• Nazorat savollari
  • 8-Mavzu: Xaydovchilarning mehnat va dam olishini tashkil etish




    Download 23.55 Kb.
    Sana04.04.2024
    Hajmi23.55 Kb.
    #187120
    Bog'liq
    8-mavzu
    M41 karta -Модель, 4444, 22, Xaydarov Sherali Islom o\'g\'li, 6`A sinf, ТАСДИҚЛАЙМАН, file, 6-amaliy mashgulot, 7-mavzu Parallel ishlov berish vositalari, O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi, ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ, 1-Topshiriq, tadbir dasturi, 36c20831-f1dd-4aa0-810f-0493209ebd89, МАЖМУА ФАЛСАФА 2024 (2)

    8-Mavzu: Xaydovchilarning mehnat va dam olishini tashkil etish

    Reja:

    1.Xaydovchilarning ishi va dam olishi.
    2.Xalkaro tashuvlarni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipaji ishiga doir Evropa Kelishuvi va uning asosiy koidalari.
    3.Taxogroflar tugrisida tushuncha va ularni urnatish,kalibrlash,plombalash.
    4.Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalarini raqamli nazorat qilish.

    O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013 yil 23 avgustdagi 64-B-son buyrug‘iga muvofiq Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to‘g‘risida NIZOM TASDIQLANDI. Nizom O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 1-songa ilova), «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 28-29-son, 234-modda) qaroriga muvofiq avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqtini belgilaydi. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:


    avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
    tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
    qatnov jadvali—reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan grafik (jadval);
    reys—avtotransport vositasining yo‘nalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha bo‘lgan yo‘li;
    boshqaruv davri—haydovchi dam olish davri yoki tanaffusdan keyin avtotransport vositasini boshqarishni boshlagan vaqtdan to navbatdagi dam olish davri yoki tanaffusgacha bo‘lgan umumiy vaqt hisoblanadi. Boshqaruv davri uzluksiz bo‘lishi yoki alohida davrlarga bo‘linishi mumkin;
    haydovchining ish vaqti — xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
    Ish vaqti- Haydovchilar uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha haydovchilar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
    Haydovchilarga tungi vaqtdagi ishlarning muddati soat 22 — 00 dan to soat 6 — 00 gacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi.Agar haydovchi uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, xususan ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bo‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.
    Haydovchilarning bir sutkadagi boshqaruv davri to‘qqiz soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
    Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin. Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim.
    SHaharlararo tashishlarda haydovchining avtotransport vositasida o‘n ikki soatdan ortiq bo‘lishi ko‘zda tutilgan hollarda, haydovchi dam olishi uchun joy jihozlangan bo‘lishi va reysda ikki nafar haydovchi bo‘lishi lozim.
    Haydovchining ish vaqti tarkibiga quyidagilar kiritiladi:liniyaga chiqish oldidan va liniyadan qaytgandan so‘ng ishlarni bajarish vaqti; shaharlararo tashishlarda borish yoki qaytish maskanida, smena boshlanishi oldidan va yakunlanganidan so‘ng yo‘lda (to‘xtab turish joyida) ishlarni bajarish uchun tayyorgarlik va yakunlash ishlarini bajarish vaqti; haydovchilarni bir smenada besh daqiqaga qadar reysoldi tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti; avtotransport vositasining liniyada harakatlanish vaqti; to‘xtab turish vaqti: yuk ortish va tushirish punktlarida, yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish joylarida, maxsus avtotransport vositalaridan foydalanish joylaridagi vaqti;haydovchining aybisiz bo‘sh turib qolingan vaqti;yo‘nalishdagi yakuniy punktlarda qatnov jadvalida ko‘zda tutilgan qisqa muddatli to‘xtagan vaqti.10. Haydovchilar shaharlararo tashishlarda avtotransport vositasining uzluksiz bir yarim soat boshqaruvidan so‘ng o‘n besh daqiqa yoki to‘rt yarim soatdan so‘ng qirq besh daqiqa dam olishi uchun to‘xtashlari kerak.
    Sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarda texnologik jarayondagi tashishlarda band haydovchilar uchun smena grafiklari xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlardagi ishlarning smena grafiklariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    Haydovchilar shaharlararo yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini bajarish uchun reyslarga jo‘natilganda (haydovchi grafik bilan belgilangan smenada doimiy ish joyiga qaytishga ulgura olmaganda), haydovchilarga tashuvchi tomonidan topshiriq (jadval, grafik) bilan belgilangan vaqt ish vaqti sifatida hisobga olinadi
    Ish vaqtidan tashqari ishlar haydovchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Dam olish vaqti-Haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:ish smenasi mobaynida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga chiqish (tushlik tanaffusi);har kunlik (smenalararo) dam olish;har haftalik dam olish (dam olish kunlari);bayram kunlarida dam olish;o‘rnatilgan tartibda ta’tilga chiqish.
    Haydovchilarning har haftalik dam olishi uzluksiz qirq ikki soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
    Bir haftadan ortiq davomiylikdagi shaharlararo tashishlarda band bo‘lgan haydovchilarga, safar davrida har haftalik dam olish kunidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, haydovchi doimiy ish joyiga qaytib kelganidan so‘ng ishlangan vaqt uchun dam olish kuni (otgul) berilishi lozim.
    Ish vaqtini umumlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilish haydovchilarga, har kunlik dam olish kunlari smena grafiklariga asosan haftaning turli kunlarida belgilanishi mumkin.
    Haydovchilar bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashlari man etiladi. Haydovchilarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan yuk ortish va tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
    Haydovchilarga yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar tashuvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
    Ish vaqtini hisobga olish
    - Haydovchilarning ish vaqtini hisobga olish tabellar, yo‘l varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari va haydovchining ish vaqtini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
    -Viloyatlararo-shaharlararo yo‘lovchi tashuvchi haydovchilarning ish vaqti nazorat pribor (taxograf)larning ko‘rsatkichiga asosan hisobga olinadi.
    - Ichki mehnat tartib qoidalari yoki smena grafiklari bilan belgilangan muayyan soatlarda har kuni ishlaydigan haydovchilarning ish vaqti har kuni hisobga olib boriladi.
    -Hisobot davri uchun ishdan tashqari ish soatlarining umumiy miqdori amalda ishlangan vaqt va mazkur davr uchun ish soatlari me’yori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
    -Haydovchi boshqa ishga o‘tkazilganda (avtotransport vositasini ta’mirlash va boshqa ishlar) uning ish vaqtini hisobga olish, u o‘tkazilgan ish bo‘yicha hisoblanadi.
    -Haydovchi xizmat safari vaqtida uning ish vaqti tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
    -Haydovchilar uchun ish boshlanish vaqti ichki mehnat tartib qoidalari yoki smena grafiklari bilan belgilangan vaqt hisoblanadi.
    -Smena bo‘yicha ishlaydigan haydovchilar ishga kelish joyi smena boshlanishi va yakunlanishi grafiklari bilan belgilanadi.
    - Haydovchi avtotransport vositasini uning to‘xtab turish joyiga qaytarib keltirgandan va yakuniy ishlarni o‘tkazish uchun belgilangan me’yoriy vaqti tugagandan so‘ng haydovchining ish vaqti yakunlangan hisoblanadi.
    -Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
    Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalarini raqamli nazorat qilish
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-sonli «Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan «Avtomobilda xalqaro tashishda mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risida»gi Nizom ishlab chiqildi va 2012-yil 27-fevralda agentlik boshlig‘ining 34-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlandi.
    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son «Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Evropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga mo‘ljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
    Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etishda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
    haydovchi kartochkasi — avtomobilda xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi haydovchiga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka;
    tashkilot kartochkasi — avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat olib boradigan tashkilotga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka;
    ustaxona kartochkasi — raqamli nazorat qurilmalarini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tamg‘alash bo‘yicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka;
    nazoratchi kartochkasi — haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qiluvchi vakolatli shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka.
    Haydovchi, korxona, ustaxona va nazoratchi kartochkalarini berishni tashkil etish va amaldagi kartochkalar reestirni yuritish Avtomobil transporti agentligi tizimiga kiruvchi «Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash respublika markazi» davlat korxonasiga yuklanadi.
    Haydovchi kartochkasi. Haydovchi kartochkasi haydovchini identifikatsiya qilish, uni raqamli nazorat qurilmasi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarishida mehnat va dam olish rejimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlashda foydalaniladi.
    Haydovchi kartochkasidagi ma’lumotlar har 28 kunda avtotransport vositasining egasi tomonidan ko‘chirib olinadi. Kartochkadan ko‘chirib olingan ma’lumotlar bir yil davomida saqlanadi. Bu ma’lumotlar nazorat qiluvchi organlarga taqdim etishga tayyor holda bo‘lishi shart.
    Haydovchi «S», «D», «E» toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart.
    yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchining minimal yoshi: ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 7,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalarini tirkama va yarim tirkamalar bilan birga) boshqarish uchun - 18 yosh; boshqa avtotransport vositalarini boshqarish uchun - 21 yosh.
    Yo‘lovchilar tashish bilan band bo‘lgan haydovchining minimal yoshi - 21 yosh. Bunda, haydovchi ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha kamida 3 yillik haydovchilik stajiga ega bo‘lishi shart.
    Haydovchi kartochkasini olishga talabgor haydovchi ariza bergan vaqtda boshqa amaldagi kartochkaga ega bo‘lmasligi shart.
    Haydovchi kartochkasining amal qilish muddati 5—yil.
    Haydovchi kartochkasini olish uchun haydovchi arizani vakolatli organga topshiradi.
    Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: haydovchining fotosurati; fuqarolik pasporti nusxasi; haydovchilik guvohnomasi nusxasi; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat.
    Haydovchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
    Har bir haydovchiga faqat bir dona haydovchi kartochkasi beriladi.
    Haydovchi kartochkani boshqa shaxslarga berilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
    Quyidagi hollarda yangi haydovchi kartochkasi beriladi: kartochkaning amal qilish muddati tugaganda; kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, haydovchilik guvohnomasining tartib raqami, haydovchining pochta manzili).
    Vakolatli organ haydovchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
    kartochka haydovchidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
    Haydovchi kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi.
    Avtomobillarda xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi haydovchi kartochkasini to‘ldirish tartibi:
    1. YUqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
    2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida «Haydovchi kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi» so‘zlari yoziladi.
    3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
    1- haydovchining familiyasi;
    2- haydovchining ismi;
    3- haydovchining tug‘ilgan sanasi;
    4a-haydovchi kartochkasining berilgan sanasi;
    4b-haydovchi kartochkasining amal qilish sanasi;
    4s-haydovchi kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
    5a-haydovchilik guvohnomasining raqami;
    5b-haydovchi kartochkasining tartib raqami;
    6- haydovchining fotosurati;
    7- haydovchining imzosi;
    8- haydovchining pochta manzili.
    4. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: «O‘zbek tilidagi yozuv Ingliz tilidagi yozuv». Haydovchining familiyasi va ismining yozilishi xalqaro harakatda ishlatiladigan haydovchilik guvohnomasiga mos kelishi shart.
    5. Haydovchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
    UZ D XXXXXXXXXXX X X bu erda:
    UZ - O‘zbekiston Respublikasi;
    D - kartochka turi;
    XXXXXXXXXXX - haydovchi kartochkasining tartib raqami. Haydovchi kartochkasi 11 ta raqamdan tashkil topadi. Har bir haydovchi uchun haydovchi kartochkasining tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi;
    XX - haydovchi kartochkasining yangi berish indeksi.
    Orqa tomoni 5a. Haydovchilik guvohnomasining raqami / Driving license number
    5b. Kartochka raqami / Card number .
    6. Fotosurat / Photograph.
    7. Imzo / Signature
    8. Manzil / Address
    Tashkilot kartochkasi raqamli nazorat qurilmasiga ma’lumotlarni kiritish, ko‘rish, qog‘oz lentaga bosib chiqarish, ma’lumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan ko‘chirib olinishidan saqlash maqsadida blokirovka qilish hamda raqamli nazorat qurilmasidagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish uchun blokirovka holatidan chiqarishda foydalaniladi.
    Tashkilot kartochkasi avtomobil transportida yuk yoki yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxsga beriladi.
    Tashkilot kartochkasi yuk tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berilishi mumkin.
    Tashkilot kartochkasining amal qilish muddati cheklanmagan.
    Tashkilot kartochkasini olish uchun yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor arizani vakolatli organga topshiradi.
    Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; yuridik shaxs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorning fuqarolik pasportining nusxasi; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat.
    Tashkilot kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
    Quyidagi hollarda yangi tashkilot kartochkasi beriladi: kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (yuridik shaxsning nomi, yuridik shaxs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning pochta manzili).
    Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
    Tashkilot kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi.
    Avtomobillarda xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi tashkilot kartochkasini to‘ldirish tartibi:
    1. YUqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
    2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida «Tashkilot kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi» so‘zlari yoziladi.
    3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
    1- yuridik shaxs nomi;
    2- tashkilot rahbari (tadbirkor)ning familiyasi;
    3- tashkilot rahbari (tadbirkor)ning ismi;
    4a-tashkilot kartochkasi berilgan sana;
    4b-tashkilot kartochkasining amal qilish sanasi;
    4s-tashkilot kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
    5b-tashkilot kartochkasining raqami;
    6-tashkilot rahbari (tadbirkor)ning imzosi;
    7- tashkilot (yakka tartibdagi tadbirkor)ning pochta manzili.
    Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: «O‘zbek tilidagi yozuv/Ingliz tilidagi yozuv».
    Tashkilot kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
    UZ K XXXXXXXXXX X X X, bu erda:
    UZ - O‘zbekiston Respublikasi;
    K - kartochka turi;
    XXXXXXXXXX — tashkilot kartochkasining tartib raqami. Tashkilot kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Tashkilot uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi;
    X - tashkilotlarga berilgan tashkilot kartochkalari soni indeksi;
    X X - tashkilot kartochkasini yangi berish indeksi.
    Orqa tomoni
    TASHKILOT KARTOCHKASI
    COMPANY CARD
    1.1. Tashkilot nomi / Company name
    (2.) Familiya / Surname
    (3.) Ism / First name(s)
    4a. Berilgan sanasi / Date of issue
    4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry
    4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority
    5b. Kartochka raqami / Card number6
    (7.) Imzo / Signature
    8. Manzil / Address
    Ustaxona kartochkasi. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmasini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, tamg‘alash yoki raqamli nazorat qurilmasidagi ma’lumotlarni ko‘chirib olishda foydalaniladi.
    Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmalarini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tamg‘alash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarga beriladi.
    Ustaxona kartochkasining amal qilish muddati - 1 yil.
    Ustaxona kartochkasini olish uchun yuridik shaxs arizani vakolatli organga topshiradi.
    Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: yuridik shaxsga nazorat qurilmalarini (taxograflarni) ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestatining nusxasi; yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili); yuridik shaxs rahbarining fuqarolik pasporti nusxasi; kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat.
    Ustaxona kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
    Ustaxona kartochkasi berilganda, u bilan birga kartochkaning identifikatsion raqami (PIN-kod) beriladi. PIN-kod konvertda maxsus himoya qatlami bilan qoplangan holatda beriladi.
    Quyidagi hollarda yangi ustaxona kartochkasi beriladi:
    kartochkaning amal qilish muddati tugaganda; kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (yuridik shaxsning nomi, yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili).
    Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
    Ustaxona kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi.
    Raqamli nazorat qurilmalarini o‘rnatish, qiyoslash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va tamg‘alash bo‘yicha faoliyat olib boruvchi ustaxona kartochkasini to‘ldirish tartibi:
    1. YUqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan yo‘l to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
    2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida «Ustaxona kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi» so‘zlari yoziladi.
    3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
    1- yuridik shaxsning nomi;
    2- yuridik shaxs rahbarining familiyasi;
    3- yuridik shaxs rahbarining ismi;
    4a-ustaxona kartochkasi berilgan sanasi;
    4b-ustaxona kartochkasining amal qilish sanasi;
    4s-ustaxona kartochkasini bergan vakolatli organning nomi; 5b-ustaxona kartochkasining raqami;
    7- yuridik shaxs rahbarining imzosi;
    8- yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili).
    4. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: «O‘zbek tilidagi yozuv/Ingliz tilidagi yozuv»/.
    5. Ustaxona kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega: UZ U XXXXXXXXXX X X X, bu erda:
    UZ - O‘zbekiston Respublikasi;
    U - kartochka turi;
    XXXXXXXXXX—ustaxona kartochkasining tartib raqami. Ustaxona kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Ustaxona uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi;
    X - Ustaxona kartochkasi indeksi;
    XX -Ustaxona kartochkasini yangi berish indeksi.
    Orqa tomoni
    USTAXONA KARTOCHKASI WORKSHOP CARD 1. Ustaxona nomi / Workshop №ame (2.) Familiya / Surname (3.) Ism / First name(s)
    4a. Berilgan sanasi / Date of issue
    4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry
    4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority
    5b. Kartochka raqami / Card number
    (7.) Imzo / Signature
    8. Manzil / Address
    Nazoratchi kartochkasi. Nazoratchi kartochkasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan haydovchilarning avtotransport vositasini boshqarish va dam olish rejimlarini nazorat qilishda foydalaniladi. Nazoratchi kartochkasining amal qilish muddati cheklanmagan. Qonun hujjatlariga ko‘ra haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi organning murojaati asosida nazoratchiga nazoratchi kartochkasi beriladi.
    Nazoratchi kartochkasini olish uchun nazoratchi quyidagilarni taqdim etadi:
    -nazoratchining guvohnomasi nusxasi; nazoratchining fotosurati;
    -kartochka tayyorlash uchun to‘langan to‘lov to‘g‘risidagi hujjat.
    Nazoratchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
    Quyidagi hollarda yangi nazoratchi kartochkasi beriladi: kartochka nosoz holatga kelganda, yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda; kartochkaga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgarsa (nazorat qiluvchi organning nomi, nazoratchining ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi).
    Vakolatli organ nazoratchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin: kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa; kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
    Nazoratchi kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reestridan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiradi.
    Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi nazoratchi kartochkasi:
    YUqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan yo‘l to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
    Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan o‘zbek va ingliz tillarida «Nazoratchi kartochkasi. O‘zbekiston Respublikasi» so‘zlari yoziladi.
    Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
    1- nazorat qiluvchi organ nomi;
    2- nazoratchining familiyasi;
    3- nazoratchining ismi;
    4a-nazoratchi kartochkasi berilgan sana;
    4b-nazoratchi kartochkasining amal qilish sanasi;
    4s-nazoratchi kartochkasini bergan vakolatli organ nomi;
    5b-nazoratchi kartochkasining raqami;
    6- nazoratchining fotosurati
    7- nazoratchining imzosi;
    8- nazorat qiluvchi organning joylashgan eri (pochta manzili).
    1. Kartochkadagi yozuvlar ko‘rsatilgan joylarda ikki tilda: o‘zbekcha va inglizchada quyidagi formatda to‘ldiriladi: «O‘zbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv».
    2. Nazoratchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega: UZ N XXXXXXXXXX X X X bu erda:
    UZ - O‘zbekiston Respublikasi;
    № - kartochka turi;
    XXXXXXXXXX - nazoratchi kartochkasining tartib raqami. Nazo¬ratchi kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Nazoratchi organ uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qat’i nazar, yagona va doimiy bo‘ladi;
    X - nazoratchi kartochkasining indeksi.
    XX - kartochkani yangi berish indeksi.
    Orqa tomoni
    NAZORATCHI KART0CHKASI CONTROL CARD
    1. Nazorat qiluvchi tashkilot / Control Body (2.) Familiya / Surname (3.) Ism / First name(s)
    4a. Berilgan sanasi / Date of issue 4b. Amal qilish sanasi / Date of expiry 4s. Taqdim etuvchi tashkilot / Issuing authority 5b. Kartochka raqami / Card number.
    (6.) Fotosurat / Photograph.
    (7.) Imzo / Signature 8. Manzil


    Nazorat savollari:
    1.Respublikamizda xalqaro yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?
    2 Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
    3.1956-yil Jeneva shahrida tuzilgan Xalqaro yuklarni tashish kelishuvi konvensiyasida qanday huquqiy munosabatlarni belgilab beradi?
    4.Xalqaro yuk tashish nakladnoyida qanday ma’lumotlar bo‘lishi lozim?
    5.«Avtomobil transportida xalqaro yo‘lovchilar va bagaj tashish to‘g‘risida»gi konvensiyaning tarkibiy qismlarini aytib bering?
    Download 23.55 Kb.




    Download 23.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Mavzu: Xaydovchilarning mehnat va dam olishini tashkil etish

    Download 23.55 Kb.