|
Farg’ona Davlat Universiteti Fizika-texnika fakulteti Texnologik ta’lim yo`nalishi 20. 16-guruh talabasi Xusanova Shahloxonning Farg’ona shahridagi xtbga qarashli 20-maktabda olib borgan malakaviy amaliyoti davrida qilgan ishlari yuzasidan
|
Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 15,36 Kb. | | #160053 |
Bog'liq hisobot Sh
Farg’ona Davlat Universiteti Fizika-texnika fakulteti Texnologik ta’lim yo`nalishi 20.16-guruh talabasi Xusanova Shahloxonning Farg’ona shahridagi XTBga qarashli 20-maktabda olib borgan malakaviy amaliyoti davrida qilgan ishlari yuzasidan
HISOBOTI
Men Xusanova Shahloxon 14.03.2022 dan 9.04.2022 gacha Farg’ona shahridagi XTBga qarashli 20- maktabda pedagogik amaliyotda bo’ldim. Malakaviy amaliyot oldi konferensiyada ishtirok etib, amalyot davrida qanday vazifalar bajarishimni bilib oldim. Konferensiyada bizga Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri S.Otajonov va kafedra katta o‘qituvchilari B.Karimov, T.Ahmedov,D.Yuldashaliyev, B.Razzoqovlar nutq so’zlashdilar. Konferensiyadan so’ng amaliyot rahbarim bilan o’taydigan ta’lim muassasasiga bordik. Malakaviy amaliyot davrida qilgan ishlarimni kundalik daftarimga yozib bordim. O’quv ish reja, ma’naviy-ma’rifiy ish reja ,kundalik.comni va sinfi ish rejasini tuzishni o’rgadim. Amaliyot davrida usbu o’quv reja asosida dars o’tdim. Darsdan tashqari vaqtimda ta’lim muassasidagi ochiq darslarni tahlil qilish uchun kirdim va darsning kuzatish natijasida o’zimga kerakli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ldim.
Menga biriktirilgan sinf bilan turli xil tadbirlar tashkilladim. Guruh tarkibini o’rgandim. O’quvchining oilaviy sharoiti bilan tanishdim. Amaliyot davomidagi,dars kuzatish jarayonida turli xil pegagogik mahoratlarni va har xil metodlarni o’rgadim. Shu bilan birga dars o’tish uslublari, o’quv qurollari va ko’rgazmali qurollardan foydalanishni hamda o’quvchilar bilan ishlashni o’rgandim. Maktab faoliyatida asosiy dars o’tish vaqtni hisobga olishni o’rgandim. Dars o’tish jarayonini 1-bosqichida o’tgan mavzuni takrorlash, 2- bosqichida yangi mavzuni tushuntirish, 3- bosqichida yangi mavzuni takrorlash, 4-bosqichda yangi mavzu bo’yicha uy vazifasini berish tartiblarini o`rgandim.
Hisobotim so‘ngida men shuni aytishim mumkinki ushbu malakaviy amaliyot davrida pedagog bo‘lishim uchun juda zarur bo‘lgan ma‘lumotlarga ega bo‘ldim. Ushbu bilimlarimni kelajakdagi o‘z faoliyatimda qo‘llayman.
Maktab direktori: ____________________
Amaliyot rahbari: ____________________
Amaliyotchi talaba: _____________________
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Farg’ona Davlat Universiteti Fizika-texnika fakulteti Texnologik ta’lim yo`nalishi 20. 16-guruh talabasi Xusanova Shahloxonning Farg’ona shahridagi xtbga qarashli 20-maktabda olib borgan malakaviy amaliyoti davrida qilgan ishlari yuzasidan
|