641 modelli kopirli-frezalash stanogi
yassi kopir bo'yicha, shuningdek hajmiy
kopirlash prinsipi bo'yicha ishlaydi. Stanokda kuzatuvchi
yuritmalarning mexanik
turlaridan bo'lgan pantograf (to'rt zvenoli sharnirli parallelogramm) qo'llangan. Bu
stanokda kopirlash masshtabi 1:1,5+1:10 oralig`ida bo'lishi mumkin.
5.8
-rasm. Kontur bo'yicha frezalash sxemasi.
6Б443 modelli kopirli-frezalash stanogi yarim avtomat siklida ishlab , surishlarning
elektrogidravlik kuzatuvchi yuritmasiga ega. Stanok kopir bo'yicha fazoviy murakkab
shaklga ega bo'lgan shtamp, kokil, press-formalarni tayyorlashda qo'llaniladi.
ЛР397ФЗ modelli kopirli-frezalash stanogi raqamli dastur bo'yicha boshqarilib,
fazoviy
murakkab shakldagi press-forma, matritsa, shtamplar va shunga o'xshash
detallarni ishlab chiqarishda foydala-niladi. Bu stanokda frezalash, parmalash va teshik
kengaytirish
operatsiyalarini, shuningdek raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan
frezalash stanoklari uchun boshqarish dasturlarini tayyorlash mumkin.
Stanok tezkor
harakatlanuvchi kuzatish yuritmasiga ega.
Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar
1.
Frezalash jarayonini ta'riflang va frezalash guruhi stanoklarining asosiy tiplarini
keltiring.
2.
Konsolli frezalash stanoklarining turlari va vazifalarini izohlang.
3.
Konsolsiz, bo'ylama-frezalash va uzluksiz harakatdagi frezalash stanoklarining tasnifi
va vazifalarini izohlang.
4.
Kopirlash-frezalash stanoklari haqida tushuncha, ularning ish prinsipi va vazifalarini
izohlang.
5.
6D92 modelli shponka frezalash stanogining ishlash prinsipi va vazifasi.
Ushbu
stanokda shponka ariqchalarini frezalash sxemasini keltiring.
6.
Stanoklarning keltirilgan belgilanishlarini izohlang: 6Р13ФЗ, 6Б76, 6Т80Ш, 6682,
6Д92, 641.