R = ; R = 0,017•10-6 • m• =0.17 Ω; ' -V
≈ 1300 A.
Ko'ndalang kesimi yuzi 1 mm2 bo'lgan mis simdan bunday miqdorda tok o'tgan zahoti qisqa tutashuv joyida kuchii uchqun - elektr yoy hosil bo'lib. sim eriydi va uziladi.
Qisqa tutashuv paytida xavfsizlik chorasi tariqasida umumiy elektr tarmoqdan xonadon elektr zanjiriga ulanadigan joyga saqlagichlar qo'yiladi. U xonadon elektr zanjiriga keluvchi ikkala simga ulangan bo'ladi.
Saqlagichning vazifasi zanjirdagi tok kuchi yo'l qo'yilganidan ortib ketganda zanjirni uzishdan iborat.
Radio, televizor, magnitofon kabi elektr asboblarga eruvchan saqlagichlar qo'yiladi. Bunday eruvchan saqlagichda ingichka sim shisha naycha o'qi bo'ylab tortilgan bo'ladi. Shisha naychaning uchlarida metall uchliklari bo'lib, ingichka simning uchlari shu metallarga payvandlab qo'yiladi. Naycha maxsus tutqichga o'rnatiladi.
Tarmoqdagi elektr kuchlanish 220 V dan ortib ketganda yoki elektr asbob ichida biror nosozlik tufayli belgilangandan katta miqdorda tok oqib o'tsa, saqlagichdagi ingichka sim darhol uziladi. Bu esa elektr asbob ishdan chiqishining oldini oladi.
|