• Kopirli-frezalash stanoklari
  •  Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy




    Download 354,72 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana13.05.2024
    Hajmi354,72 Kb.
    #229660
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    8 Lecturre

     
    8.4. Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy 
    tushunchalar 
    Shponka frezalash stanoklari shponka pazlarini frezalash uchun xizmat qiladi. Bir 
    shpindelli vertikal shponka frezalash stanogi (12.7-rasm)da shpindel freza bilan birga 
    bosh harakat—aylanma harakat oladi. Bundan tashqari paz o'qi bo'ylab to'g`ri chiziqli 
    surish harakatiga ega bo'ladi va paz bo'yicha yurishning oxirida vertikal surish harakatini 
    ham oladi. Ishlov beriladigan zagotovka stolga o'rnatiladi. 
    6Д92 modelli shponka frezalash stanogi yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlay. 
    5.6-rasm. Vertikal shponka frezalash stanogi:
    l-plita; 2-stanina; 3- kallak; 4-karetka; 5-stol; 6-konsol. 
    Har yurishning oxirida karetkaning vertikal surilishi avtomatik tarzda sodir bo'ladi. 
    Ishlov berish jarayonida paz kengligi (5)ning farqlanishi 0,02-0,03 mm dan ortmaydi. 
    Yuza tozaligi 6-7 sinflarga yetadi. Kesuvchi asbob—shponka frezasini 15-20 
    martagacha qayta charxlash mumkin, ish unumdorligi 2-3 marta ortadi. 
    Kopirli-frezalash stanoklari
    kulachok, shablon, press-forma, shtamp, turbina 
    parraklari, murakkab korpus tipidagi detalarning shakl-dor yuzalariga ishlov berish 
    uchun mo'ljallangan. Ishlov berish kopir (shablon) bo'yicha bajariladi; kopir ko'pincha 
    ishlanayotgan detalga nisbatan 1:1 masshtabida tayyorlangan bo'ladi. 
    Kopirli frezalash stanoklari quyidagi prinsip bo'yicha ishlaydi: stanok bajaruvchi 
    mexanizmi (freza bilan birga)ning harakati kopirlash qurilmasining sezgir elementi 
    (shup, nakonechnik)ning harakati bilan bog`langan bo'lishi zarur. Sezgir element (shup) 
    kopirning pro-filiga tegib turadi. Shu tufayli kopirli frezalash stanoklarining tarkibida 
    kuzatuvchi yuritma bo'lishi kerak. Ishlash prinsipi bo'yicha kuzatuvchi yuritmalarning 
    gidravlik, mexanik, elektrik va elektrogidravlik turlari bo'ladi. 
    Kopirlash ishlari ikki turga ajratiladi: kontur bo'yicha kopirlash (tekislikdagi yassi 
    egri chiziqlar bo'yicha ishlash (5.8-rasm) va hajmiy kopirlash (yuzalarga ishlov berish). 



    Download 354,72 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 354,72 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy

    Download 354,72 Kb.
    Pdf ko'rish