Mavsumiylik, interpolyasiya va ekstrapolyasiya tushunchalari mohiyati




Download 58,28 Kb.
bet5/6
Sana25.05.2024
Hajmi58,28 Kb.
#253184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-MAVZU (2)

5. Mavsumiylik, interpolyasiya va ekstrapolyasiya tushunchalari mohiyati
Dinamika qatorlar darajalariga mavsum katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu holat qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va ularni qayta ishlovchi korxonalar ma’lumotlarida, qish va yoz oylarida elektrenergiya, gaz, suv harajatlarida. Statistika mavsumiylik deganda yil ichidagi o’zgarish tushuniladi. Mavsumning dinamika qatorlar darajasiga ta’sirini aniqlash maqsadida mavsumiylik indeksidan foydalaniladi.
Mavsumiylik indekslari haqiqiy ma’lumotlar asosida yoki sirg’anma, tekislash ma’lumotlari asosida ham hisoblanish mumkin.


yoki
Mavsumiylik indeksi ishonarli bo’lishi uchun dinamika qatorlarning uch yillik ma’lumotlari (oylar bo’yicha) olinadi. Demak mavsumiylik indeksida oylar bo’yicha hisoblangan o’rtachaning uch yillik umumiy o’rtachaga nisbati foizlarda olinadi.
Interpolyasiya deyilganda dinamika qatorlar orasidagi noma’lum darajani aniqlash tushuniladi. Noma’lum darajani aniqlash danamika qatorlar qanday tuzilganiga qarab, quyidagi usullarning biri bilan aniqlanadi:
- noma’lum darajaning ikki yonidagi raqamlar o’rtachasini hisoblash bilan;
- qo’shimcha yoki o’rtacha qo’shimcha mutloq o’zgarish (o’sish yoki kamayish) ko’rsatkichlari bilan;
- qo’shimcha yoki o’rtacha qo’shimcha o’sish sur’atlari ko’rsatkichlari yordamida.
Statistikada dinamika qatorlarni o’rganishning asosiy maqsadi hodisalarning o’zgarish asosiy tendensiyasini aniqlash bilan birga, ularning kelajakda qanday bo’lishini bashorat qilishdir. Dinamika qatorlarning kelajak davr yoki perspektiv darajalarini bashorat (prognoz) qilish ekstrapolyasiya deyiladi. Bashorat qilish uchun hodisalarning katta dvrdagi haqiqiy darajalari dinamika qatorlari o’rganib chiqiladi. O’zgarishlarning turlicha bo’lganligi sababli, ekstrapolyasiyada ham har xil usullar qo’llanadi.
Agarda dinamika qatorlarda mutloq o’sishlar doimiy va bir xil darajada bo’lsa, unga o’rtacha arifmetik usulda o’rtacha mutloq o’sishni topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstrapolyasiya qancha davrga mo’ljallanganiga qarab, qo’shib beriladi.
Agarda o’rganilayotgan dinamika qatorlarda o’sish koeffitsientni doimiy xarakterga ega bo’lsa, uning o’rtacha o’sish koeffitsientini hisoblab, dinamika qatorlar oxirgi darajalarini bu o’rtacha o’sish koeffitsientiga ko’paytirib, bashorat qilinadigan davrlar darajalarini aniqlash mumkin.
Hodisa va jarayonlar doimo o’zaro bog’lanishda mavjud. Dinamika qatorlarni o’rganganda, bir ko’rsatkichlarning ikkinchisi bilan bog’liqligi aniqlanadi. SHuning uchun dinamika qatorlari darajasini boshqa unga bog’liq ko’rsatkich o’zgarish aniq bo’lsa, unga asosan ekstrapolyasiya qilish mumkin. Misol, xududda bolalarning tabiiy o’sish sur’ati t davrgacha aniq bo’lsa, bolalarning o’sishi va ular iste’mol qiladigan mahsulot o’rtasidagi bog’lanish asosida, t davrgacha bolalar iste’moli uchun zarur bo’ladigan mahsulotmiqdorini bashorat (ekstrapolyasiya) qilish mumkin.
Dinamika qatorlarni analitik tekislash usullaridan foydalanib, ham ekstrapolyasiya qilish mumkin. Iqtisodiy bashoratda qanday usulni qo’llash, dinamika qatorlar xususiyatiga bog’liq, Lekin har safar dinamika qatorlarni chuqur o’rganmasdan, ulardagi o’zgarishlarni o’zgarishlarning umumiy yo’nalishini aniqlamasdan, ekstrapolyasiyani amalga oshirish mumkin emas.



Download 58,28 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 58,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavsumiylik, interpolyasiya va ekstrapolyasiya tushunchalari mohiyati

Download 58,28 Kb.