Muammoli tizim
usullar
Vaziyat
Muammoli vaziyat
Ziddiyatlar
6.rasm. Muammoli o’qitish metodining tuzilmasi.
Muammoli ta'lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko'rinishi hisoblanib, o'zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko'nikmalarini o'zlashtirishni taqozo etadi.
Agar o'quvchida qiyinchiliklarni yo'qotish yo'llarini izlab topish uchun boshlang'ich ma'lumotlar bo'lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya'ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko'nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o'zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo'nalishlar ko'rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko'rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma'lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta'kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo'la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi.
Agar uning oldida muammo paydo bo'lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya'ni, uning yechimi uchun o'zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma'lum ko'rsatkichlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyhalaydi. Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo’llashga o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
|
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
|
— o'quv materialiga oid
|
— o'quv materiali mohiyatining
|
tafovutlarning taklif etilishi;
|
anglab yetilishi;
|
— muammoli vaziyatlarni tuzish;
|
- muammoli vaziyat yuzasidan
|
— muammoning mavjudligini
|
fikrlash;
|
aniqlab berish;
|
— mavjud bilimlar va tajribani
|
— muammoli topshiriqlarni
|
qayta tiklash;
|
Lovihalash
|
— muammoli masalaga o'tkazish;
|
|
— topshiriqni bajarish
|
Tadqiqotchilik o'qitish metodini qo'llashda, o'qituvchi o'quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo'lgan masalani aniqlab oladi, o'quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o'zlashtirib oladilar va uning yechimi bo'yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O'rnatilgan masalani yechish davomida o'quvchilar ilmiy bilish metodlarini o'zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko'nikmasi, tajribasini egallaydilar.
Ta'lim jarayonida tadqiqotchilik o'qitish metodini qo'llashda o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O'qituvchi faoliyatining tuzilmasi
|
O'quvchi faoliyatining tuzilmasi
| |
o'quv muammolari
mohiyatini anglab olish;
tadqiqot muammosini o'qituvchi
va o'quvchilar bilan birgalikda
o'matishda faollik ko'rsatish;
ularni yechish usullarini topish;
tadqiqiy masalalarni yechish
usullarini o'zlashtirish
|
Evristik va tadqiqotchilik metodlari o'quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko'nikma va malakalariga ega bo'lishni taqozo etadi. Buning natijasida o'quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlami o'zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o'quvchilarining o'zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma'lum holatlarda qo'llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang'ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o'qituvchilarning flkrlariga ko'ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta'Iim tizimiga shaxsga yo'naltirilgan ta'limni faol joriy etishga yo'naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan inavjud sharoitda ushbu yo'nalishdagi loyihalarni tayyorlash o'ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot' ham amalga oshirilgan.
Didaktikada ta'Iim metodiarining binar (ikki)li va ko'pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo'lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta'lim metodlari va o'qish metodlari aj'ratiladi:
Shunday qilib, juft (binar)li metodlar vujudga keldi:
Axborotli-ma'lumotli va bajaruvchi.
Tushuntiruvchi va reproduktiv (nomahsul).
Yo'riqli-amaliy va produktiv (mahsuldor)-amaliy.
Tushuntiruvchi-undovchi va qisman izlanuvchi.
5. Undovchi va izlanuvehi.
Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.l.Palamarchuklar ta'Iim metodlarining uch o'lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbayi, o'quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o'quv-bilishning mantiqiy yo'li yaxlit tarzda chog'ishtiriladi.
S.G.Shopavalenko ta'Iim metodlari tasnifini to'rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi:
mantiqiy-mazmunli;
manbali;
mazmunli;
tashkiliy boshqaruvchi.
I.P.Podlasiy birmuncha keng tarqalgan ta'Iim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta'kidlaydi: «Boshqa bir qator ta'Iim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinberg ta'Iim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg'unlashtirishga alohida urg'u beradi»' va quyidagi metodlarni ko'rsatadi:
Monologik metodlar
|
Hamkorlik shakllari
|
Diologik metodlar
|
Ma'ruza
|
Individual
|
Suhbatlar
|
Hikoya
|
Guruhli
|
Intervyu
|
Namoyish
|
Frontal
|
-
|
Jamoaviy
|
-
|
|
|