Vilka va rozetkani ulash
Ko'chadagi simyog'ochdan xonadon elektr zanjiriga ulangan simlardan biri neytral, ikkinchisida esa kuchlanish mavjud. Kuclilanislili sim bilan neytral sim orasidagi kuchlanish 220 V ga teng bo'ladi. Xonadon elektr zanjiriga ulangan bu ikkita sim xonadonning barcha qismida o'zaro yonma-yon va parallel bo'ladi (100- rasm). Bu simlar hech bir joyda bir-biriga bevosita ulanib qolmagan bo'lishi kerak.
Xonadondagi barcha elektr asboblarning bitta simi zanjirning kuclilanislili simiga, ikkincliisi esa neytral simga ulanadi. Elektr asboblar xonadon elektr zanjiriga to'g'ridan to'g'ri emas, balki vilka va rozetka orqali ulanadi. Elektr asbobdan chiqqan shnur ichida bir-biridan izolatsiyalangan ikkita o'tkazgich (sim) mavjud. Slinur uchi vilkaga ulangan. Ko'p hollarda vilka va shnur birgalikda bo'ladi. Ayrim hollarda vilka slinurga vintlar yordamida malikamlanadi (105- rasm). Buning uchun shnurdagi liar bir o'tkazgich uchidan 10—15 mm uzunlikdagi izolatsiyasi tozalanadi. So'ngra izolatsiyadan tozalangan o'tkazgichlar uclii halqa qilib buraladi va vintlar yordamida vilkaga malikamlanadi.
Imkoni bo'lsa halqa shaklida buralgan o'tkazgichlar uchi kavsharlagich bilan kavsharlab qo'yilishi lozim.
Rozetkani ulashdan awal xonadondagi elektr simlar tarmoqdan uzilishi shart. Bu ish elektr liisoblagichda amalga oshiriladi. Rozetkani ulashga kirisliish uchun o'tkazgiclilarning uchlari izolatsiyadan tozalab, halqa shakliga keltiriladi. So'ngra vintlar halqa icliiga kirgizilib, rozetkaga buraladi (106- rasm). O'tkazgiclilarga ulangan rozetka tegishli joyga malikamlab qo'yiladi.
Ba'zi hollarda elektr asboblari rozetkaga uzaytirgich orqali ulanadi. Uzaytirgiclining bir uchi vilkali bo'lsa, ikkinclii uclii rozetka vazifasini o'taydi. Uzaytirgiclining ikkinchi uclii bir emas, balki bir nechta rozetkali bo'lishi mumkin (107- rasm).
|