2 Sоnli va hаrfiy ifоdаlаr ustidа ishlаsh mеtоdikаsi




Download 47.59 Kb.
bet1/4
Sana16.05.2023
Hajmi47.59 Kb.
#60572
  1   2   3   4
Bog'liq
2 Sоnli va hаrfiy ifоdаlаr ustidа ishlаsh mеtоdikаsi
Referat Fizika, 9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va ma, Чоршанбиева тулик охирги 2023 янги май 28 май 11111111111 303030, 697, @uqituvchiga hujjat Hakamlar qarori (1), - 500 тестов по ПКРЯ, Marketing strategik va taktik rejalashtirish va ularni amalga oshirish, Sultanova Asal.Hisobot, salom, zaynab, Юсупова Шохида Хусаиновна, Analog va raqamli signallarga ishlov berish, Laboratoriya ishlari, mustaqil ish fayzullayev sardor 051-19

Boshlang‘ich sinflarda algebra elementlarini oʻrgatish, tenglik, tengsizlik va tenglamalarni oʻrgatish metodikasi bilan tanishtirish taqdimotini tayyorlash
1 Boshlang‘ich sinflarda algebra elementlarini oʻrgatish metodikasining umumiy masalalari.
2 Sоnli va hаrfiy ifоdаlаr ustidа ishlаsh mеtоdikаsi
3 Tenglik va tengsizliklarni oʻrgatish metodikasi bilan tanishtirish
4 Tenglamalarni oʻrgatish metodikasi bilan tanishtirish
1 Boshlang‘ich sinflarda algebra elementlarini oʻrgatish metodikasining umumiy masalalari
Bular to'g'risida ma'lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning mohiyatini to'laroq ochish, shuningdek, keyingi sinflarda o'rganiladigan algebra fani uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishidir.
Lekin, algebraik misollarni yechish algebra qoida va qonuniyatlarga asoslanmasdan arifmetik qoidalarga asoslanadi.
Masalan, 3+a=10 dan a qo'shiluvchini topish no'ma'lum komponentni topish qoidasi bilan yechiladi.
Algebra materiallarini o'rganish algebraik ta'riflarga asoslanmaydi.
Ma'lumki, boshlang'ich sinf dasturining asosiy mazmuni natural sonlarni og'izaki va yozma raqamlash va ular ustida 4 arifmetik amallarni bajarish malakasini berishdir. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab sonlarni o'qish va yozish malakalari bir necha bosqichga bo'lib o'qitiladi.
Masalan, 10 ichida og'zaki va yozma raqamlash, 100, 1000 va ko'p xonali sonlar to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Sonli ifodalar deganda sonni biror amallar bilan birlashtirilgan yoki alohida yozilgan bir xonali, yoki ikki xonali yoki ko'p xonali sonlarni o'qish va yozishni tushunamiz.
Geometrik materiallarni o'rgatish metodikasi
Mavzu bo'yicha o'quvchilaming bilim va ko'nikmalariga talablar:
Har bir o'quvchi:
- I-V-sinflar uchun matematika kursi bo'yicha geometrik materiallarni o'rganish vazifalarini;
- Matematika boshlang'ich kursiga kiritilgan geometrik xaraktyerdagi masalalarni hamda ularni o'rganish tartibini;
- Geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o'zlashtirishga xizmat qiluvchi arifmetik masalalarni;
- Geometrik tasovvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini;
- O'quvchilar tomonidan yechish jarayonida geometrik xaraktyerdagi masalalarni o'zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni ;
- Geometrik materiallarni o'rganish davomida foydalaniladigan ko'rgazmali qo'llanmalar va didaktik o'yinlarni;
- Geometrik mazmundagi masalalarning o'zlashtirilishini tekshirishning turlicha ko'rinishlari,shakli va usullarini bilishi kerak.
Shuningdek har bir o'quvchi:
- O'qitish davomida geometrik elementlar bo'lgan arifmetik materiallarning o'zaro aloqasining tatbiq etilishini bilishi;
- Geometrik tasavvurlarni shakllantirish metod va usullarini maqsad sari yo'naltirib, qo'llay olishi;
- Geometriya elementlari bo'lgan mashqlarni tanlab olabilishi va maqsad sari yo'naltira olishi;
- Geometrik misollarni o'rganishga xizmat qiluvchi ko'rgazmali qo'llanmalar va didaktik o'yinlardan foydalana olishi;
- Geometriya elementlarini o'zlashtirishni tekshirishning turlicha ko'rinishlarini,shakl va usullarini qo'llay olishi;
- Tekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi kerak.
Geometriya materialini o'rganish metodikasining umumiy tavsifnomasi (xarakteristikasi)
Geometrik material boshlang'ich sinflar uchun mustaqil bo'lim sifatida o'quv dasturiga kiritilmaydi. O'quv jarayonida geometriya elementlarini o'rganish bilan bevosita bog'lab olib boriladi.
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o'rgatish davomida geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o'quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi.
Geometrik materiallarni o'rganish:
- Geometrik figuralar haqidagi tasovvurlar zahirasini to'plashga (kengaytirishga);
- fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur etish ko'nikmalarini shakllantirishga;
- muhim amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga;
- bolalarni keyinchalik geometriyani o'rganishga tayyorlashga xizmat qiladi.
«10 gacha bo'lgan raqamlarni raqamlash» mavzusini o'rganishda bolalar nuqta
va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to'rtburchak, beshburchaklar va boshqa ko'pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi.
«100 raqamigacha bo'lgan sonlarni qo'shish va ayirish» mavzusini o'rganishda esa to'g'riburchak, to'g'riburchakli to'rtburchak, kvadratlar, ko'pburchaklarning bir ko'rinishi sifatida o'rganadilar .
2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o'rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o'zaro farqlash ko'nikmalari shakllanadi.
b) Katak daftarda chizg'ich va uchburchak figuralarni yasash.
d) Figuralarni guruhlarga ajratish.
e) Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash.
f) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish.
g) (3-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida ma'lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.
Geometrik elementlarni o'rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog'oz, cho'plar, plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog'ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo'ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan, to'g'riburchakli to'rtburakni o'rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.
Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sinfga o'tgan sari o'zgarib boradi, Masalan, «kesma», «burchak»,»ko'pburchak» kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol berish noto'g'ri bo'lar edi.Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga bolalar o'z bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor).
Quyi sinf o'quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo'lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan birga materialni noto'g'ri o'zlashti-rishga qadar xatolarga yo'l qo'yishga, masalan,o'quvchilar kvadratning to'g'ri burchakli to'rtburchak ekanligini sezmaydilar, ko'pburchakli figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli figuralarni kiritadilar.
Boshlang'ich sinflarda geometrik materialni o'rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to'g'ri va to'g'ri bo'lmagan burchaklar, ko'p burchakli figuralar (burchaklar soniga ko'ra uchburchak, to'rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar.
Mashg'ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to'g'ri to'rtburchak, to'rtburchak yoki ko'pburchakli figura deb atay olsinlar.
Geometrik materialni o'rganishda chizma va o'lchov asboblarini qo'llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog'liq bo'lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko'nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so'zlar bilan tariflay olish, dasturda ko'zda tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo'llay olish muhim ahamiyatga egadir.
Shuni ham nazarda tutish g'arurki, boshlang'ich sinflarda olingan geometrik figuralarni yasash va o'lchashga doir ko'nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi.
Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari chizg'ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o'lchash ko'nikmasiga ega bo'lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo'yish kerak.
Chizish va o'lchashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san'at, tabiatshunoslik mashg'ulotlaridan ham foydalanish lozim.
O'quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi.
Mavzuni o'rganishdan maqsad.
1. Nuqta, kesma, burchak, ko'pburchak, to'g'riburchak, kvadrat kabi geometrik figuralar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish.
2. Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash uchun amaliy tajriba va ko'nikmalarni shakllantirish.
3. O'quvchilarning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish.
Boshlang'ich sinflar o'quvchilarining geometrik figuralar haqidagi tasovvurlarini shakllantirish metodikasi yuqorida zikr etilgan vazifalar alohida qo'yadi va quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
I bosqich (tayyorlov) - Bolalarda bo'lgan geometrik figuralar haqidagi umumiy tasovvurlarni aniqlash. (bolalarning hayotiy tajribasi, model figuralardan foydalanib, amaliy ishlarni bajarish).
II bosqich - O'quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar haqidagi tasovvurlarni shakllantirish.
III bosqich - O'rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish uchun figuralar yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni bajarish.
O'quvchilarda geometrik figuralar haqidagi umumiy tasavvurlari» 10 gacha bo'lgan sonlarni o'rganish» mavzusini o'tish davomida yana bir bor aniqlanadi. Dastlab bu figuralar (aylana, uchburchak, kvadrat va hokazolar) materiali sifatida foydalaniladi. Unda bolalar hisob - kitobni bunday figuralar yordamida, masalan, 3 ta kvadrat, 8 ta aylana, 5 ta uchburchak kabi, katta yoki kichik uchburchaklar, qizil yoki zangori doiralarni sanash yo'li bilan, olib boradilar.
Bunday sharoitda geometrik figuralarning nomlari va talaffuziga diqqat qaratiladi. «Kesma» haqida gap borganda, o'qituvchi yaqin atrofdagi predmetlar -(qalam, chizg'ich)dan foydalanib, kesmani qog'ozda qanday tasvir etish lozimligini ko'rsatadi.
Bolalar mavjud materiallardan - (doska yoki stolning qirrasi), so'ngra, geometrik figuralardan (uchburchak tomonlari) kesmalarni topishni o'rganadilar. Bunday holatda bolalarni «nuqta» va «kesma» tushunchalarini aniq ko'rsata olishga o'rgatish juda muhimdir .Kesmalarni yasashga oid ko'nikmalarni shakllantirish jarayonida chizmalarning aniqligi va sifatiga talabni kuchaytirish kerak. Dastlabki onlardanoq chizg'ich, qalam, qo'lning holatining to'g'ri bo'lishini nazoratda ushlash lozim. Bolalarni kesmalar yasashga o'rgatishga doir mashg'ulotdan kichik parcha keltiramiz.
Bolalar o'qituvchining topshirig'i bilan katak daftar sahifasi boshidan 2 ta va chapdan 3 katak tashlab, nuqta qo'yadilar. So'ngra bu nuqtadan o'ngga 5 pastg a 2 katak tashlab, 2 nuqtani qo'yadilar. So'ng bu nuqtalarni chizg'ich yordamida birlashtiradilar (chizg'ichni chap qo'l bilan ushlab,o'ng qo'l bilan chizadilar).
So'ng daftarning yuqori qismida bir nuqtani tanlab, uni yasalgan kesmaning chap tomonidagi nuqtasiga tomon yana bir tik kesma tushiradilar.
Bolalarning to'g'ri burchak bilan tanishtirishda shunday amaliy mashqni bajarish mumkin:
O'qituvchi bolalarga bir varaqdan qog'oz olib, uni avval o'rtasidan buklashni, so'ng yana bir bor buklashni ko'rsatadi .
Bu ishlarni o'qituvchi bajarganda hamma bolalar ko'rib turishi lozim. So'ng bolalarga hosil bo'lgan burchak - to'g'ri burchak modeli ekani tushuntiriladi. O'qituvchi burchakning balandligi va tomonlarini ko'rsatadi.
So'ng suhbat o'tkaziladi:
- qanday figura hosil bo'ldi? (To'g'ri burchak).
- uning tomonlari va balandligini ko'rsating.
-Endi o'zingiz yasagan to'g'ri burchakni solishtiring
Buning uchun ularning birini ikkinchisi ustiga shunday qo'yingki, tomonlari bir-biriga to'g'ri kelib burchakning quyi qismi ikkinchi burchakning quyi qismiga joylashsin. (o'quvchilar ham o'qituvchi bilan birga burchaklarni taqqoslaydilar);
- Burchakning boshqa tomonlari haqida yana nima deyish mumkin.(Bu tomonlar ham mos tushdi)
- To'g'ri burchaklar teng keldi.O'zingiz yasagan uchburchakdan to'g'ri burchakni toping.(burchaklarni bir-biri ustiga qo'yib, uchburchakdagi burchak ham to'g'ri ekanligini aniqlaydilar).
Qo'llarida bo'lgan to'g'ri burchak modeli bilan ushbu tasvirdagi to'g'ri burchaklarni aniqlab, uning balandligi atrofini bo'yash topshiriladi.
Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan ko'pburchaklar ichida to'g'ri burchak va uning ko'p uchraydigan ko'rinishi bo'lgan kvadrat alohida o'rinni egallaydi. O'quvchilar har qanday kvadrat to'g'ri burchak ekanligini va aksincha har qanday to'g'ri to'rtburchak kvadrat emasligini tushinib olishlari kerak.
To'g'ri burchakni o'rganishga bag'ishlangan mashg'ulotdan bir parcha har bir o'quvchiga har xil rangga bo'yalgan turlicha to'g'ri to'rtburchaklar solingan ko nvert beriladi.
Suhbat:
- Bu figuralar nima deb ataladi (to'rtburchaklar).
- Model yordamida ularning to'g'ri burchaklarini toping va o'sha joyni bo'yang;
- Ikki to'g'ri burchagi bo'lgan to'rtburchakni toping. Ikki to'g'ri burchakli to'rtburchakni ko'rsating va to'g'ri bo'lgan balandligini yonidan bo'yang.
- Uchta to'g'ri burchagi bo'lgan ko'pburchakli figurani toping. (O'quvchilar bunday to'rtburchaklarning hamma bo'lagi to'g'ri ekanligini anglaydilar.)
- To'rt burchagi to'g'ri bo'lgan to'rtburchaklar to'g'ri burchakli to'rtburchaklar deyiladi. Bolalar to'g'ri burchaklarning balandligi yaqinini bo'yaydilar va o'qituvchiga ko'rsatadilar.
O'quvchilar to'g'ri burchakli to'rtburchaklarning muhim va muhim bo'lmagan sifatlarini anglab olishlari uchun ba'zi vaqtlar dars mashg'ulotlari davomida o'yin sifat mashqlarni bajarishlari mumkin. Masalan:»Ortiqcha figurani olib tashla» mashqida bolalar to'rtburchaklarning muhim va muhim bo'lmagan belgilarini topishlari uchun amaliy ko'nikma beradi.
2 Sоnli va hаrfiy ifоdаlаr ustidа ishlаsh mеtоdikаsi
Boshlang'ich sinflarda matematik ifodalar ya'ni sonli ifoda va o'zgaruvchili ifodalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo'yicha reja asosida ish olib boriladi. Harfdan o'zgaruvchini ifodalovchi belgi sifatida foydalanish boshlang'ich sinf matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda o'zlashtirish maqsadlariga hizmat qiladi, keyinchalik o'quvchilarga o'zgaruvchi funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayorgarlik bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda algebraik misollarni yechish uchun algebra qonun va qonuniyatlarga emas balki arifmetik qoidalarga asoslanadi.
Sonli ifodalar. Sonli ifodalar mazmuniga ko'ra sonlardan tuzilgan bo'ladi.
Sonlardan, amal belgilaridan va qavslardan tuzilgan ifodaga sonli ifoda deyiladi.
Ya'ni 3+7, 21:7, 5· 2-6, (20+5) · 4 -15 shunday misollarga sonli ifodalar deb aytamiz.
Sonli ifoda tushunchasi umumiy ko'rinishda bunday ta'riflanadi:


  1. har bir son sonli ifodadir;



  1. agar (A) va (B) lar sonli ifodalar bo'lsa, u holda (A) + (B), (Л) - (£), (A) -(B), (A): (B) lar ham sonli ifodalardir.

Ko'rsatilgan amallarni bajarib, sonli ifodaning qiymati topiladi. Ifodada ko'rsatilgan har bir amalni ketma-ket bajarish natijasida hosil bo'lgan son sonli ifodaning qiymati deyiladi.


Agar bu ta'rifga amal qilinsa, juda ko'p qavslar yozishga to'g'ri kelar edi. Masalan, (2) + (3) yoki (7) • (9). Yozuvni qisqartirish uchun ayrim sonlarni qavs ichiga olmaslikka kelishilgan. Bundan tashqari, agar bir necha ifoda qo'shiladigan yoki ayriladigan bo'lsa, qavslarni yozmaslikka kelishilgan, bu amallar tartib bo'yicha chapdan o'ngga qarab bajariladi. Xuddi shuningdek, bir necha son ko'paytirilsa yoki bo'linsa, qavslar yozilmaydi, bu amallar tartib bo'yicha chapdan o'ngga qarab bajariladi. Masalan, bunday yoziladi:
25-4 + 61-14-42 yoki 60 : 3,5 • 15 : 25.
Nihoyat, avval ikkinchi bosqich amallarni (ko'paytirish va bo'lishni), keyin birinchi bosqich amallari (qo'shish va ayirish-ni) bajariladi. Shuning uchun (12 • 4 : 3) + (5 • 8 : 2 • 7) ifoda bunday yoziladi: 12•4:3 +5• 8:2• 7.
Shunga muvofiq ravishda sonli ifodaning qiymatini hisoblash amallar tartibi bo'yicha bajariladi:
1) Agar sonli ifoda da qavslar bo 'Imasa, uni bir-biridan qo 'shish va ayirish beigilari bilan ajraladigan qismlarga bo'lib, har bir qismning qiymati topiladi, bunda ко 'paytirish va bo 'lish chapdan о 'ngga qarab tartib bilan bajariladi; shundan keyin har bir qismni uning qiymati bilan almashtiriladi va qo'shish vq ayirish amalla-rini chapdan о 'ngga qarab tartib bilan bajarib, ifodaning qiymati topiladi.
2) Agar sonli ifodada qavslar bo 'Isa, ifodaning chap va о ng qavslar ichidagi va boshqa qavslar qatnashmagan qismlari olinadi, 1- qoida bo 'yicha и laming qiymatlari topiladi va qavslarni t ash-lab, qismlar topilgan qiymatlar bilan almashtiriladi. Agar shular-dan keyin qavssiz ifoda hosil bo'lsa, bu ifoda 1-qoida bo'yicha hisoblanadi. Aks holda у ana 2-qoidani qo 'Hash kerak bo 'ladi.
Masalan, ((36 : 2 - 14) • (42 • 2 - 14) + 20) : 2 ifodaning qiymatini topish kerak bo'lsin.
Avval 36 : 2 - 14 = 18 - 14 = 4, 42 • 2 - 14 = 84 - 14 = 70 ni topamiz. 36 : 2 - 14 va 42 • 2 - 14 ni ularning qiymatlari bi­lan almashtirilib, hosil qilamiz:
(4 • 70 + 20): 2 = (280 + 20): 2 = 300 : 2 = 150.
Demak, berilgan ifodaning qiymati 150 ga teng ekan.
Shuni aytish kerakki, har qanday sonli ifoda ham qiymatga ega bo'lavermaydi. Masalan, 8 : (4 - 4) va (6 - 6): (3 - 3) ifoda sonli qiymatga ega emas, chunki nolga bo'lish mumkin emas. [36]

3 Tenglik va tengsizliklarni oʻrgatish metodikasi bilan tanishtirish


Tartib munosabatiga asosiy misol qilib haqiqiy sonlar to'plamidagi «kichik» munosabati olinadi, bu munosabat (<) kabi belgilanadi. Bu munosabat qat'iy chiziqli tar­tib munosabati ekanligini, ya'ni bu munosabat nosimmetrik va tranzitiv ekanligini, shu bilan birga har qanday ikkita turli haqiqiy x va у sonlar uchun x < у yoki у < x munosabatlardan faqat va faqat bittasi bajarilishini isbotlash mumkin. So'ngra у - x > 0 bo'lgan holdagina x <у bo'lishini isbotlash mumkin. Bunda a > 0 va b > 0 lardan a + b>0 va ab>0 tengsizliklar kelib chiqadi.
Sonli tengsizliklarning qaralgan xossalaridan uning qolgan hamma xossalarini chiqarish mumkin.
1°. x<="" i="">tengsizlikning ikkala qismiga bir xil sonni qo'shish bilan x <="" i="">munosabat o'zgarmaydi (bu xossa qo'shishga nisbatan tartib munosabatining monotonligidir). Boshqacha aytganda, agar x< y bo'lsa, har qanday a son uchun x + a < у + a tengsizlik bajariladi.
Haqiqatan, x < у dan у — x > 0 kelib chiqadi. Ammo (y + a) — (x + a) = y — x > 0, shuning uchun
x + a < у + a
x - a = x + (-а), у - a = y+ (-a) bo'lgani uchun x < у dan x - a < у - a kelib chiqadi.
2°. Agar x < у va a < b bo'lsa, x + a < у + a bo'ladi.
Haqiqatan, u holda у - x> 0 va b - a > 0, shuning uchun (y+b) -(x+ a)=(y-x) + (b- a)> 0.
3°. x < у tengsizlikning ikkala qismini bir xil musbat songa ko'paytirish bilan x x<="" i="">va a > о dan ax< a tengsizlik kelib chiqadi.
Haqiqatan, x < у dan e - x > 0 kelib chiqadi. Ikkita musbat sonning ko'paytmasi musbat bo'lgani uchun a(y - x) > 0 bo'ladi. A(y — x) = ay — ax bo'lgani uchun ax < ay tengsizlik kelib chiqadi.
4°. Agar x1 y1 a1 b — musbat sonlar bo 'Isa, x < у va a < b tengsizJiklardan ax < by tengsizlik kelib chiqadi.
Haqiqatan, x < у va a ning musbatligidan ax<="" i="">ning musbatligidan ay < by kelib chiqadi. U holda tengsizlik munosabati tranzitiv bo’lgani uchun ax < ay va ax<="" i="">
у > x tengsizlik x < у tengsizlikka ekvivalent. Ikkala tengsizlik bir vaqtning o'zida rost yoki yolg'on. Tengsizlikning < va > belgilari (ishoralari) o'zaro teskaridir.
5°. Tengsizlikdagi sonning ishorasi o'zgarishi bilan bu tengsizlik teskari ma'nodagi tengsizlikka almashadi: agar x —y < —x bo'ladi.
6°. Tengsizlikning ikkala qismini manfiy songa ko'paytirish bilan tengsizlik ishorasi (belgisi) teskari ma 'nodagi ishoraga (belgiga) almashinadi: agar x < у va a manfiy bo'lsa, ax> ay bo'ladi.
Haqiqatan, a manfiy songa ko'paytirishni | a| musbat songa ko'paytirish bilan (bunda tengsizlik belgisi saqlanadi) va (—1) ga ko'paytirish bilan almashtirish mumkin, bunda bu belgi teskari ma'nodagi belgiga almashadi.
7°. x < у va x > у munosabatlar bilan bir qatorda x < у va x > у munosabatlar
qaraladi. x < у tengsizlik x < у va x = у tengsiz­liklarning dizyunksiyasidir va shuning uchun ulardan bittasi rost bo'lsa, x < у rost bo'ladi. Masalan, 4 < 10 rost, chunki 4 < 10 rostdir. Xuddi shuningdek, 4 < 4 tengsizlik rost, chunki 4 = 4 rostdir. 4 < 3 tengsizlik yolg'ondir, chunki 4 <3 va 4 = 3 laming
ikkalasi yolg'on.
x < у < z qo'sh tengsizlik x < у va у < z tengsizliklarning konyunksiyasidir, tengsizliklarning ikkalasi rost bo'lsa, qo'sh teng­sizlik ham rost bo'ladi. Masalan, 4 < x < 10 qo'sh 'tengsizlik rostdir, chunki 4 < 8 va 8 < 10 tengsizliklarning ikkalasi ham rost; 4 < 10 < 8 qo'sh tengsizlik esa yolg'on, chunki 4 < 10 tengsizlik rost bo'lsa ham tengsizlik yolg'ondir. [36]
1.3 Sonli ifodalarning tengligi va tengsizligi
Ikkita sonli ifoda A va В berilgan bo'lsin. Bu ifodalardan A = В tenglik va A > B, A< В va shunga o'xshash tengsizliklarni tuzishimiz mumkin. Bu tenglik va tengsizliklar jumlalar bo'lib, ular rost yoki yolg'on bo'lishi mumkin. A va В ifodalar bir xil sonli qiymatga ega bo'lsa, A = В rost hisoblanadi. Masalan, 2 + 7 = 3 • 3 tenglik rost, chunki bu tenglikning chap va o'ng qismlari 9 ga teng. 7 + 5 = 4 • 5 tenglik esa yolg'on, chunki uning chap qismi 12 ga, o'ng qismi 20 ga teng. 6 : (2 - 2) = 5 tenglik ham yolg'on, chunki 6 : (2 - 2) ifoda sonli qiymatga ega emas.
Shuni eslatib o'tamizki, agar faqat natural sonlar to'plamini qarasak, 4-8+ 10 = 2-3 tenglik yolg'on, chunki N to'plamda 4-8 ifodaning qiymati aniq emas. Biroq natural sonlar to'plamini kengaytirib va manfiy sonlarni kiritgandan keyin bu tenglik rost bo'ladi, chunki uning ikkalasi qiymati 6 ga teng.
Sonli ifodalarning tenglik munosabati refleksivUk, simmetfiklik va tranizitivlik xossalariga esa, ya'ni bu munosabat ekvivalent munosabatdir. Shuning uchun barcha sonli ifodalar to'plami ekvivalentlik guruhlariga bo'linadi, bu guruhlarga bir xil qiymatga ega bo'lgan ifodalar kiradi. Masalan, bitta ekvivalentlik guruhiga
5 + 1, 9 - 3, 2 • 3, 12 : 2 va boshqa ifodalar (ulardan har birining qiymati 6 ga teng) kiradi.
Yuqorida berilgan ta'rifdan, agar A = В va C = D tengliklar rost bo'lsa (bunda, A, B, C, D — sonli ifodalar), u hold a tegishli amallarni bajarish natijasida hosil bo'lgan
(A) + (C) = (B) + (D); (A) - (C) = (B) - (D);
(A) • (C) = (B) • (D); (A): (C) = (B): (D)
tengliklar ham rost bo'ladi.
A < В tengsizlikni (bunda, A va В — sonli ifodalar) biz rost deymiz, agar A va В ifodalar sonli qiymatlarga ega bo'lib, shu bilan birga A ifodaning sonli qiymati В ifodaning sonli qiymatidan kichik bo'lsa. Masalan, (18-3):5<3 + 4 tengsizlik rost, chunki (18 - 3): 5 ning qiymati 3 ga, 3 + 4 ning qiymati 7 ga teng, 3 < 7.
A = B, C< D ko'rinishdagi yozuvlar (bunda, A, B, C, D — sonli ifodalar) mulohaza (jumla) bo'lgani uchun biz ular ustida konyunksiya, dizyunksiya, implikatsiya va boshqa mantiqiy amal­larni bajarishimiz mumkin. Masalan, A < В tengsizlik A < В teng­sizlik va A - В tenglikning dizyunksiyasidir:
< В = (A < B) U (A = B).
< В tengsizlik A < В, А = В mulohazalardan aqalli bittasi rost bo'lsa ham rost bo'ladi. Masalan, (2 • 4 + 15) • 2 < 35 + 19 tengsizlik rost, chunki (2 - 4 + 15) • 2 ifodaning qiymati 46 ga teng, 35+19 ning qiymati esa 54 ga teng, 46 < 54 tengsizlik rost.
A < В < С qo'sh tengsizlik A < В va В < С tengsizliklar­ning konyunksiyasidir. Bu qo'sh tengsizlik A < В va В < С ten­gsizliklarning ikkalasi ham rost bo'lsa, rost bo'ladi. Masalan, 16 + 4<125:5<3-10 tengsizlik rost. Haqiqatan, 16 + 4 ning qiymati 20 ga, 125 : 5 ning qiymati 25 ga, 3 • 10 ning qiymati 30 ga teng. 20 < 25 va 25 < 30 bo'lgani uchun qo'sh tengsizlik rost bo'ladi.
1.4 O’zgaruvchili ifodalar
Ba'zan masala sharti sonlar bilan emas, balki harflar bilan belgilangan bo'ladi. Masalan, 3.1-band-dagi masalada shaharlar orasidagi masofa a km bo'lsa, javob bun-day bo'ladi:
(a- 3-20): (20 + 70). (1)
Agar masofa a km ga, velosipedchi va avtomobilning tezliklari, mos ravishda, b va с ga teng bo'lsa, javob bunday bo'ladi:
(a-3b):(b + c). (2)
Biz o'zgaruvchi qatnashgan ifodalar hosil qildik. (1) ifodada a o'zgaruvchi, (2) ifodada uchta — a, b va с o'zgaruvchi qatnashgan. Bu harflarga turli qiymatlar berib, turli masalalarni hosil qilamiz. Bu masalalarning har birining javobini topish uchun (1) yoki (2) ifodalardagi harflarga tegishli qiymatlami qo'shish kerak. Masalan, shaharlar orasidagi masofa 240 km, velosiped-chining tezligi 15km/soat, avtomobilning tezligi 50km/soat bo'lsa, (2) ifodada a ni 240 ga, b ni 15 ga, с ni 50 ga almashtirish kerak. Natijada qiymati 3 bo'lgan (240 - 3 • 15): (15 + 50) sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu holda avtomobil yo'lga chiqqandan 3 soat keyin uchrashuv sodir bo'ladi.
O'zgaruvchili ifodalar umumiy tushunchasining ta'rifi sonli ifodalar tushunchasining ta'rifi kabi ifodalanadi, bund a faqat o'zgaruvchi ifodalarda sonlardan tashqari harflar ham qatnashadi. Biz o'quvchiga bunday ifodalar yozuvining qoidasi tanish deb o'ylaymiz. Masalan, agar x va у o'zgaruvchilar qatnashgan ifodalar berilgan bo'lsa, sonlardan iborat (a; b) kortejlarning har biriga sonli ifoda mos keladi. Bu sonli ifoda harfiy ifodada x harfini a son bilan, v harfini b son bilan almashtirish orqali hosil bo'ladi. Agar hosil bo'lgan sonli ifoda qiymatga ega bo'lsa, bu qiymat x = a, y= b bo'lganda ifodaning qiymati deyiladi. O'zgaruvchili ifoda bunday belgilanadi: A(x), B(x; y) va h.k. Agar B(x; y) ifodada x ni 15 bilan, y ni 4 bilan almashtirsak hosil bo'lgan sonli ifoda В (15; 4) kabi belgilanadi.
O'zgaruvchili ifodalar predikat bo'lmaydi, chunki harf o'rniga sonli qiymat qo'yilsa, mulohaza emas, sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu sonli ifodaning qiymati «rost» yoki «yolg'on» bo'Imay, balki birorta son bo'ladi.
Bitta x harfi qatnashgan har bir ifodaga bu ifodaga qo'yish mumkin bo'lgan sonlardan, ya'ni bu ifoda aniq qiymatga ega bo'ladigan sonlardan iborat to'plam mos keladi. Bu sonlar to'plami berilgan ifodaning aniqlanish sohasi deyiladi. Ba'zi hollarda x qiymatiarning X sohasi oldindan ba'zi shartlar bilan chegaralangan bo'ladi. Masalan, x — natural son bo'lishi mumkin. U holda o'zgaruvchili ifodaga to'plamga (masalan, natural sonlar to'plamiga) tegishli qiyma^larnigina qo'yish mumkin. Agar ifodada bir nechta harf, masalan, x va v harflari boisa, bu ifodaning aniqlanish sohasi deyilganda shunday (a; b) sonlar juftlari to'plami tushuniladiki, x ni a ga, у ni 6 ga almashtirganda qiymatga ega bo'lgan sonli ifoda hosil bo'ladi.
Harfiy ifodalarda o'zgaruvchilarni nafaqat sonlar bilan, balki boshqa harfiy ifodalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, agar 3x + 2y ifodada x ni 5a - 2b ga, у ni 6a + 4b ga almashtirilsa, harfiy ifoda hosil bo'ladi:
3(5a - 2b) + 2(6a + 4b).
4Tenglamalarni oʻrgatish metodikasi bilan tanishtirish
Tenglamani yechish — bu uning barcha ildizlarini topish yoki ularning yoʻqligini (mavjud emasligini) isbot qilishdir. Baʼzan ildizlarga qoʻshimcha cheklashlar qoʻyiladi. Masalan, tenglama ildizlar faqat butun sonlar boʻlishi talab qilinishi mumkin.
Funksiya argumenti (baʼzan „oʻzgaruvchi“ deb ataladi) tenglamalarda nomaʼlum miqdor deb ataladi.
Oʻzgaruvchili
{\displaystyle f(x)=g(x)\,}
tenglik bir x oʻzgaruvchili tenglama deb ataladi. Oʻzgaruvchining f(x) va g(x) ifodalar bir xil son qiymatlar qabul qiladigan har qanday qiymati tenglamaning ildizi yoki yechimi deyiladi.

Download 47.59 Kb.
  1   2   3   4




Download 47.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 Sоnli va hаrfiy ifоdаlаr ustidа ishlаsh mеtоdikаsi

Download 47.59 Kb.