• Dars bosqichlari Vaqt 1
  • 2. O’tilgan mavzu bayoni
  • Elektr choynakni tokka ulamasdan avval unda suv borligiga ishonch hosil qilish kerak. Uning isitgichi suvga botgan holda bolishi zarur.
  • 8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi




    Download 7,54 Mb.
    bet50/124
    Sana03.04.2021
    Hajmi7,54 Mb.
    #14033
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
    Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.

  • Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.

    II.Dars turi: Maruza

    III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar

    IV. Darsning xronologik tuzilishi:




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3

    2

    O’tilgan mavzuni so’rash

    10

    3

    Yangi mavzuni tushuntirish

    15

    4

    Darsni mustaxkamlash

    10

    5

    O’quvchilarni baxolash

    5

    6

    Uyga vazifa.

    2


    Darsning borishi

    1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

    2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

    3.Yangi mavzuning bayoni:

    Elektr isitish asboblarining ishlash prinsipi elektr toki o'tganda o'tkazgichlarning qizishiga asoslangan. Uy- ro'zg'orda elektr isitgich (plita), dazmol, elektr choynak (qaynatgich) kabi elektr isitish asboblari keng qo'llani­ladi. Shuningdek, tokning issiqlik ta'siridan elektr yoyni hosil qilishda, elektr payvandlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.



    Elektr isitish asboblarining asosiy qismini qizdirish elementi tashkil etadi. Qizdirish elementi solishtirma elektr qarshiligi katta bo'lgan va 1000-1200°C temperaturaga bar- dosh bera oladigan o'tkazgichdan yasaladi.

    Ko'pincha qizdirish elementi sifatida nixrom sim qo'llaniladi. 88- rasmda eng sodda elektr isitgich - elektr plita tasvirlangan. Unda qizdirish elementi sopol

    Hozirgi paytda qo'llaniladigan elektr plitalarda qizdi­rish elementi doira shaklidagi metall plastinalar orasiga joylashtiriladi (89- rasm).

    Gaz plitalari kabi elektr plitalar ham ovqat pisliirish va choy qaynatishda foydalaniladi (90- rasm).

    Xonalarni isitish uchun turli xil elektr isitish asbob- lari qo'llaniladi. 91- rasmda shunday asboblardan biri tasvirlangan. Isitgichda ikkita qizdirish elementi bo'lib, ular bir-biriga parallel ravishda o'rnatilgan va elektr tarmoqqa o'zaro parallel qilib ulangan. Qizdirish ele- mentida sopoldan yasalgan stcrjcnga nixrom o'ralgan bo'ladi. Har bir qizdirish elementining quwati, odatda, 1 kW ga teng.

    Xonani isitishda suyuqlikli elektr isitgichdan ham foydalaniladi (92- a rasm). Bunda qizdirish elementi bevo- sita suyuqlikni isitadi, suyuqlik esa issiqligini yupqa metall qoplama orqali xonaga uzatadi.



    Keyingi paytlarda isitgich va sovitgich sifatida zamo- naviy konditsionerlar ham qo'llanilmoqda (92- b rasm). U issiq kunlari xonani sovitadi, sovuq kunlari esa isitadi.



    Eng oddiy dazmolda qizdirish elementi nixrom spiraldan iborat bo'lib, unga sopoldan qilin­gan 5-8 mm uzunlikdagi naychalar kiydiril- gan. Spiral naychalari bilan metall qoplama- ning ariqchalariga joylashtiriladi.

    Hozirgi dazmollarda qizdirish elementi metall qopla­ma icliiga joylashtirilgan bo'ladi. Bunday dazmol uzoq muddat buzilmasdan ishlaydi. Agar buzilsa, uning ichidagi qizdirish elementini almashtirib bo'lmaydi. Chunki metall qoplamani ochishga mo'ljallanmagan.



    Elektr choynakni tokka ulamasdan avval unda suv borligiga ishonch hosil qilish kerak. Uning isitgichi suvga botgan holda bo'lishi zarur.

    Kavsharlagichning qizigan uchi qalayni erita oladi. Uning yordamida eritilgan qalay bilan elektr asboblardagi uzilgan kontaktlar ulanadi.

    Elektr yoy elektrod ucliini va elektrod tekkizilgan metallning tegishli joyini eritadi. Shu onda elektroddagi metall simni qoplagan aralashma erib, payvandlana- yotgan sirtning oksidlanisliidan liimoya qilib turadi. Erigan elektrod metallning shu joyini payvandlaydi.

    Hozirgi paytda turli markadagi elektr choynaklardan keng foydalaniladi.



    Suv qaynatishda ektr qaynatgich ham ko'p ishlatiladi. Uning elektr choynak- dan farqi shundaki, choynak isitgichi o'zining ichiga malikamlangan bo'ladi. Elektr qaynatgich esa suv solingan choynakka solinadi va suv qaynatiladi.

    Elektr payvandlashda hosil bo'ladigan elektr yoy nihoyatda yorug' bo'lib, unga qarash ko'z uchun zararlidir. Unga faqat himoyalovchi ko'zoynak orqali qarash mumkin. Elektr payvandlash chog'ida atrofdagi odamlar elektr yoyga qaramasligi zarur.


    Download 7,54 Mb.
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




    Download 7,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi

    Download 7,54 Mb.