|
yil «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi
|
bet | 2/3 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 2,96 Mb. | | #254333 |
Bog'liq 7-mavzu1994 yil «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi.
1996 yil «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘grisida» Farmon qabul qilindi.
Unda 1997 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish yig’inlari orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi.
1997 yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.
2015-yilda Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi.
«2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qaror.
«Nuroniy» jamg‘armasi hisobidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, faxriylarning davolash maskanlariga, «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga dori-darmon vositalari yetkazib berildi
Viloyat shifoxonalari qoshidagi kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning amaliy yordami tufayli tashkil etilgan nogironlarni bepul davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan ayrim imtiyoz ro‘yxati:
-oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish xaqi miqdorida yordam puli to‘lash.
-homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni uchun o‘rtacha ish haqi miqdorida yordam puli berish;
-bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlarga beriladigan yordam puli;
-kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50 % miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun);
-kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqi to‘lashdan to‘liq ozod etish
-elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110 kv.s.) (nogironlar oilasi);
-yer solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, nogironlar oilalari);
-olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 4 karrasi miqdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg‘iz onalar);
-16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz ota, bevalar va boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 % dan; yoshligidan nogiron bo‘lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yoki onadan birortasi daromad solig‘ining 30 % ni to‘lashdan ozod etiladi.
2020 yil martda O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
2020 yilning 27 fevralida kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz aholisining 12-15% yoki 4-5 milllion aholi kambag‘allik sharoitidaligini ta’kidladi. Bu ularning kunlik tushumi 10-13 ming so‘mdan oshmasligini anglatadi.
Xususan, 2009–2016- yillarda qishloq joylarda 69.557 ta shinam namunaviy uy-joy bunyod etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
I. Karimov aholini uy-joyli qilish masalasining yechimini toppish maqsadida 1989–1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
yil «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi
|