|
8 Mavzu. Dinamikani statistik o`rganish usullari reja ijtimoiy iqtisodiy hodisalar dinamikasi to’g’risida tushuncha. Dinamika qatorlari, ularning ahamiyati va turlari
|
bet | 6/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 58,28 Kb. | | #253184 |
Bog'liq 8-MAVZU (2)Mavzu bo’yicha TAYANCH IBORALAR
Dinamika qatorlari deb ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni ma’lum davr (vaqt) ichida tavsiflovchi raqamlardan tashkil topgan qatorlarga aytiladi.
Dinamika qatorlarni ifodalovchi raqam miqdorlar daraja (D) deyiladi.
Hodisa, jarayonlarning ma’lum davr ichidagi holatini ifodalovchi darajalardan tuzilgan dinamika qatorlar davriy dinamika qatorlar deyiladi.
Hodisalarning ma’lum bir sanadagi, paytdagi holatini ifodalovchi darajalardan tashkil topgan dinamika qatorlari payt (momentli) dinamika qatorlari deyiladi.
Mutloq miqdorlar asosida hisoblab topilgan o’rtacha va nisbiy miqdorlar qatorlari hosilaviy dinamika qatorlari deyiladi.
Mavzu bo’yicha talabalarning bilishi lozim bo’lgan SAVOLLAR
1. Dinamika qatorlari mohiyati va ularni tashkil etuvchi elementlar.
2. Dinamika qatorlarni tuzishda talab qilinadigan shart - sharoit va qoidalar.
3. Dinamika qatorlarning turlari.
4. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qo’llanadigan asosiy ko’rsatkichlar.
5. Mutloq o’zgarish (qo’shimcha o’sish yoki kamayish) qanday hisoblanadi.
6. O’zgarish sur’ati (o’sish yoki kamayish sur’ati) qanday hisoblanadi va uning mohiyati nima.
7. Qo’shimcha o’zgarish (o’sish yoki kamayish) sur’ati qanday hisoblanadi.
8. Dinamika qatorlarda o’rtacha daraja qanday hisoblanadi.
9. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda davr oralig’ini kengaytirish (kattalashtirish) usulining mohiyati nima.
10. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda o’rtacha sirg’anma usulining mohiyati nima.
11. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda analitik tekislash usulining mohiyati nima?
12. Dinamika qatorlarda mavsimiylik ta’siri qanday aniqlandi.
13. Interpolyasiya mohiyati va hisoblash usullari.
14. Ekstrapolyasiya mohiyati va hisoblash usullari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
8 Mavzu. Dinamikani statistik o`rganish usullari reja ijtimoiy iqtisodiy hodisalar dinamikasi to’g’risida tushuncha. Dinamika qatorlari, ularning ahamiyati va turlari
|