8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi




Download 115,11 Kb.
bet7/8
Sana10.12.2023
Hajmi115,11 Kb.
#115142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Teng
Biologiya yillik reja 2023-yil, Coca Cola, TENGLAMA VA TENGSIZLIK(Krillcha), portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili
Ill sinfda bunga o’xshash mashqlar sal boshqacharoq beriladi, masalan:
«Quyidagi jumlani tenglik ko’rinishida yozing: 360 soni 40 sonidan 9 marta katta».
O’quvchilar uchta tenglik tuzishlari mumkin: 1) Agar katta sonni kichik songa bo’lsak, bo’linma to’qqizga teng bo’ladi (360 : 40 = 9);

  1. Agar katta sonni kichik songa bo’lsak (9 marta kamaytiramiz), bo’linma kichik songa teng bo’ladi (360 : 9 = 40);

  2. Agar kichik sonni 9 ga ko’paytirsak, ko’paytma katta songa teng bo’ladi (40

  • 9= 360).

M a s a l a l a r n i t e n g l a m a l a r t u z i s h y o r d a m i d a y echish (II bosqich) 2- 4 sinflarda qaraladi, bunda sodda masalalar ham, murakkab masalalar ham yechiladi.



  1. sinfda noma’lum komponentani topishga doir sodda masalalarni yechish kiritiladi. Masalan, quyidagi masala beriladi: «Qutichada 12 ta yong’oq, bor edi. Qizcha bir nechta yong’oqni yeganidan so’ng, qutichada 5 ta yong’oq qoldi. Qizcha nechta yong’oq, yegan?» Tenglama tuzayotib o’quvchi quyidagicha mulohaza yuritadi: «Qizcha yegan yong’oqlar sonini x bilan belgilayman, unda 12 ta yong’oq, bor edi, x ta yongoq yedi va 5 ta yong’oq qoldi, tenglamani yozaman: 12 — x = 5». Garchi o’quvchilar bu erda tenglama tuzayotganlarida masala shartidan ko’rinib turgan ishlar ketma-ketligiga amal qilgan bo’lsalar ham, lekin bunday ish juda muhimdir: bu holda bolalar masala sharti bo’yicha tenglama tuzish mumkin degan fikrga ko’nikadilar, bundan tashqari, tenglamalarni yechishda asos bo’ladigan noma’lum komponentani topish qoidalari haqidagi bilimni egallaydilar. II sinfda ko’paytirish va bo’lish amallarining noma’lum komponentalarini topishga doir sodda masalalar echiladi. 3-4 sinflarda sodda masalalarning sharti bo’yicha tenglamalar tuziladi. Shu munosabat bilan ayirma tushunchasiga bog’liq, bo’lgan sodda masalalarni echish alohida qiziqish uyg’otadi. Haqiqatan ham, bunday masalalarni yechishda tenglama tuzayotib, o’quvchilar noma’lum sonni o’z ichiga olgan tenglik tuzganlarini yaxshiroq anglaydilar.

Quyidagi masalaning uch usul bilan yechilishini qaraylik: «Noma’lum son 42 dan 9 ta kichik. Noma’lum sonni toping». Masala shartini chizma bilan tasvirlash foydali (1-rasm). Tenglamalar tuzishni tushuntirish taxminan bunday bo’ladi:

  1. 42 – x=9; masala shartidan 42 va x sonlarining ayirmasi 9 ga tengligi ma’lum;

  2. x + 9 = 42 — agar noma’lum son 42 dan 9 ta kichik bo’lsa, u holda uni 9 ta orttirib, 42 ga teng yig’indini hosil qilamiz;

  3. x = 42 — 9 - agar 42 noma’lum sondan 9 ta ortiq bo’lsa, uni 9 ta kamaytirib, noma’lum songa teng ayirmani hosil qilamiz.

1- rasm.


Tenglik munosabatini namoyish qilish uchun pallali tarozidan ham foydalanish mumkinligini aytib o’tamiz. Masalan, quyidagi masala beriladi: «Yosh tabiatshunoslar bodring urug’i yig’dilar. Bir paketga ular 100 g urug’, ikkinchisiga esa 20g kam urug’ soldilar. Ikkinchi paketda necha g urug’ bor edi? Tenglik shartini quyidagicha namoyish qilish mumkin

  1. tarozi pallalariga bittadan paket qo’yiladi, so’ngra kichik massali paketga 20 g li tosh qo’yiladi (x + 20 = 100);

  2. tarozi pallalariga bittadan paket qo’yiladi, so’ngra katta massali paketdan 20g urug’ olinadi (x= 100 — 20); 3) pallalardan biriga massasi 100 g li paket, ikkinchisiga 20g li tosh qo’yiladi co’ngra tarozi muvozanatga kelgunicha paketdan ypyg’ olinadi (100 — x = 20).

Boshqa ko’rsatma qo’llanmalardan, masalan, qog’ozdan qirqilgan poloskalardan va hokazolardan foydalanish ham mumkin.
III sinfdan boshlab murakkab masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish kiritiladi.
Murakkab masalalarni yechishda ularning shartlari bo’yicha tenglama tuzish qiyinroq, chunki bu erda sodda masalalarda farqli o’laroq berilgan sonlar va izlanayotgan son orasida bitta emas, balki bir nechta bog’lanishni aniqlash lozim. Shuning uchun boshlang’ich sinflarda, masala sharti bo’yicha tenglamalar tuzish ishini boshlayotganda bolalarga tenglamalar tuzishning turli ba’zi usullarini o’rgatish kerak, bu usullar sekin-asta kiritiladi.
Dastlab, shunday masalalar beriladiki, ularning ifodalanishi tenglamani masala shartiga muvofiq tuzish imkonini beradi. Masalan: «Talabalar xonasi uchun 8 ming so’mdan bir nechta stul va 45 ming so’mga stol sotib olindi. Barcha mebelga 141ming so’m to’landi. Nechta stul sotib olingan?» Tenglamani tuzayotib, o’quvchilar bunday mulohaza yuritadilar: «Stullar sonini x bilan belgilaymiz; stullarga to’langan pulni ifodalaymiz.8 0 0 0 x; barcha mebelga to’langan pulni ifodalaymiz. 8000•x+ 45000; ma’lumki, barcha mebel 141ming so’m turardi, tenglama tuzamiz: 8000 • x + 45000 = 141000. So’ngra o’quvchilar tuzilgan tenglamani yechadilar. Bunday masalalarni echishda og’zaki mulohaza yuritiladi, tenglama esa mulohaza jarayonida yozib boriladi. Bunday masalalarni yechish bilan o’quvchilar tenglamalar tuzish yordamida faqat sodda masalalarnigina emas, balki murakkab masalalarni yechish mumkin degan fikrga ko’nikadilar.
So’ngra «bahosi bir xil», «bir xil masofani bosib o’tdilar» va h. k. kabi tenglik munosabati oshkor ifodalangan murakkab» masalalar kiritiladi: masalan, quyidagi masala ko’rilyapti; «Akasi 2000 so’mga chizg’ich va yangi o’chirg’ich sotib oldi, singlisi esa 2 ta 1400 so’mlik daftar sotib oldi. Qarasalar, bir xil pul sarf qilibdilar. O’chirg’ich qancha turadi?» Masalani o’qigandan so’ng bolalar uni qisqa yozadilar, bunda ular aka-singil bir xil (baravardan) pul sarf qilganliklarini aniqlaydilar.
O’chirg’ich bahosini harf bilan belgilab, bolalar to’langan pullarni ifodalaydilar:
2000 + x (so’m) — akasi to’lagan pul; 1400 • 2 (so’m) — singlisi to’lagan pul.
To’langan pullar teng bo’lgani uchun tenglama tuzish mumkin:



Download 115,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 115,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-ma’ruza. Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi

Download 115,11 Kb.