Kuchlanishning bor-yo'qligini aniqlash
Yerga 103- rasm II xonadan 0- va 2- simga
O'tkazgichlarda, elektr asboblarda elektr kuchlanish bor-yo'qligini aniqlash, o'tkazgichlardan qaysi bin neytral ekanligini bilish uchun turli asboblardan foydalaniladi. Ulardan eng oddiysi otvyortka-sezgichdir (104-rasm).
Otvyortka-sezgichning ko'rinishi oddiy otvyortkaga o'xshash. Uning o'rtasiga 0,5-1 V kuchlanishda yonadigan neon lampochka (1) o'rnatilgan. Lampochkaning bir tomoni otvyortka-sezgichning uchiga (2), ikkinchi tomoni esa uning dastasi oxiriga (3) ulangan.
O'tkazgichda kuclilanish bor-yo'qligini aniqlash uchun otvyortka-sezgich dastasi oxiriga ko'rsatkich barmoqni qo'yib, uchi o'tkazgichga tekkiziladi. Agar o'tkazgichda kuclilanish bo'lsa, otvyortka-sezgichdagi lampoclika yonadi. Bunda о'tkazgich—lampochka—odam zanjiri orqali tok o'tib, lampoclika yonadi. Lampoclikaga ketma-ket katta qarsliilik ulangan bo'ladi. Shuning uchun lampochka va odamdagi kuchlanish 0,5-1 V ni tashkil etadi. Bunday kuchlanish lampochkaning yonisliiga yetarlidir.
Agar tekshirilayotgan o'tkazgichda kuchlanish bo'lmasa, otvyortka-sezgichdagi lampochka yonmaydi.
|