Men Sultanova Asal Boltaboy qizi, Yangibozor tumanidagi 11- son maktabda 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 17-iyungacha har kuni soat 8: 30dan 15: 30gacha pedagogik amaliyot o‘tadim




Download 17.67 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi17.67 Kb.
#90201
Bog'liq
Sultanova Asal.Hisobot
Referat Fizika, 9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va ma, 2 Sоnli va hаrfiy ifоdаlаr ustidа ishlаsh mеtоdikаsi, Чоршанбиева тулик охирги 2023 янги май 28 май 11111111111 303030, 697, @uqituvchiga hujjat Hakamlar qarori (1), - 500 тестов по ПКРЯ, Marketing strategik va taktik rejalashtirish va ularni amalga oshirish, salom, zaynab, Юсупова Шохида Хусаиновна, Analog va raqamli signallarga ishlov berish, Laboratoriya ishlari, mustaqil ish fayzullayev sardor 051-19

UrDUning Filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo’nalishi 195-guruh talabasi Sultanova Asal Boltaboy qizi 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 17-iyungacha o‘tagan pedagogik amaliyoti yuzasidan


HISOBOTI

Men Sultanova Asal Boltaboy qizi, Yangibozor tumanidagi 11- son maktabda 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 17-iyungacha har kuni soat 8:30dan 15:30gacha pedagogik amaliyot o‘tadim. 2023-yil 13-fevral kuni ertalab pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan konferensiya bo‘ldi. Unda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dots. S.Q.Matkarimova, pedagogik amaliyot uslubchi o‘qituvchilari ishtirok etib, bizga amaliyotnining asоsiy mazmuni, maqsadi, vazifalari haqida tushuncha berdilar va zarur ko‘rsatma hamda tavsiyalar berdilar. Men shu kuni amaliyot o‘tash uchun belgilangan Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 11-son maktabga yetib keldim va pedagogik amaliyotda belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarishga kirishdim. Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yaqoubov Murod menga ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Norbayeva Shahlo ustozni uslubchi o‘qituvchi sifatida birkitdi. Men amaliyotning dastlabki haftasida ta’lim muassasasi o‘quv hujjatlari, ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni bilan tanishib, fan o‘qituvchilarining olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatdim va malakali o‘qituvchilar – Norboyeva Shahlo(7-sinfda ona tili va adabiyoti fani), Gulimova Muyassar(9-sinflarda ona tili va adabiyoti fani), Rajabova Nargiza (6-7-sinflarga adabiyot)ning darsiga qatnashgan holda darsni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘ldim. Tajribali pedogoglarning pedagogik texnalogiyalarini o‘rgandim, Norboyeva Shahlo ustozning 07-aprelda 7“B” sinfda adabiyot fanidan o‘tgan “Alisher Navoiy g‘azallari” mavzusidagi, Gulimova Muyassar ustozning 18-aprelda 8-“A” sinfda ona tili fanidan “Morfologiya” mavzusidagi o‘tgan darslarining fan uslub birlashmasida bo‘lgan ochiq dars muhokamasida qannashdim.


Ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Rajabova Nargiza ustozga biriktirilgan 6 "A,B,D" sinflarga "Ravish va uning maʼno turlari" mavzusida ochiq dars olib bordim. Ushbu ochiq darsimda amaliyot davomida oʻrgangan metodlardan foydalandim bu oʻquvchilarni diqqatini jamlashga va ularni darsga qiziqtirishga, oʻquvchilarni guruhlarga boʻlib ishlash jarayonida ular oʻrtasida raqobatni kuchaytirishga katta yordam berdi. 1-martda boʻlib oʻtadigan "Zulfiyaxonim izdoshlari " tadbiriga 6-7- sinf oʻquvchilarini tayyorladim. Shuningdek, "8-mart xalqaro xotin -qizlar bayrami" va " Muhammad Yusuf tavalludining 69-yilligi" mavzusida tadbirlar oʻtkazdim.
Shuningdek, uslubchi o‘qituvchi Norboyeva Shahlo ustoz bilan birgalikda ona tili va adabiyot fani bo‘yicha darsda o‘tiladigan mavzular, sinfdan tashqari ishlar mavzusi, maqsadi va vazifalarini aniqladim va talab darajasida o‘tkazish yo‘llarini belgiladim. Amaliyotning keyingi haftalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib adabiyot fanidan namunali dars ishlanmasini ishlab chiqdim va mazkur darslarni zamon talablariga mos holda tashkil etdim. Maktabda birkitilgan uslubchi o‘qituvchi nazorati ostida 8 ta sinov darsini amalda mavjud bo‘lgan dasturga binoan mavzu bo‘yicha olib bordim, 2ta tarbiyaviy soat dars ishlanmasini ishlab chiqdim va o‘tkazdim. Amaliyot davomida ona tili va adabiyot fani bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlarni shakllantirish, tuzish va ularni tatbiq etish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib, nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashni o‘rgandim. Har kuni maktabda o‘tgan 6 soat davomida ta’lim va tarbiya ishlarini bajardim, maktabda metodik ishlarni uyushtirishda faol qatnashdim, uslub birlashma ishlari bilan tanishdim, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirdim. 2023-yil 17-iyun kuni soat 16:00da amaliyotni yakunladim.
Amaliyotchi talaba: ___________ Sultanova Asal 17.06.2023.
Download 17.67 Kb.




Download 17.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Men Sultanova Asal Boltaboy qizi, Yangibozor tumanidagi 11- son maktabda 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 17-iyungacha har kuni soat 8: 30dan 15: 30gacha pedagogik amaliyot o‘tadim

Download 17.67 Kb.