• Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • gidroelektrostansiya
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet115/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7,54 Mb.
    #14033
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124
    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:

    Elektrostansiyalarda induksion tok generatori yordamida boshqa turdagi energiyalar elektr energiyaga aylantiriladi.

    Amalda elektr energiyani ishlab chiqarishda, asosan, issiqlik elektrostansiyasi (IES), gidroelektrostansiya (GES) va atom elektrostansiyasi (AES) dan foydalaniladi.



    Issiqlik elektrostansiyasida yoqilg'ining yonishi jarayonida hosil bo'ladigan kimyoviy energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.

    IES har bin alohida ishlaydigan bir nechta blokdan iborat bo'ladi. Har bir blok yoqilg'i tayyorlash, suv tayyorlash, qozonxona, turbogenerator va bug'ni kondensatlash sexlaridan iborat.

    Bunda keltirilgan yoqilg'ilar yoqilg'i tayyorlash sexida yondirish uchun tayyorlanadi. Masalan, ko'mir begona aralashmalardan tozalanadi va kukun qilib maydalanadi.

    Yondirish uchun tayyorlangan yoqilg'i maxsus quvur orqali qozonxonaning o'txonasiga uzatiladi. Qozonxona qozoniga suv tayyorlash sexidan quvur orqali suv kelib turadi. Yoqilg'i yonganda qozondagi suvni qaynatadi va yuqori bosimli bug'ni hosil qiladi. Katta bosimdagi bug' turbogeneratorga uzatiladi va u turbinani aylantiradi. Turbina esa induksion tok generatori rotorini aylantiradi va generatorda elektr toki hosil bo'ladi.

    Turbinani aylantirib, undan o'tgan bug' kondensatsiyalash sexida sovitilib suvga aylantiriladi va bu suv ham qozonga borib quyiladi.

    O'zbekistonda 80% elektr energiya IES larda ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda mamlakatimizda yirik issiqlik elektrostansiyalardan Sirdaryo IES (3000 MW quwatli elektr energiya ishlab chiqaradi), Yangi Angren IES (2400 MW), Toshkent IES (1800 MW), Navoiy IES (1250 MW), Taxiatosh IES (730 MW) ishlab turibdi.

    IES larda katta miqdorda yoqilg'i sarflanadi. Yoqilg'ining yondirilishi atrof- muhit havosini zararli gazlar bilan ifloslaydi.


    Download 7,54 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.