|
Dinamika qatorlarining o’rtacha darajasini hisoblash va tahlil ko’rsatkichlari
|
bet | 2/6 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 58,28 Kb. | | #253184 |
Bog'liq 8-MAVZU (2)2. Dinamika qatorlarining o’rtacha darajasini hisoblash va tahlil ko’rsatkichlari
Dinamika qatorlarda ham umumiy tasvirini berish uchun ularning o’rtacha darajalari hisoblanadi. Dinamika qatorlarda o’rtachani hisoblash, ularning xususiyatiga, qator turiga bog’liq. Davriy dinamika qatorlarida teng oraliq davrlari berilgan bo’lsa, o’rtacha mutloq darajani hisoblash uchun oddiy arifmetika o’rtacha formulasidan foydalanamiz.
Misol: korxona, 2004 yilda 4560,0 ming so’mlik, 2005 yilda 5400,0 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqargan bo’lsa, o’rtacha ushbu yillarda
ming so’mni tashkil etadi.
Payt dinamika qatorlarda darajalarning soni va oraliqlarga bog’liq holda o’rtacha quyidagicha hisoblanadi.
1) Dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko’p bo’lib, qator oraliqlari teng bo’lsa, ularning o’rtachasi xronologik o’rtacha formulasidan foydalanib topiladi.
2) Dinamika qatorlar darajasi 3 va undan ko’p, lekin qator oralig’idagi vaqt teng emas, bu holda tortqichli arifmetik formuladan foydalanib, qatorlar o’rtachasi topiladi:
3) Agarda payt dinamika qatorda faqatgina 2 ta ma’lumot, boshlang’ich va oxirgi miqdor aniq bo’lsa, u holda oddiy arifmetik o’rtacha formulasidan foydalanamiz.
Statistika eng muhim vazifalaridan biri, o’rganilayotgan hodisalarning o’zgarishlarini, o’zgarish yo’nalishlari (trendlarni) aniqlashdan iboratdir. SHuning uchun ham statistikada dinamika qatorlarni tahlil qilish uchun qator darajalari o’zgarishining quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi:
- mutloq o’sish yoki kamayish ((D);
- o’sish yoki kamayish sur’ati (O’zgarish sur’atlari);
- qo’shimcha o’sish yoki kamayish sur’ati;
- bir foiz qo’shimcha o’sish yoki kamayishning mutloq qiymati.
Dinamika qatorlarning bu ko’rsatkichlari ikki darajalarni (miqdorlarni) biri - biriga taqqoslab olinadi.
Qator darajalari ko’p bo’lganda taqqoslashda zanjirsimon va bazisli usular bilan ko’rsatkichlar hisoblanishi mumkin. Agarda har bir miqdor (daraja) o’zidan oldingi miqdor (daraja) bilan navbatma - navbat taqqoslansa zanjirsimon ko’rsatkich olinadi. Agarda keyingi har bir daraja oldingi bitta (har doim) daraja asos (bazis) qilib olinib, o’shanga nisbatan taqqoslansa bazis ko’rsatkichi olingan bo’ladi.
|
| |