Suv bug‘i holatining o‘zgarishidagi asosiy termodinamik jarayonlar
Suv bug‘i holatining o‘zgarishidagi termodinamik jarayonlarni hisoblashda suv va suv bug‘i jadvallaridan yoki hs–diagrammadan foydalaniladi.
Bu masalalarni yechishda bug‘ning boshlang‘ich va oxirgi parametrlari, ichki energiyaning o‘zgarishi, entalpiya va entropiya, quruqlik darajasi, ish va issiqlik miqdori aniqlanadi. hs–diagramma bo‘yicha hisoblashni umumiy usuli quyidagicha: keltirilgan parametrlar bo‘yicha bug‘ning boshlang‘ich holati aniqlanadi. Jarayon chizig‘i chizilib, bug‘ning oxirgi holatdagi parametrlari aniqlanadi.
Ichki energiyaning o‘zgarishi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
Issiqlik miqdori aniqlanadi:
Izoxorik jarayonda
Izobarik jarayonda:
qp=h2–h1 (5.20)
Izotermik jarayonda:
qT=T(s2–s1) (5.21)
Bajarilgan ish barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan quyidagi tenglamadan hisoblanadi:
=q – u (5.22)
Izoxorik jarayon (5.3-rasm)
5.3-rasm.
Izoxorik jarayonda nam to‘yingan bug‘ga issiqlik keltirilishi natijasida uning bosimi va temperaturasi ko‘tariladi. v=const da bug‘ning quruqlik darajasi ortishi ham, kamayishi ham mumkin. Agar bug‘ning boshlang‘ich holati x=0 egri chiziqqa yaqin bo‘lsa, temperatura kamayishi bilan v=const da uning quruqlik darajasi ortadi. Agar bug‘ning boshlang‘ich holati x=1 egri chiziqqa yaqin bo‘lsa, temperatura kamayishi bilan v=const da quruqlik darajasi kamayadi.
Izoxorik jarayonda tashqi ish nolga teng. Keltirilgan issiqlik bug‘ning ichki energiyasini o‘zgarishiga sarflanadi:
Agar jarayonning soltishtirma hajmi v quruq to‘yingan bug‘ning vII oxirgi holatdagi solishtirma hajmidan kichik bo‘lsa vII, u holda jarayon oxirida bug‘ nam to‘yingan bug‘ bo‘ladi, agar v>vII bo‘lsa, u holda o‘ta qizigan bug‘ holatida bo‘ladi.
Nam to‘yingan bug‘ning quruqlik darajasini quyidagi formuladan aniqlaymiz:
(5.24)
Pv–diagrammada izoxorik jarayon ordinata o‘qiga parallel chiziqdan iborat, Ts–diagrammada esa egri chiziqdan iborat. Nam to‘yingan bug‘ sohasida izoxoraning egriligi yuqoriga, o‘ta qizigan bug‘ sohasida esa, egriligi pastga yo‘nalgan.
hs–diagrammada izoxoraning egriligi pastga yo‘nalgan bo‘ladi (5.3-rasm).
|