|
8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
|
bet | 1/3 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 2,96 Mb. | | #254333 |
Bog'liq 7-mavzu
Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali Fakultet:Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi Fan: O’zbekistonning eng yangi tarixi
MUSTAQIL ISH Bajardi : Tekshirdi :
Oʻzbekiston Respublikasidagi ijtimoiy oʻzgarishlar.
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
“Ижтимоий-сиёсий фанлар” кафедраси
R E J A : R E J A : - Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat.
- Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
- Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish.
- Sog'liqni saqlash sohasi va “Sog‘lom avlod” dasturi.
- Harakatlar stratеgiyasi asosida ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
- Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
“Ижтимоий-сиёсий фанлар” кафедраси
Biz, aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik. I.Karimov
Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir. Sh.Mirziyoyev
Sobiq Sovet Ittifoqini ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosati 1980-yillarning oxirida O‘zbekiston aholisini yashash sharoitlarini ham og‘irlashtirdi, shu sababdan 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi.
1990-yilda qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi.
Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat ob’yektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi.
Bu davrda aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan.
1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa O‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi.
I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilning muhim qismi aholini ijtimoiy himoyalash bo’ldi.
Birinchi yo’nalish - Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi
uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash . Bunda pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlarni himoya qilishdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
8-mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
|