O’quvchilarda masalalarni tenglama tuzib yechishga o’rgatish ko’nikmasini shakllantirish




Download 115,11 Kb.
bet6/8
Sana10.12.2023
Hajmi115,11 Kb.
#115142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Teng
Biologiya yillik reja 2023-yil, Coca Cola, TENGLAMA VA TENGSIZLIK(Krillcha), portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili

3. O’quvchilarda masalalarni tenglama tuzib yechishga o’rgatish ko’nikmasini shakllantirish


Masalalarni tenglamalar yordamida yechishning ahamiyatini bilishdan avval bu usulning mohiyati nimadaligini ko’ramiz. Quyidagi masalani tenglama tuzish yo’li bilan yechish kerak bo’lsin: «Sayohatga 23 erkak va bir nechta ayol jo’nadi. Ularning hammasi 25 kishidan bo’lib, 2 avtobusga joylashdilar. Sayohatga nechta ayol jo’nagan?».
Sayohatga jo’nagan ayollar sonini biror harf, masalan, x bilan belgilaymiz.

Tenglik hosil qilish uchun turli bog’lanishlarni ajratib ularga muvofiq, ravishda ifodalar hosil qilish mumkin va ularni tenglab tenglama hosil qilish mumkin:



    1. Masala shartida aytilgan: h a m m a erkaklar va ayollar av- tobusda jo’nab ketdilar, demak; sayohatga nechta erkak va ayol ketganini (28 + x) hamda nechta erkak va ayol avtobusga joylash- ganligini ifodalash mumkin (25 - 2); so’ngra bu ifodalarni tenglash kerak, u holda 28 + x = 25 • 2 tenglama hosil bo’ladi; bu tenglamani echib, masala savoliga javobni hosil qilamiz.

    2. Masala shartida aytilgan: har bir avtobusga 25 kishidan o’tirgan, demak, har bir avtobusdagi sayyohatchilar sonini boshqa sonlar bilan ifodalash

mumkin va hosil bo’lgan ifodani 25 ga tenglash mumkin, u holda (28 + x) :2 = 25 tenglama hosil bo’ladi.
Xuddi shunday fikr yuritib, boshqa tenglamalarni ham hosil qilish mumkin.

Shunday qilib, masalani tenglamalar tuzish yordamida yechish uchun noma’lum sonni (izlanayotgan yoki boshqa noma’lum sonni) harf bilan belgilaiadi, masala shartida noma’lumni o’z ichiga olgan tenglikni (tenglamani) tuzishga imkon beradigan bog’lanishlarni ajratiladi, mos ifodalarni yoziladi va tenglik tuziladi.Hosil bo’lgan tenglama echiladi. Bunda hosil qilingan tenglama echimini masala mazmuni bilan bog’lanmaydi. Istalgan masalani shu ko’rsatilgan rejaga amal qilib tenglama tuzish yuli bilan yechish mumkin. Masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish usulining universalligi ham shundadir. Bundan tashqari, ko’rinib turganidek, masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish usuli tenglama tushunchasini egallashga yordam beradi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardan boshlaboq, masalalarni tenglamalar tuzish yo’li bilan yechishga o’rgatish ma’lum tizimda olib boriladi.


Masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechishga o’rgatish metodikasida ikkita bosqich ko’zda tutiladi: ularning birinchisida masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechishga tayyorgarlik ko’riladi, ikkinchi bosqichda esa masalalar sharti bo’yicha tenglamalar tuzishning turli usullari qaraladi, bu usullarni egallash esa o’quvchilarni dasturda ko’zda tutilgan masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish ko’nikmasini egallashlariga olib keladi.
Masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechishga t a y y o r g a r l i k b o s q i ch i d a o’quvchilarda avvalo tenglama bu noma’lum sonni o’z ichiga olgan tenglik ekanligi haqida tasavvur va tenglamani arifmetik amallarning natijalari hamda komponentalari orasidagi bog’lanishlarni bilish asosida yechish ko’nikmasi shakllantirilishi lozim.
Masalalarni tenglamalar yordamida yechish ko’nikmasining shakllanishi uchun zaruriy shart ifodalarning shartlari bo’yicha ularni tuza olish ko’nikmasidir. Shuning uchun I sinfdan boshlab masalalarni ifodalar ko’rinishida yozish kiritiladi.
Tayyorgarlik bosqichida bolalarni sonli tengsizliklar yordamida sonli tengliklar tuzishga (tengsizliklarni tengliklarga almashtirishga) o’rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Buni I sinfdan boshlab olib boriladi. I sinfda bunday mashqlar ko’rsatma qo’llanmalar yordamida bajariladi. Masalan, yuqori qatorga 6ta, pastki qatorga 8 ta kvadrat qo’yish tavsiya qilinadi, so’ngra o’quvchilar pastki qatorda yuqoridagidan 2 kvadrat ko’pligini, yuqori qatorda esa pastdagidan 2 ta kvadrat kamligini aniqlaydilar. So’ngra bunday vazifa qo’yiladi: pastda qancha kvadrat bo’lsa, yuqorida ham shuncha kvadrat bo’lishi uchun nima qilish kerak (yana 2 kvadrat qo’yish kerak) va yuqorida qancha kvadrat bo’lsa, pastda ham shuncha kvadrat bo’lishi uchun nima qilish kerak. (2 ta kvadrat olib quyiladi). II sinfda o’quvchilar tegishli bilimlarga ega bo’lganliklari tufayli shunga o’xshash mashqlar ko’rsatma qo’llanmalardan foydalanmasdan bajariladi.
Masalan, 14 va 9 sonlarini taqqoslash (14 > 9) hamda 14 soni 9 dan qancha kattaligini bilish (14 — 9 = 5) taklif qilinadi. Co’ngra tenglik hosil qilish uchun tengsizlikning chap tomonida turgan sonni qanday o’zgartirish kerakligi (12 dan 5 ni ayirish) va tenglik hosil qilish uchun tengsizlikning o’ng tomonida turgan sonni qanday o’zgartirish kerakligi (9 ga 5 ni qo’shish) aniqlanadi. Sonlarni karrali taqqoslashda ham tengliklar shunga o’xshash tuziladi. Bajariladigan almashtirishlarni bunday yozish maqsadga muvofiq bo’ladi:
14 > 9 8 < 24

14 - 9 = 5 24 : 8 = 3


14 - 5 = 9 8 • 3 = 24


14 = 9 + 5 8 = 24 : 3





Download 115,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 115,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quvchilarda masalalarni tenglama tuzib yechishga o’rgatish ko’nikmasini shakllantirish

Download 115,11 Kb.