• O‘ta qizigan bug‘ning asosiy parametrlari.
  • Nam to‘yingan suv bug‘ining asosiy parametrlari




    Download 30,82 Kb.
    bet4/10
    Sana21.11.2023
    Hajmi30,82 Kb.
    #102750
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    8-mavzu. Suv bug’ining asosiy xossalari. To’yingan bug’. NAM To’-hozir.org

    Nam to‘yingan suv bug‘ining asosiy parametrlari

    Nam bug‘ bosim p yoki temperatura tT va quruqlik darajasi x bilan aniqlanadi.

    Nam bug‘ning temperaturasi mazkur bosimdagi suyuqlikning qaynash temperaturasiga teng. Nam bug‘ning solishtirma hajmi vx quruq bug‘ va suvdan iborat aralashmaning hajmi kabi aniqlanadi:
    vx=vIIx+(1-x)vI (5.6)

    Qozon agregatlarida bug‘ning quruqlik darajasi 0,90-0,96 ga teng bo‘ladi. Shu sababli suv hajmini aniqlovchi had (1-x) vI 0 ga teng bo‘ladi. U holda

    vxvIIx (5.7)

    Nam bug‘ning entalpiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi:

    hx=hI+rx (5.8)

    bu yerda hI – suyuqlik entalpiyasi;

    rx – suvni bug‘latish uchun sarflangan issiqlik miqdori.
    Nam bug‘ning ichki energiyasi:
    ux=hx – Pvx (5.9)

    O‘ta qizigan bug‘ning asosiy parametrlari.

    Mazkur bosimda quruq to‘yingan bug‘ga qaraganda temperaturasi yuqori bo‘lgan bug‘ga o‘ta qizigan bug‘ deyiladi. O‘ta qizdirilgan bug‘ maxsus qurilma – bug‘ qizdirgichlarda nam bug‘dan unga ma’lum bir issiqlik miqdori uzatish yo‘li bilan olinadi. 1 kg quruq bug‘ni o‘zgarmas bosimda kerakli temperaturagacha qizdirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga o‘ta qizdirish issiqligi deb aytiladi.

    Bug‘ qizdirgichda nam bug‘ avvalo quruq, keyin o‘ta qizigan bug‘ holatiga o‘tadi. Bug‘ qizdirgichdagi bosim o‘zgarmas va qozondagi bosimga teng qilib olinadi. O‘ta qizigan bug‘larning xossalari gazlar xossalariga yaqinlashadi. Qizdirish jarayonida uzatilgan issiqlik miqdorini quyidagi tenglamadan aniqlash mumkin:

    bu yerda cp – o‘ta qizdirilgan bug‘ning p=const dagi haqiqiy issiqlik sig‘imi;


    cpm – o‘ta qizigan bug‘ning tT dan t gacha oraliqdagi o‘rtacha issiqlik sig‘imi.
    Bug‘ga o‘zgarmas bosimda uzatilayotgan qizdirish issiqligi qq faqat entalpiyaning o‘zgarishiga sarflangani uchun, o‘ta qizdirilgan bug‘ning entalpiyasi quyidagi tenglamadan aniqlanadi:

    O‘ta qizdirilgan bug‘ning ichki energiyasi:


    u=h –Pv (5.12)

    Bu yerda v– o‘ta qizigan bug‘ning solishtirma hajmi. O‘ta qizigan bug‘ning entalpiya, entropiya va solishtirma hajmi suv bug‘i jadvallaridan olinadi.




    Download 30,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 30,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nam to‘yingan suv bug‘ining asosiy parametrlari

    Download 30,82 Kb.