8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi




Download 115,11 Kb.
bet2/8
Sana10.12.2023
Hajmi115,11 Kb.
#115142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Teng
Biologiya yillik reja 2023-yil, Coca Cola, TENGLAMA VA TENGSIZLIK(Krillcha), portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili

Ismli sonlarni taqqoslash


100, 1 000 ichida sonlarni raqamlashni, shuningdek, ko’p xonali sonlarni raqamlashni o’rganishda sonlarni taqqoslash yoki ularning natural qatordagi o’rnini solishtirish asosida, yoki sonlarni “o’nli tarkibi bo’yicha yoyish va tegishli xona sonlarini yuqori xonadan boshlab taqqoslash asosida amalga oshiriladi, (75 > 48, chunki 7 o’nlik 4 o’nlikdan katta; 75 > 73, chunki o’nliklar teng, birliklar esa birinchi sonda ikkinchisiga qaraganda ko’p).


I s m l i so n l a r n i t a q q o s l a s h dastlab miqdorlarning o’zlarining qiymatlarini taqqoslashga tayangan holda, keyin esa abstrakt sonlarni taqqoslash asosida amalga oshiriladi, buning uchun berilgan ismli sonlar bir xil o’lchov birliklarida ifoda qilinadi. Ismli sonlarni taqqoslash o’quvchilarda ko’p qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun bolalarni bu ishga o’rgatish maqsadida 1- 4 sinflarda turli mashqlarni tizimli ravishda berib borish lozim, masalan:

  1. teng son bilan almashtiring: 7 km 500 m = □ m, 3080 kg == □ t □ kg.




  1. sonlarni shunday tanlangky, yozuv tug’ri bo’lsin:

□ soat < □ min, □sm = □ dm □ sm, □t □st =□ kg.



  1. Sonlarning ismlarini shunday qo’yingki, yozuv to’g’ri bo’lsin: 35 km = 35000,,, 16 min > 16..., 17 t 5 st = 17 500....

  2. To’g’ri yoki noto’g’ri tengliklar berilganligni tekshiring, agar tengliklar noto’g’ri bo’lsa, belgini (chap tomondagi sonni, o’ng tomondagi sonni) to’g’rilang

4 t 8 st = 480 kg, 100 min = 1 soat, 2 m 5 sm = 250 sm.
Bunday mashqlar bolalarga to’g’ri va noto’g’ri ismli sonlar tushunchalarinigina emas, balki o’lchov birliklari jadvalini ham o’zlashtirishga yordam beradi..
Shunday qilib, barcha konstentrlarni o’rganishda sonlar va ifodalarni taqqoslashga doir mashqlar bir tomondan, tengliklar va tengsizliklar haqidagi tushunchalarning shakllanishiga, ikkinchi tomondan esa arifmetik amallar va nomerlash haqidagi bilimlarning o’zlashtirilishiga, shuningdek, hisoblash malakalarining hosil bo’lishiga yordam beradi.

Download 115,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 115,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi

Download 115,11 Kb.