• Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koeffitsienti yuqori.
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet100/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7,54 Mb.
    #14033
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124
    Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:
    O'zgarmas tok elektr dvigateli ikki asosiy qism - stator va rotordan iborat qurilma bo'lib, o'zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.

    «Stator» lotinchadan «qo'zg'almas» degan ma'noni bildiradi. Stator doimiy magnitdan yoki elektromagnitdan iborat. Stator dvigatel korpusiga mahkamlangan bo'ladi.

    «Rotor» lotinchadan «aylantirmoq» degan ma'noni anglatadi. Rotor dvigatelning aylanuvchi qismlarini tashkil etadi. Rotorning asosiy qismi bir yoki bir nechta g'altakli ramkadan va kollektordan iborat. Ramka chulg'amidagi simlarning uchlari kollektor qoplamalariga ulangan.

    Kollektor ramka bilan birgalikda aylanadi. Ikkala kollektor qoplamalari qarshisiga qo'zg'almas qilib ikkita ko'mir cho'tka malikamlangan. Ular maxsus prujinalar yordamida kollektor qoplamalariga zich qilib siqib qo'yiladi. Zanjirdagi elektr toki shu cho'tkalar orqali kollektor qoplamalariga o'tadi.

    Qulaylik uchun bitta ramkali rotordan iborat bo'lgan eng oddiy dvigatelning ishlash prinsipini ко'rib chiqaylik. Dvigatelning kollektor qoplama­lari ikkita yarim halqadan iborat bo'lib, ularga A va В cho'tkalar taqalib turadi. Ularga tok manbayining ikki qutbidan keluvchi simlar ulangan.

    Magnit maydon ta'sirida ramka magnit kuch chiziqlariga perpendikular joylashishga harakat qiladi. Bunda A va В cho'tkalar kollektor qoplamalariga tegmay qoladi va ramkadan tok o'tmaydi. Lekin ramka o'z inersiyasi bilan aylanishni davom ettirib, magnit kuch chiziqlariga parallel joylashib oladi . Bunda cho'tkalar kollektor plastinalariga tegib qoladi. Magnit maydon ta'sirida ramka yana perpendikular holatga kelib qolishga harakat qiladi. Shu tariqa jarayon davom etib, ramka uzluksiz aylanadi.

    Magnit maydon ta'sirida aylanma harakatga keltirilgan tokli ramkaning harakati rotor o'qi orqali boshqa mexanizmlarga maxsus tarzda uzatiladi.

    Amalda bitta ramkali rotordan iborat bo'lgan dvigatellar qo'llanilmaydi. Chunki ularda ramkaning aylanishi bir tekis bo'lmaydi va ramkaning rotor o'qini aylantirishga kuclii yetmaydi. Ramka magnit kuch chiziqlariga perpendikular vaziyatdan parallel vaziyatga kelguncha, sekin va kuchsiz aylanma harakatda bo'ladi.

    Amalda qo'llaniladigan elektr dvigatellarda rotor ramkasi ikkita bo'ladi. Bunda ramkalar bir-biriga perpendikular qilib bitta o'qqa mahkamlanadi. Kollektorning qoplamalari ikkita emas, balki to'rtta bo'ladi.

    Ikkita ramkali rotorda magnit kuch chiziqlariga parallel joylashgan birinchi ramkadan tok o'tganda, magnit maydon ta'sirida u perpendikular vaziyatda bo'lishga harakat qiladi. Birinchi ramka perpendikular vaziyatda bo'lganda, parallel vaziyatdagi ikkinchi ramkadan tok o'tadi va u perpendikular vaziyatga

    Elektr dvigatellarning issiqlik dvigatellariga nisbatan afzal tomonlari ko'p. Birincliidan, elektr dvigatellari issiqlik dvigatellariga qaraganda ixcham va foydalanish uchun qulaydir, ularni istalgan qulay joyga o'rnatish mumkin. Ikkincliidan, ishlaganda gaz, tutun va bug' chiqarmaydi. Uchinchidan, ular uchun yoqilg'i va suvning keragi yo'q. To'rtinchidan, elektr dvigatel­larning foydali ish koeffitsienti 80% dan ortiqdir, issiqlik dvigatellarniki esa 20% dan ortmaydi.

    Elektr dvigatellarning afzalliklari: ixcham va foydalanishga qulay, havoni ifloslantirmaydi, moddiy mahsulot talab qilmaydi, foydali ish koeffitsienti yuqori.

    Elektr dvigatellar istalgan quwatga mo'ljallab islilab cliiqariladi. Masalan, elektr ustaralarda dvigatel quwati bir necha vattli bo'lsa, elektrovoz, kemalarning elektr dvigatellari bir necha megavattli bo'ladi.




    Download 7,54 Mb.
  • 1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.