rasm. Ta’lim metodlarining tasnifi




Download 240,5 Kb.
bet5/35
Sana24.01.2024
Hajmi240,5 Kb.
#144366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
8-ma’ruza ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) r-fayllar.org

5.rasm. Ta’lim metodlarining tasnifi
Ushbu metodlar, mualliflarning ta'kidlashlaricha, bir-biridan o'quvchilarning ta'lim mazmuni turlarini o'zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o'quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o'qituvchi holati ... bo'yicha farqlanadi1.
Izohli-tasvirli ta'lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotli-repsepsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, o'quvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo'lda turli ta'lim vositalari (shu jumladan, ko'rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O'qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning o'quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo'ladi.
Izohli-tasvirli metoddan ta'lim jarayonlarida foydalanishda quyidagi holatlar yuzaga keladi:

O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi


O'quvchi faoliyatining tuzilmasi


  • Tusuntirish


  • harakatni ko’rsatish


  • dalillardan xabardor qilish


  • o’quvchining materialni anglab yetishini rag’batlantirishga yo’naltiruvchi usullar


  • turli didaktik materiallardan foydalanish


  • - axborotlarni qabul qilish


  • - o’quv materialini tushunib olishga intilish va dastlabki ma’lumotlarni yodda saqlash


  • O’quv materialini tushunish




Reproduktiv ta'lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o'qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni o'quvchilarning yodida saqlanishini ta'minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O'zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo'Iishiga ularni ko'p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta'limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang'ich sinflarda o'qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko'nikmalarini o'zlashtirishda muhim o'rin tutadi.


Reproduktiv metoddan foydalanishda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi


O'quvchi faoliyatining tuzilmasi


  • avval o'zlashtirilgan mavzu, paragraf yoki bob bo'yicha so'rov;


  • o'quvchilar uchun turli mashqlarni saralash va taklif qilish;


  • masalalarni yechishdagi o'quv harakatlarining namunasi va algoritmini namoyish qilish;


  • o'quv harakatlari ko'nikmasi va


    malakasini shakllantirish
  • turli konteksda bilimlarni


    qayta ishlash;
  • namuna bo'yicha topshiriqlarni


    bajarish;
  • mashqlarni bajarish;


  • namunaviy masalalarni yechish usullarini egallash;


  • namunaviy masalalarni yechish algortmini egallash


Evristik ta'lim metodini qo'llashda o'qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O'qituvchi bilimlarning bir qismini o'quvchilarga ma'lum qiladi, qolganini esa o'quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o'zlashtiradi, o'zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o'quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.



O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi


O'quvchi faoliyatining tuzilmasi


-oquvchilarni masalaning mohiyatini o’rganishga jalb etish


-evristik suhbatda qatnashish


-yechim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko’rsatish


-masalani yechish rejasini olg’a surish


-masalani bosqichlarga ajratish


-izlanuvchan harakat usullarini egallash


-evristik suhbat


-masalalar yechish yo’llarini izlab topish


Evristik metodni qo'llashda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:


Muammoli metodning mohiyati mashg'ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo'lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo'li balki, shu bilan birga o'quv yo'li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:



Download 240,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 240,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Ta’lim metodlarining tasnifi

Download 240,5 Kb.