10— kо 'ndalang salazkalar;
11- konsol;
12- surish qutisi.
5.1-rasm. 6T80Sh modelli keng universal frezalash stanogi.
Gorizontal (asosiy) shpindel quwati 3 kW li elektr dvigateldan harakat olib 12 xil
chastotali (n
shp
= 50...2240 min
-1
) aylanishga ega. Vertikal shpindel buriluvchan snpindel
kallagida joylashib quvvati 1,1 kW li elektr
dvigateldan harakat olib, u ham 12 xil
chastotali (n
shp
=56...2500 min
1
) aylanishga ega. Shpindel kallagi bo'ylama yo'nalishda
±45° ga, ko'ndalang yo'nalishda staninaga qarab 30°, stani-nadan esa 45° ga qo'lda
buriladi va mahkamlab qo'yiladi.
Surish yuritmasi konsolga joylashtirilgan; harakat 0,75 kWli elektr dvigateldan
boshlanib surish qutisi orqali qadami t=6 mm li yurgizish vintlariga uzatiladi. Stol 18 ta
surish qiymatlariga ega (bo'ylama va ko’ndalangiga s
b
=s
k
=20... 1000 mm/min, vertikal
yo'nalishda esa 10...500 mm/min), bu harakatlar qo’lda va
mexanik usulda bajarilishi
mumkin.
Frezalash stanoklarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida
zagotovkani o’rnatish uchun quyidagi turli moslamalar qo’llanilib, ularga qo’shimcha
ishchi va yordamchi harakatlar uzatiladi:
1.Buriluvchan stollar, ularning diametri 320, 400, 500 va 630 mm. Zagotovkani
pnevmatik yoki gidravlik yuritma yordamida mahkamlash; stolning o'zi mexanik tarzda
burilish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.
2.
Bo’lish kallaklari zagotovkani belgilangan burchak ostida o’rnatib ishlash,
davriy tarzda zagotovkani uning o’qi atrofida burish (bo’lish) va vintsimon yuzalarga
ishlov berishda zagotovkani to’xtovsiz aylantirib turish uchun xizmat qiladi. Bo’lish
kallaklari yordamida tishli g’ildiraklarning
tishlarini, bolt va gayka kallagining
yoqlarini,
parma,Zenker,
razvyortkalarning
spiral
ariqchalarini
frezalash
mumkin.Bo’lish
kallaklarining
asosiy
o’lchami—o’rnatiladigan
zagotovkaningmaksimal diametri bo’lib , u 160, 200, 250, 320, 400 va 500 mm ga teng
bo’ladi. Kallaklar to’g’ridan-to’g’ri bo’lish, universal va optik turlariga bo’linadi.
Ko’proq universal bo'lish kallaklari (UBK) qo’llanilib, ularda bo'lish uch usulda
bajariladi: to’g’ridan-to’g’ri bo'lish, oddiy bo'lish va differensial bo'lish.
Optik bo'lish kallaklari juda aniq bo'lish ishlarida va bajarilgan bo'lishni
nazorat
qilishda foydalaniladi.
Konsolli-vertikal frezalash stanoklari gorizontal stanok asosida qurilib, ularda
xobot qismi bo'lmaydi, staninaning yuqori qismi biroz o'zgartirilib,
unga shpindel
kallagi o'rnatilgan bo'ladi. Shpindel vertikal o'qli. Ba'zi stanoklarda shpindel kallagi
gorizontal o'q atrofida burilishi mumkin.
Shunday qilib, konsolli-frezalash stanoklari quyidagi variantlarda chiqariladi:
Gorizontal (modellari 6R80G, 6R81G, 6R82G, 6R83G,... 6T82,..);
Vertikal (modellari 6P10, 6P11, 6P12, 6P13, 6P12B, 6M1 IK,...);
Universal (modellari 6P80, 6P81, 6P82, 6P83,..);
Keng universal (modellari 6R80Sh, 6R81Sh, 6R82Sh, 6R83Sh, 6T80Sh,...).