Ionizator ta'siri to'xtatilishi bilan to'xtaydigan razryad nomustaqil razryad deb ataladi.
Agar anod va katod orasidagi kuchlanish oshirib borilaversa nima bo'ladi?
Kuclilanish ma'lum Um katta qiymatga yetganda tok kuclii keskin orta boshlaydi.
Anod tomon harakatlanayotgan elektronlar o'z yo'lida gazdagi neytral atom bilan ko'p marta to'qnashadi. Elektronlarning tezligi kichik bo'lganda, uning kinetik energiyasi ham kichik bo'ladi. Kichik energiyali elektronlar bilan to'qnashganda, neytral atomlar ionlarga aylanmaydi. Kuclilanish ortishi bilan gazda hosil bo'lgan elektronlarning anodga tomon harakat tezligi ham orta boradi. Kuclilanish orttira borilsa, elektronlar shunday tezlikka erishadiki, ularning kinetik energiyasi o'z yo'lida to'qnashgan neytral atomlar elektronini urib chiqarishga, ionlashtirishga yetarli bo'ladi. Hosil bo'lgan yangi erkin elektron katta kuchlanishli maydonda katta tezlikka erisliib, boshqa ion va elektronlarni hosil qila boradi. Shu zaylda gazning ionlasliislii keskin ortadi. Bu esa tok kuchining ham keskin ortisliiga sabab bo'ladi.
Agar tashqi ta'sir — ionizator o'chirib qo'yilsa ham, gazning ionlasliislii to'xtamaydi. Elektr razryad ionizator ta'sirisiz ham mustaqil ravishda davom etaveradi.
|