‘zda tutish zarurligi ham ko‘rsatiladi. Dasturiy hujjatlarga talablar bo‘limida dasturchi qo‘llanmasi, tushuntirish yozuvnomasi va boshqalar mavjudligining zarurligi ko‘rsatiladi. Hujjatlarning ushbu barcha tiplariga ham GOSTlar mavjud. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘limida taxminiy iqtisodiy samaradorlik, ko‘zda tutilayotgan yillik ehtiyoj va mavjud analoglarga qiyosan iqtisodiy afzalliklar ko‘rsatilishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqish stadiyalari va bosqichlari bo‘limida ishlab chiqish stadiyalari, bosqichlari va yillar mazmuni ishlab chiqish muddatlari hamda ijrochilar ko‘rsatilgan holda bo‘ladi.
Nazorat va qabul tartibi bo'limida sinovlar turlari, ish qabuliga umumiy talablar ko‘rsatiladi. Ilovalarda zaruriyatga ko‘ra quyidagilar keltiriladi: ishlab chiqishni asoslovchi ilmiy-tadqiqot ishlari ro'yxati; ishlab chiqishda foydalanish lozim bo`lgan algoritmlar sxemalari, jadvallar, bayonlar, asosnomalar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar.
Ishlab chiqilayotgan mahsulot o‘ziga xosliklariga bog‘liq ravishda bo‘lishlar mazmunini aniqlashtirishga, ya’ni tag bo`limlardan foydalanishga, yangi bo‘limlar kiritishga yoki ularni birlashtirishga ruxsat etiladi.
Texnik topshiriqda nazarda tutilgan qandaydir talablarni buyurtmachi qo‘ymagan holatlarda tegishli joyda Talablar qo`yilmadi deb ko‘rsatish lozim.
|
| |