8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi




Download 115,11 Kb.
bet8/8
Sana10.12.2023
Hajmi115,11 Kb.
#115142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Teng
Biologiya yillik reja 2023-yil, Coca Cola, TENGLAMA VA TENGSIZLIK(Krillcha), portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili
2000+x=1400•2- Tenglamani bolalar mustaqil echadilar. Yechimni tekshirish uchun bu masalani boshqa usul bilan yechish kerak.
Navbatdagi darslarda shunga o’xshash tarkibli masalalar kiritiladi.

So’ngra ayirma yoki karrali munosabat berilgan murakkab masalalar kiritiladi. Tenglik bu erda tegishli sodda masalalarda tuzilganiga o’xshash tuziladi. Masalan, quyidagi masalani yechish kerak bo’lsin: «Maktab shaxmat to’garagida 24 bola va bir nechta qiz shug’ullanardi. To’garakka 5 qiz qabul qilinganidan so’ng qizlar bolalardan 8 ta kam bo’lib qoldi. To’garakda dastlab nechta qiz shug’ullanar edi?» To’garakda dastlab shug’ullangan qizlar sonini x harfi bilan belgilaymiz. U holda to’garakda keyin nechta qiz bo’lganini ifodalash mumkin (x + 5). Qizlar bolalardan 8 ta kam bo’lganligini bila turib, tenglamani tuzish mumkin:


(x + 5) + 8 = 24, yoki x + 5 = 24 - 8, yoki 24 - (x + 5) = 8.

Tenglamalar tuzishning eng rastional usullarini tanlashga o’quvchilarni tayyorlash maqsadida ularga vaqti-vaqti bilan masala sharti bo’yicha turli tenglamalar tuzishni taklif qilish foydali. Biroq har bir o’quvchi masala yechishda barcha mumkin bo’lgan tenglamalarni tuzishni va yechish usullarini eslab qolishini talab qilish kerak emas. O’quvchilar bu usullarning o’zini o’zlashtirishlari, ya’ni ulardan foydalanishni bilishlari lozim. Bunda tenglamani tuzayotib, o’quvchilar har bir amalni tushuntirishlari, ya’ni tenglama tuzishda o’quvchilar yangi tenglamani avval hosil qilingan tenglamani almashtirish yo’li bilan hosil qilmasdan masalaning konkret mazmuniga tayanishlari muhimdir.


Eng qiyin vaziyat noma’lumni to’g’ri o’rinda ishlatib, tenglamani tuzishdir.
Masalani yechishda chizma, jadval tuzishdan ham o’rinli foydalanish kerak.
Misol. Nomalum son 42 dan 9 ga kichik, bu son qancha?
42-x  9, x  942, x  42-9
Shunday qilib boshlang’ich sinfning boshidan oxirigacha sonli tenglik va tengsizliklar o’zgaruvchili tengsizlik, tenglamalarni o’qitish, tenglamalar tuzib
masalalar yechish jarayoni tizimli oddiydan murakkabga davom ettiriladi.
Tenglamalar tuzish yordamida sodda masalalar echish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ular qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishdagi nomalum komponentni topishga doir masalalar echadilar.
Masala. Vazada 11 ta olma bor edi. Tushlikda bir nechta olma yeyilgandan keyin vazada 7 ta olma qoldi. Nechta olma yeyilgan?
Bor edi 11 ta, uni 11-x7 ko’rinishdagi tenglamaga keltiramiz. Bu tenglama nomalum ayriluvchini topish qoidasiga asosan yechiladi.
3-sinfda nomalum amal hadlarini topishga doir sodda masalalarni echish malakasi mustahkamlanadi.
Misol. o’ylangan son 20 dan 15 ta ortiq. U sonni toping.



20
? 15


Ko’rgazmali chizmadan foydalanib tenglama tuzamiz.
x-20  15, x-15  20, x  20  15
Tenglama tuzishda mumkin bo’lgan barcha variantlarni talab qilmaslik kerak. Chunki, bitta variantni tekshirish uchun 2- yoki 3- variantdan foydalanish mumkin.
Misol. o’ylagan son 12 dan 3 marta katta, uni toping?
x : 3  12, x : 12  3, x  12*3
Murakkab masalalarni algebraik usul bilan yechish asosan 2-3-sinfdan boshlanadi. 3-sinfda tenglamalar tuzish yo’li bilan masalalarning bir necha xili yechiladi.
1. Agar o’ylangan sonni 3 marta va 15 ta orttirilsa, 75 hosil bo’ladi. Shu sonni toping? x*3  15  75
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar bilan tenglik, tengsizlik, tenglama kabi matematik ifodalar (sonli ifoda va o’zgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo’yicha rejali ish olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi o’zaro uzviy bog’langandir.
Download 115,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 115,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi

Download 115,11 Kb.